QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.7K photos
2.57K videos
7 files
8.71K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makron rasmiy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Bugun, 2-noyabr kuni Samarqand shahrida tashrifning asosiy tadbirlari Fransiya yetakchisini rasmiy kutib olish marosimidan boshlandi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/534526

#repost

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamin sayqalining sara mevalari qayta ishlanmoqda

🔰O‘zbekiston meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish har qachongidan ham muhim o‘rin tutadi.

🖋Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva va sabzavotlarni qayta ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” MChJ HK ham ana shunday korxonalardan biri.

🏫O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqanddagi navbatdagi tashrif obyekti ayni shu korxona bo‘ldi.

Aytish joizki, 5,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.

📝 “Mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxonada ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasidan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Yillik qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan, 30-35 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash va to‘liq eksport qilish ko‘zda tutilgan. Korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali esa, 100 ta ish o‘rni yaratiladi.

📌Vazir o‘z navbatida korxona mutasaddilarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va mahsulotning tannarxini tushirish yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.

#qishloq_xojaligi #vazir #meva #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Har sohada ilg‘or Samarqand

Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi.

Aytish kerakki, O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) hamda uzum vinosini eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.

Bugungi kunda har sohada ilg‘orlik qilib kelayotgan 119,9 gektar maydonga ega “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi o‘z navbatida uzum yetishtirish, uzumni quritish, qadoqlash va eksport qilish bilan bir qatorda naslli parrandachilik, parranda ozuqasini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.

Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va Saudiya Arabistoni kabi xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan bir qatorda va ichki bozorga ham chiqaradi. Xususan, korxona joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra 5 mln. 164 ming 685 AQSH dollari miqdorida xorijga mahsulot eksport qilgan. Bugungi kunda fermer xo‘jaligida 200 nafardan ortiqdan ishchi va xodimlar faoliyat olib bormoqda.

Vazir korxona rahbarlari bilan o‘tkazgan muloqotida sohani yana-da rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ayniqsa, parrandachilik sanoat usulida keng rivoj topayotgani, uning ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘lida keng ko‘lamli izlanishlar olib borilayotganligi qayd etildi.

Respublikada parranda go‘shti yetishtirish va tuxum ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Bu borada tashabbus va takliflar, konstruktiv muloqot ruhi ustuvor bo‘lishi lozimligi bildirildi. Bu esa, O‘zbekistonni mazkur yo‘nalishda eksport salohiyatini yuksaltirishga zamin yaratadi.

#qishloq_xojaligi #vazir #parranda

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA XORIJ TAJRIBASI

Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK) eksperti Mark Devis bilan Barqaror qishloq xo‘jaligi sharoitida zararkunandalarga qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Yevropa Ittifoqining ASK Facility dasturi vakillari ishtirok etdi.

🔰 Tadbirda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 20 yildan ortiq ilmiy tajribaga ega xorijlik mutaxassis tomonidan jahon tajribasida zararkunandalarga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ilmiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro ekspert qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda pestitsidlarni qo‘llash bo‘yicha yangi usul va texnologiyalarni joriy etish hamda zararkunandalarga qarshi kurashning iqlim o‘zgarishiga ta’siri borasida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.

ASK Facility dasturi doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar pestitsidlarning respublika hududiga olib kirilishi, saqlanishi va ularni qo‘llash bo‘yicha fikr almashishdi.

#qishloq_xojaligi #pestitsidlar #xorij_tajribasi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM