🔸 Shu jumladan "O‘zdavyerloyiha" instituti hamda hududiy bo‘linmalar tashabbusi bilan Farg‘ona viloyatining Respublikamizda uzum yetishtirish bo‘yicha yetakchi Oltiariq tumanidan Qoraqalpog‘iston Respublikasiga 1 500 ta uzum qalamchalari yetkazib berildi.
👥 Xodimlarning tomorqa yerlariga ekilgan qalamchalar 3-4 yilda hosilga kirib oila uchun qo‘shimcha daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
#O_zdavyerloyiha_DILI #Hududiy_bo_linmalar #Qoraqalpog_iston_Respublikasi #Farg_ona
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️Qishloq xo’jaligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Tarmoq markazi ‼️
Agroklasterlar va fermerlarni 4-5-noyabr kunlari Xalqaro qishloq xo'jaligi universitetida bo’lib o’tadigan, “Bug'doy yetishtirishning zamonaviy texnologiyasi” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminariga taklif qiladi.
🤵🏼♂️Seminarni Germaniyadan kelgan mutaxassis olib boradi.🇩🇪
✔️Qatnashish bepul va faqat registratsiya orqali: BU YERDA
⏱Soat 9:00 dan boshlanadi.
📍Manzil: Xalqaro qishloq xo’jaligi universiteti (Qibray tumani, Universitet ko’chasi 2.) Lokatsiya
🛠Amaliyot: Chinoz tumanida (transport🚌 ta’minlanadi)
Tel.: +998998981680
P.S. Joylar soni cheklangan.
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

USTUVOR VAZIFALAR IJROSI TAHLIL QILINDI
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov rahbarligida vazirlik tizimidagi ustuvor vazifalarning ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda vazir o‘rinbosarlari, tizim tashkilotlarining barcha mutasaddi vakillari hamda boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Davlatimiz rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash borasida vazirlik tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, galdagi vazifalar belgilab olindi. Shuningdek 2023-yil yakuniga qadar sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va “Dolzarb 45 kun” loyihasi doirasidagi ishlarning bajarilishi, yuzaga kelgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama etildi.
Xususan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan joriy yil yakuniga qadar 15 ta ustuvor yo‘nalishlarga oid normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va ijro intizomi bo‘icha mavjud vaziyat tahlil qilinib, ma’sul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, yig‘ilish davomida “Dolzarb 45 kun” loyihasi doirasidagi ishlarni ham uyushqoqlik bilan to‘g‘ri tashkil qilish borasida masʼullarga topshiriq va vazifalar berildi.

SAMARQANDDA XVI VERONA YEVROOSIYO IQTISODIY FORUMIGA START BERILDI
Bugun “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazida Italiyaning “Yevroosiyoni anglaymiz” notijorat uyushmasi va O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumiga start berildi.
Forum sessiyalarida o‘nlab mamlakatlardan mingga yaqin ishtirokchi, xususan, O‘zbekiston bilan biznes aloqalarini olib borish va o‘zbekistonlik ishbilarmonlar bilan aloqa o‘rnatishdan manfaatdor italiyalik yirik tadbirkorlar, Yevropa va Osiyoning yirik kompaniyalari va moliya institutlari rahbarlari, siyosat va jamoat arboblari, mutaxassislar, diplomatlar, xalqaro va hududiy tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.
Forumning V sessiyasi aynan qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va jahon oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, ekologik qishloq xo‘jaligi masalalariga qaratilgan bo‘lib, unda Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligida resurstejamkor texnologiyalardan foydalanish, savdo investitsiya va hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi masalalari yuzasidan ma'ruza qildi, shuningdek, O‘zbekiston agrosalohiyati namoyish etildi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning asosiy “o‘sish nuqtasi” va drayveri bo‘lishi uchun sohani 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi qabul qilingani esa minglab yangi ish o‘rinlari yaratish, aholining real daromadini oshirishda yuqori samara beryapti.
Mazkur forum ham biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tadbirkorlar o‘rtasida erkin muloqot, biznes aloqalar va muzokaralar uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
#forum #qishloq_xojaligi #silk_road_samarkand

XALQARO STANDARTNI AMALIYOTGA JORIY ETISH IMKONIYATLARI MUHOKAMA ETILDI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” va Global G.A.P. hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Global G.A.P. standartlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va bu bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning malakalarini oshirishga qaratilgan loyiha natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda GIZning “Barqaror iqtisodiy rivojlanish” dasturi rahbari Beate Schoreit, hamda Global G.A.P. mutaxassislari Ian Lucey hamda Edite Strazdinalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Sertifikat olgan mutaxassislar bilan kelajakda qanday hamkorlik o‘rnatish va ularni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbir o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikada Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari asosida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” bilan hamkorlikda Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) bo‘yicha 3 ta bosqichda seminar treninglar tashkil etgan. Seminar-treninglarning birinchi bosqichida maslahatchilarning bilim va malakalari oshirilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda inspektorlar va auditorlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
#seminar #trening

FAO bilan hamkorlikdagi ish rejasi muhokama qilindi
Xabar berganimizdek, joriy yilning 3-4 noyabr kunlari Samarqand shahri “Silk Road Samarkand” sayyohlik markazi XVI Verona Yevroosiyo iqtisodiy forumiga mezbonlik qilmoqda.
Forum global hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun muvaffaqiyatli maydon tashkil qila olgani bilan ahamiyatlidir.
Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vazir Ibrohim Abdurahmonov BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Markaziy Osiyodagi rahbari V.Gutsu bilan muzokara o‘tkazdi.
Unda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi hamkorlikning hozirgi holati muhokama qilindi. So‘nggi yillardagi siyosiy va texnik darajadagi hamkorlik masalalariga to‘xtab o‘tildi.
Bundan tashqari, sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada muhokama qilingan tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi amaliy qadamlarni belgilab oldilar.
Shuningdek, Afg‘onistonda qishloq xo‘jaligini ravnaq toptirish hamda rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish masalalarini ham muhokama qildilar.