QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O’zbekiston 24” telekanalida dala chetlaridan samarali foydalanish to’g’risida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi xonadonlar hamda dala tomorqalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O‘zbekiston 24" telekanalida "Paxta hosildorligini oshirishda ilm va innovatsion yondashuvlar" mavzusida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanidagi paxta xomashyosini to‘liq qayta ishlashga mo‘ljallangan "Lux yan tex" paxta-to‘qimachilik klasteri faoliyati hamda "Nurli zamin" fermer xo‘jaligida yetishtirilayotgan yuqori sifatli paxta hosili haqida hikoya qilinadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashining Farg‘ona viloyatidagi Ishchi guruhi tomonidan Beshariq tumanida o‘tkazilgan tuproq tahlillari va ushbu maydonlarda ekilgan paxtadan yuqori, mo‘l hosil olishning o‘ziga xos sir-asrorlari haqida hikoya qilinadi.

#repost #Ozbekiston_24

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston24” telekanalining "Maxsus reportaj" dasturida "Intensiv bog‘lar tashkil etish texnologiyasi va samaradorlik" mavzusida lavha namoyish etildi.

Unda Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida 2020-2023-yillarda 6,5 ming gektar maydonda tashkil etilgan intensiv bog‘lar va ulardan yuqori hosil olish uchun mavsumiy agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va sifatli olib borilayotganiga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, lavhadan Prezident tomonidan “Namangan viloyatining Kosonsoy, Chortoq va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida meva-sabzavotchilik va uzumchilikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosi doirasida bunga qo‘shimcha ravishda 452 gektar maydonga yangi intensiv bog‘lar yaratish uchun amaliy harakatlar boshlangani haqida ham bilib olishingiz mumkin.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida Toshkent viloyati Parkent tumanining Zarkent qishlog‘ida o‘tkazilgan Xalqaro “Uzum sayli” va vinochilik festivali haqidagi lavha efirga uzatildi.

Unda 15–16-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tgan festival doirasida tashkil etilgan amaliy konferensiyalar, tadbirlar hamda ko‘rgazmalar haqida batafsil ma’lumot berilgan.

Ma’lumot o‘rnida, festival doirasida o‘tkazilgan B2B formatidagi uchrashuvlar natijasida jami 35 mln AQSH dollaridan ziyod eksport shartnomalari imzolandi.

Bundan tashqari, ushbu festivalda ikki kun davomida 95 ming nafar mahalliy va xorijiy mehmonlar qatnashdi.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj #uzum_sayli

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’zbekiston 24” telekanalining “Maxsus reportaj” informatsion dasturida tomorqachilik hamda aholiga yaratilayotgan qulayliklar haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Buxoro viloyati Vobkent tumanida shaxsiy tomorqasida  100 tup anorni parvarishlayotgan  Aslon Sanoyev har yili anordan 4 tonna hosil olib, yurtimiz dasturxonlariga fayz-u, baraka kiritayotgani aytib o‘tilgan. Shuningdek, lavhada   Aslon Sanoyev  singari ishning ko‘zini biladigan, tomorqasining  har bir qarich yeridan unumli foydalanayotgan  yurtdoshlarimiz  haqida so’z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #Maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O’zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” informatsion dasturida parrandachilikka oid lavha efirga uzatildi.

Unda Farg’ona viloyati Beshariq tumanidagi “Vodiy naslli parranda” fermer xo’jaligi rahbari Boxirjon Turdaliyevning faoliyati hamda yoshlar bilan uchrashuvi haqida so’z boradi.

Ma’lum bo’lishicha tadbirkor, dastlab, 200 bosh tovuq bilan faoliyatini boshlagan. Hozirgi kunga kelib esa, 150 nafarlik yirik mehnat jamoasini tashkil etgan. Fermada bir kunda 1 necha 100 ming dona tuxum yetishtiriladi.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar #parrandachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥"O'zbekiston 24" telekanalining "Maxsus reportaj" informatsion dasturida uy sharoitida bog' yaratgan bog'bon haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Surxondaryo viloyati, Boysun tumanida joylashgan Duoba mahallasidagi Ramazon Abdullayevning shaxsiy tomorqasidagi bog' haqida so'z yuritiladi.

Uy sharoitida bog' tashkil qilgan bog'bonning aytishicha, olma daraxti parvarish qilinayotgan bog'ning har gektaridan 40-45 tonnaga yaqin hosil olinar ekan.

#repost #Ozbekiston_24 #maxsus_reportaj

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga amaliy tashrif bilan Pekin shahrida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Prezidentimiz 17-oktabr kuni Vyetnam Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Vo Van Txiong bilan uchrashdi.

Uchrashuvda
ikki mamlakat o‘rtasida, eng avvalo, savdo-iqtisodiy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlash joizki, Vyetnam O‘zbekistonning Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi muhim an’anaviy hamkoridir. Keyingi yillarda turli darajalardagi muloqotlar faollashdi, o‘zaro savdo hajmi va qo‘shma korxonalar soni oshib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida loyihalar amalga oshirilmoqda.

#repost #Ozbekiston #Vyetnam #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 18-oktabr kuni Pekin shahrida "China CAMC Engineering" kompaniyasi raisi Van Boni qabul qildi.

Uchrashuvda qo‘shma loyihalarni ko‘paytirishning amaliy jihatlari, jumladan, mamlakatimiz hududlarida gidrotexnik inshootlar va Yangi Toshkentda zamonaviy infratuzilmani barpo etish, ilg‘or agrotexnologiyalarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.
Davlatimiz rahbari qo‘shma loyihalar va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirish bo‘yicha alohida “Yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga topshiriq berdi.

Bundan tashqari prezidentimiz Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumining ochilish marosimida hamda “Inson va tabiat uyg‘unligi yo‘lida “Yashil ipak yo‘lini” birgalikda barpo etish” mavzusidagi yalpi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Prezidentimiz tomonidan Markaziy Osiyoning “Yashil” kun tartibi” va “Yashil ipak yo‘li” konseptual tashabbuslarini o‘zaro bog‘lash doirasida kambag‘allikni qisqartirish va “aqlli” qishloq xo‘jaligini rivojlantirish choralari va loyihalarini o‘z ichiga olgan “Yashil” taraqqiyot dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

#repost #Ozbekiston #Xitoy #hamkorlik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭕️⭕️⭕️

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ijrosi muhokama etildi
 
🇺🇿 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasining tahlili va kelgusida qilinishi rejalashtirilgan vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan vazifalar va maqsadli ko‘rsatkichlar ijrosini so‘zsiz taʼminlash kollegial muhokama qilindi.

Darhaqiqat, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasida qishloq xo‘jaligiga oid belgilangan maqsad-vazifalar oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim ahamiyatga ega.

🔰 Videokonferens aloqa ko‘rinishida o‘tkazilgan yig‘ilishda, Strategiyada belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Muhtaram Prezidentimizning PQ-300-son qarorida 2023 yilda  bajariladigan 18 ta vazifa va 13 ta maqsadli ko‘rsatkichlarning  mazmun-mohiyati barcha rahbar va xodimlarga tushuntirilib, ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi.

Xususan, masʼullar tomonidan topshiriqlarni  bajarish mexanizmlari to‘liq belgilanmaganligi,  ishlab chiqiladigan 5 ta normativ huquqiy hujjatlarning 2 tasi bo‘yicha ish boshlanmagani tanqid qilindi.

🌱Qolaversa yig‘ilish davomida, umumxalq referendumidan so‘ng, ilk marotaba o‘tkaziladigan Yangi tahrirda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” kunini nishonlashga mas’uliyat bilan yondashib, uni munosib kutib olishga tayyorgarlik ko‘rish hamda dekabr oyinig ikkinchi yakshanbasida “Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni” munosabati bilan undan o‘rin oladigan chora-tadbir hamda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami belgilab olindi.

Belgilangan vazifalarni ijrosi yuzasidan masʼul ijrochilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

#ozbekiston_2030 #videoselektor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM