DENOV TUMANIDA G‘ALLA EKISH MAVSUMIGA BAG‘ISHLANGAN SEMINAR TASHKIL ETILDI
🌱Surxondaryo viloyati Denov tumanining “G‘alaba” hududidagi “Denov oltin yerlari” fermer xo‘jaligi dalasida g‘alla ekish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan ko‘rgazmali seminar o‘tkazildi.
✅Tumanda 2024-yil hosili uchun 365 ta fermer xo‘jaliklarining jami 9 077 gektar, shundan 1 366 gektar ochiq maydonlarida, 7 711 gektar g‘o‘za qator oralariga g‘alla ekish rejalashtirilgan bo‘lib, tadbirni uyushqoqlik bilan olib borish uchun 15 ta otryad tashkil etilgan. Mavsum uchun sifatli va serhosil g‘alla navlaridan 2 269 tonna urug‘lik don, 1 815 tonna fosforli, 908 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar hamda 681 tonna yoqilg‘i-moylash materiallari jamg‘arish rejalashtirilgan.
✅Seminarda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar yuzasidan soha mas’ullari va tuman mutasaddilarining axborotini tingladi. G‘alla ekish mavsumiga puxta hozirlik ko‘rish, don ekish otryadlarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, texnikalarning shayligini ta’minlash bo‘yicha vazifalarni belgilab berdi.
#Denov #galla #seminar #qishloqxojaligi
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ANDIJON VILOYATIDA PILLACHILIKNI YANADA RIVOJLANTIRISHGA E’TIBOR QARATILMOQDA
👥 Sentyabr oyining ilk kunlarida Andijon viloyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat G‘aniyev va Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida respublikadagi paxta-to‘qimachilik klasterlari, fermer xo‘jaliklari, pillani qayta ishlash korxonalari rahbarlari ishtirokida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda asosan pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.
*****
ПРИСТАЛЬНОЕ ВНИМАНИЕ К РАЗВИТИЮ ШЕЛКОВОДСТВА В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ
👥 В Андижанской области в первые дни сентября под руководством советника Президента Республики Узбекистан Шухрата Ганиева и министра сельского хозяйства Азиза Воитова состоялся демонстрационный семинар с участием руководителей хлопково-текстильных кластеров, фермерских хозяйств и предприятий по переработке кокона.
Основное внимание на мероприятии было уделено качественной и эффективной организации сбора тутового шелкопряда урожая 2024 года на основе инновационных технологий.
#seminar #vazir #klaster #pillachilik #qayta_ishlash #In_vitro #семинар #министр #кластер #шелководство #переработка_кокона
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Unda asosan pillachilik bo‘yicha 2024-yil hosilini yetishtirishni zamonaviy innovatsion texnologiyalar yordamida sifatli va samarali tashkil etish mavzusiga eʼtibor qaratildi.
*****
ПРИСТАЛЬНОЕ ВНИМАНИЕ К РАЗВИТИЮ ШЕЛКОВОДСТВА В АНДИЖАНСКОЙ ОБЛАСТИ
Основное внимание на мероприятии было уделено качественной и эффективной организации сбора тутового шелкопряда урожая 2024 года на основе инновационных технологий.
#seminar #vazir #klaster #pillachilik #qayta_ishlash #In_vitro #семинар #министр #кластер #шелководство #переработка_кокона
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BALIQCHILIKNI RIVOJLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI
🐟 Hozirgi kunda respublika aholisini sifatli baliq va baliq mahsulotlari bilan ta’minlash, baliq yetishtirish hajmini oshirish, sohaga yangi, resurs tejovchi va intensiv texnologiyalarni joriy etish, yangi istiqbolli baliq turlarini iqlimlashtirishning ilmiy asoslarini yaratish, shuningdek, fermerlar malakasini oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.
#baliqchilik #seminar #oziq_ovqat #akvaponika_tizimi
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Xususan, Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida joylashgan Baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutida “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishda yangi baliq turlari va innovatsion texnologiyalarning ahamiyati” mavzusidagi ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Mazkur seminarda AQShning Illinoys shtatidan tashrif buyurgan akvakultura va oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konsultant Daniel Herman ishtirokchilarga tilyapiya baliqlarini yetishtirishda jahon tajribasi hamda Akvaponika tizimini loyihalashtirishga doir taqdimotlar o‘tkazdi.
#baliqchilik #seminar #oziq_ovqat #akvaponika_tizimi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI
👥 Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.
Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.
#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.
Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.
#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI
👥 O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaydi.
O‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 8-maydagi 67-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlar bilan kengroq tanishishdan iborat.
Farmonda uchta ustuvor vazifa belgilab berilgan. Birinchi ustuvor vazifa – bu barcha yo‘nalishlardagi tashkilotlarda Konstitutsiya normalarini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga moslashtirish. Ikkinchi ustuvor vazifa – Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llashni joriy etish. Uchinchi ustuvor vazifa esa, Konstitutsiya normalarini amaliyotda qo‘llashda joriy qonunlarni yoki muayyan bir yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlarni ijro etish mexanizmi belgilanmagan degan vajlarni mutlaqo olib tashlash bilan bog‘liq.
#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
O‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 8-maydagi 67-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlar bilan kengroq tanishishdan iborat.
Farmonda uchta ustuvor vazifa belgilab berilgan. Birinchi ustuvor vazifa – bu barcha yo‘nalishlardagi tashkilotlarda Konstitutsiya normalarini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga moslashtirish. Ikkinchi ustuvor vazifa – Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llashni joriy etish. Uchinchi ustuvor vazifa esa, Konstitutsiya normalarini amaliyotda qo‘llashda joriy qonunlarni yoki muayyan bir yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlarni ijro etish mexanizmi belgilanmagan degan vajlarni mutlaqo olib tashlash bilan bog‘liq.
#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO KONFERENSIYA O‘Z ISHINI BOSHLADI
🍇Toshkent viloyatining Parkent tumani Zarkent qishlog‘ida nufuzli tadbir — "Uzum sayli va xalqaro vinochilik festivali" bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu festival Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Toshkent viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 3-avgustdagi “2023-2026-yillarda uzumchilik va vinochilik sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-260-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning 15-16-sentyabr kunlari o‘tkaziladi.
*****
НАЧАЛА СВОЮ РАБОТУ МЕЖДУНАРОДНАЯ КОНФЕРЕНЦИЯ
🍇В селе Заркент Паркентского района Ташкентской области проходит престижное мероприятие – "Узум сайли и международный фестиваль виноделия".
Данный фестиваль организован Министерством сельского хозяйства совместно с Министерством высшего образования, науки и инноваций Республики Узбекистан и хокимиятом Ташкентской области в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан ПП-260 "О мерах, направленных на дальнейшее развития сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годах" от 3 августа этого года.
#uzumchilik #uzum_sayli #xalqaro_konferensiya #seminar

O‘ZBEKISTONDA “YASHIL MOLIYALASHTIRISH” QO‘LLAB-QUVVATLANMOQDA
👥 Bugun dunyo ahlini, hamjamiyatini bir fikr birlashtirmoqda: Tabiatni sof holicha asrash va xavfsiz, sifatli oziq-ovqat tizimini yaratish. Buning amaliyoti bevosita insonlarning sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgani bois, uning dolzarbligi kun sayin ortib bormoqda.
Toshkentda o‘tkazilgan “Iqlimga maqbullashtirilgan qishloq xo‘jaligi uchun yashil moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminar ham aynan ushbu maqsad yo‘lida yana bir dadil qadam bo‘ldi.
Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Markaziy bank va respublikamizdagi tijorat banklari mutasaddilari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAOning ) vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda mavzuga oid “Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga ko‘maklashish, xususan, iqlim aqlli qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihaga ko‘ra:
🟢 qishloq xo‘jaligi korxonalarining iqlim o‘zgarishiga chidamli bo‘lishiga yordam berish;
🟢 qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish va daromadlarni barqaror oshirishga imkon berish;
🟢 issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish
kabi vazifalar bajarilishi lozim.
#seminar #oziq_ovqat #yashil_moliyalashtirish_mexanizmlari #FAO
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Toshkentda o‘tkazilgan “Iqlimga maqbullashtirilgan qishloq xo‘jaligi uchun yashil moliyalashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi seminar ham aynan ushbu maqsad yo‘lida yana bir dadil qadam bo‘ldi.
Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Iqtisodiyot va Moliya vazirligi, Markaziy bank va respublikamizdagi tijorat banklari mutasaddilari hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAOning ) vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda mavzuga oid “Yashil moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish va rag‘batlantirishga ko‘maklashish, xususan, iqlim aqlli qishloq xo‘jaligini rag‘batlantirish” loyihasining taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyihaga ko‘ra:
kabi vazifalar bajarilishi lozim.
#seminar #oziq_ovqat #yashil_moliyalashtirish_mexanizmlari #FAO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XORIJLIK MUTAXASSISLAR ISHTIROKIDA TEXNIK O‘LCHOV ISHLARIGA OID O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI
👥 2023-yil 18-sentyabrda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazida Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Italiyaning “Manganorobot Central Asia LLC” qo‘shma korxonasi mutaxassislari va italiyalik mutaxassis Slaudio Mangano bilan birgalikda nazorat o‘lchov mashinasini (KIM) ishlatish bo‘yicha o‘quv-amaliy seminar o‘tkazildi.
O‘quv amaliyoti jarayonida zamonaviy ARION 630 S, AXION 850, AXOS 340 traktorlari kabinasining texnik parametrlari: kabinadagi chang o‘tkazuvchanlik, ko‘ruvchanlik, operator o‘rindig‘ining nuqtalarini aniqlash, pnevmatik aniq ekish seyalkasi, kultivator-oziqlantirgichlarning birlamchi texnik ekspertizalarini o‘tkazish va ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tajribalar amalga oshirildi.
*****
СОСТОЯЛСЯ УЧЕБНЫЙ СЕМИНАР ПО ТЕХНИЧЕСКИМ ИЗМЕРИТЕЛЬНЫМ РАБОТАМ С УЧАСТИЕМ ИНОСТРАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ
👥 18 сентября 2023 года в Центре сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий Туринского политехнического университета в Ташкенте совместно со специалистами итальянского совместного предприятия «Manganorobot Central Asia LLC» и итальянским экспертом Слаудио Мангано состоялся учебный практический семинар по эксплуатации контрольно-измерительной машины (КИМ).
В ходе учебной практики рассмотрены технические параметры кабины современных тракторов ARION 630 S, AXION 850, AXOS 340 на пыле проницаемость кабины, обзор, определение точек сиденья оператора, работу сеялок точного посева, пневматику и первичную техническую экспертизу, проведены эксперименты с культиваторами для определения их качественных показателей.
#seminar #Turin_politexnika_universiteti #TIQXMMIMTU
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
O‘quv amaliyoti jarayonida zamonaviy ARION 630 S, AXION 850, AXOS 340 traktorlari kabinasining texnik parametrlari: kabinadagi chang o‘tkazuvchanlik, ko‘ruvchanlik, operator o‘rindig‘ining nuqtalarini aniqlash, pnevmatik aniq ekish seyalkasi, kultivator-oziqlantirgichlarning birlamchi texnik ekspertizalarini o‘tkazish va ularning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha tajribalar amalga oshirildi.
*****
СОСТОЯЛСЯ УЧЕБНЫЙ СЕМИНАР ПО ТЕХНИЧЕСКИМ ИЗМЕРИТЕЛЬНЫМ РАБОТАМ С УЧАСТИЕМ ИНОСТРАННЫХ СПЕЦИАЛИСТОВ
В ходе учебной практики рассмотрены технические параметры кабины современных тракторов ARION 630 S, AXION 850, AXOS 340 на пыле проницаемость кабины, обзор, определение точек сиденья оператора, работу сеялок точного посева, пневматику и первичную техническую экспертизу, проведены эксперименты с культиваторами для определения их качественных показателей.
#seminar #Turin_politexnika_universiteti #TIQXMMIMTU
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI – AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA
👥 Joriy yilning 22-sentyabr kuni Toshkent davlat agrar universitetida “Oziq-ovqat mahsulotlari hamda sog‘lom oziqlanish xavfsizligi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrantlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi. Seminarga xalqaro ekspert, Buyuk britaniyalik professor Richard Vudi taklif etildi.
Barcha insonlar faol va sog‘lom hayot kechirishlari yo‘lida o‘z oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirishlari uchun yetarli, xavfsiz va to‘yimli oziq-ovqatdan jismoniy va iqtisodiy foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lganlaridagina oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligiga erishildi, deb bemalol aytish mumkin bo‘ladi. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, BRM 2 (ochlikka barham berish)da ushbu g‘oya o‘z aksini topgan.
Agrar universitetda o‘tkazilgan seminar-treningda bu maqsadlarga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning O‘zbekiston sharoitiga implementatsiyasi, yurtimizda oziq-ovqat va sog‘lom oziqlanish xavfsizligi borasida erishilayotgan natijalar xususida fikr almashildi. Jumladan, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, qayta ishlash, tayyorlash va sotishning butun siklida “xavfsiz oziq-ovqat” tamoyiliga amal qilinishi muhimligi ta'kidlandi.
Erkin mluoqot ruhida o‘tgan tadbirda ishtirokchilar tomonidan ko‘plab dolzarb va qiziqarli savollar berildi va xalqaro ekspertdan to‘laqonli javoblar olindi.
#seminar_trening #oziq_ovqat

MOYLI EKINLAR – QISHLOQ XO'JALIGINING MUHIM TARMOG'I
✅ Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari boʻlib oʻtdi.
Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.
🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta'kidladi.
🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi. Chunonchi, takroriy ekin sifatida ekiladigan kungaboqarning iqtisodiy samardorligi aniq-ravshan hisob-kitoblar orqali namoyish etildi: takroriy ekin sifatida ekilgan kungaboqardan gektariga 12 mln so‘m sof foyda olinadi. Bu esa, yaxshigina qo‘shimcha daromad manbasi deganidir.
Shuningdek, bugungi kunda kungaboqarning eng samarali navlari deb e'tirof etilayotgan “Pioner” va “Aley” navlarining xarakteristikalari seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.
Seminar qatnashchilari kungaboqar urug‘lari, uni parvarishlash agrotexnikasi, bu borada jizzaxlik mirishkorlar erishgan yutuqlar bilan atroflicha tanishdilar.
#seminar #Jizzax

ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.
Kuni kecha, Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.
Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.
🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta’kidladi.
🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi.
#moyli_ekinlar #Jizzax #Seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐑 CHORVACHILIK AMALIYOTINI TAKOMILLASHTIRISH
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.
📈 Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti salohiyatini oshirish markazi va Germaniya mutaxassislari o‘rtasidagi hamkorlik Samarqand chorvachilik tarmog‘ida yanada barqaror va farovon kelajakka yo‘l ochdi.
Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz
#chorvachilik #seminar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰 Qishloq xoʻjaligi klasterlari va mahalliy fermerlarning qishloq xoʻjaligi salohiyatini oshirish maqsadida 5-oktyabr kuni Xalqaro qishloq xoʻjaligi universiteti qoshidagi “Malaka oshirish markazi” tomonidan “Chorva xo‘jaliklarida yozgi va qishki tadbirlar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.
Tadbir soha ishtirokchilarining katta doirasini birlashtirdi: ular orasida chorvadorlar, veterinariya mutaxassislari, tadqiqotchilar, shuningdek, nemis mutaxassislari va mahalliy mutaxassislardan bilim olishni istagan ishtiyoqli talabalar ham bor edi.
Mazkur seminarda olingan saboqlarni amaliyotga tatbiq etish samarqandlik fermer xo‘jaliklarining farovonligiga, hududda iqtisodiy barqarorlik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilishi shubhasiz
#chorvachilik #seminar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KIGIZNING SANOAT VA QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI AHAMIYATI OSHMOQDA
🔰 Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari mazkur hududda “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan issiqxonalarda muqobil energiya resurslari va anʼanaviy issiqni saqlovchi materiallardan foydalanish” mavzusida ikki kunlik o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyat qishloq xo‘jaligi mutasaddilari, tadbirkor va xo‘jalik rahbarlari ishtirok etdi.
✅ Seminarni vazir A.Voitov kirish so‘zi bilan ochib berar ekan, bugun yurtimizda, ayniqsa, qish va bahor oylarida aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, bozorlar va savdo do‘konlarida bu mahsulotlarning maqbul narxlarda barqaror sotilishiga erishishda issiqxona xo‘jaliklarining faoliyati muhim ahamiyatga ega ekanini, ayniqsa, issiqxonalarda yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari tannarxini minimal darajada ushlab turish uchun muqobil energiya resurslari hamda bir maromda issiqlikni saqlovchi mahsulotlar foydalanish masalasiga alohida eʼtibor qaratdi.
Seminar davomida ham mutaxassislar tomonidan kigiz global muammoga aylangan mintaqaviy iqlim o‘zgarishlari sharoitida issiqxonalarning salbiy taʼsirini kamaytirishda va undan himoyalanishda munosib yechim bo‘la olishi borasida maʼlumot berildi.
Aytish kerakki, bugun "Varzak" MFYdagi 120 ta xonadon anʼanaviy usulda kigiz bosish bilan shug‘ullanadi, bu yerda tayyorlanadigan kigizning boshqa hududlarda tayyorlanadigan kigizdan farqi shundaki, uning yopishqoqlik darajasi, o‘z navbatida issiqlikni ushlab turish xususiyati va boshqa ko‘plab jihatlarda o‘ziga xos bo‘lib, o‘tda yonmaydi degan talabga to‘laqonli javob beradi.
Ma’lumot o‘rnida, kigiz o‘rtacha 15 darajagacha issiqlikni ushlab turishi mumkin. Kigiz bilan o‘ralgan kichik hajmdagi issiqxonalarda gaz va ko‘mir sarfi ancha kamayadi, qishning iliq kunlarida esa bu kabi yoqilg‘ilarga ehtiyoj sezilmaydi.
#kigiz #seminar

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI
🍇 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, oilaviy tadbirkorlar hamda viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi.
🌱 Tadbir ishtirokchilari dastlab institutning in-vitro laboratoriyasidagi ish jarayonlari va institutda yaratilgan yangi navlar va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishishdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinayotgani, bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshganini qayd etishdi.
📌 Seminar davomida mutaxassis olimlar tomonidan kasallik va viruslardan holi bo‘lgan uzum ko‘chatlarini tanlash, shuningdek uzumni payvand qilishda sifatli payvandtak va payvandustlarni tanlash zarurligi alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yangi payvandtag ko‘chatlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
#seminar #uzumchilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🍇 Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik M. Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, sohaga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Unda Oliy Majlis Senatining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi Bahodir Tajiyev, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mutasaddilari, qishloq xo‘jaligi tizimidagi barcha ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari, oilaviy tadbirkorlar hamda viloyatlardagi qishloq xo‘jaligi mutaxassislari videokonferensaloqa shaklida ishtirok etdi.
Seminarda so‘zga chiqqanlar bugungi kunda respublikamizda yetishtirilayotgan 80 dan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlari dunyoning 66 ta mamlakatiga eksport qilinayotgani, bunda meva-sabzavotlar va dukkakli mahsulotlarning eksport hajmi 2016-yildan 2021-yilga qadar qariyb 2 barobarga oshganini qayd etishdi.
📌 Seminar davomida mutaxassis olimlar tomonidan kasallik va viruslardan holi bo‘lgan uzum ko‘chatlarini tanlash, shuningdek uzumni payvand qilishda sifatli payvandtak va payvandustlarni tanlash zarurligi alohida qayd etdi.
Tadbir doirasida ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va yangi payvandtag ko‘chatlarning ko‘rgazmasi tashkil etildi.
#seminar #uzumchilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sog‘lom ovqatlanish — sog‘lik garovi
🇧🇪 Qishloq xo‘jaligi vazirligida Belgiyaning Nutrition Research markazi eksperti Brodget Fenn “O‘zbekistonda sog‘lom ovqatlanish” mavzusida seminar o‘tkazdi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, tizim tashkilotlari, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda bir qancha mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish, shuningdek dunyo bo‘yicha ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishga erishish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tushunchalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
✅ Seminar davomida belgiyalik ekspert Brodget Fenn ishtirokchilar bilan interaktiv usulda savol-javob qildi hamda O‘zbekistonda aholining ovqatlanish meyorlarini o‘rganganligini hamda bu borada bir qancha tavsiyalari borligini ma’lum qildi.
Ekspert inson sog‘lom ovqatlanishi uchun Jahonda olib borilgan ilmiy-kuzatuv tadqiqotlaridan na’munalar keltirib o‘tdi.
#seminar #soglom_ovqatlanish
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanish, shuningdek dunyo bo‘yicha ochlikka barham berish, oziq-ovqat xavfsizligi va sog‘lom ovqatlanishga erishish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirish tushunchalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi.
✅ Seminar davomida belgiyalik ekspert Brodget Fenn ishtirokchilar bilan interaktiv usulda savol-javob qildi hamda O‘zbekistonda aholining ovqatlanish meyorlarini o‘rganganligini hamda bu borada bir qancha tavsiyalari borligini ma’lum qildi.
Ekspert inson sog‘lom ovqatlanishi uchun Jahonda olib borilgan ilmiy-kuzatuv tadqiqotlaridan na’munalar keltirib o‘tdi.
#seminar #soglom_ovqatlanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO STANDARTNI AMALIYOTGA JORIY ETISH IMKONIYATLARI MUHOKAMA ETILDI
Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” va Global G.A.P. hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda O‘zbekistonda Global G.A.P. standartlarini joriy etishni qo‘llab-quvvatlash va bu bo‘yicha mahalliy mutaxassislarning malakalarini oshirishga qaratilgan loyiha natijalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Unda GIZning “Barqaror iqtisodiy rivojlanish” dasturi rahbari Beate Schoreit, hamda Global G.A.P. mutaxassislari Ian Lucey hamda Edite Strazdinalar ishtirok etishdi. Tadbir davomida “Sertifikat olgan mutaxassislar bilan kelajakda qanday hamkorlik o‘rnatish va ularni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Mazkur tadbir o‘tkazilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad respublikada Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) xalqaro standarti talablari asosida meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti “GIZ” bilan hamkorlikda Maqbul qishloq xo‘jaligi amaliyoti (Global G.A.P.) bo‘yicha 3 ta bosqichda seminar treninglar tashkil etgan. Seminar-treninglarning birinchi bosqichida maslahatchilarning bilim va malakalari oshirilgan bo‘lsa, ikkinchi va uchinchi bosqichlarda inspektorlar va auditorlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
#seminar #trening

O‘zbekistondagi CACILM-2 loyihasi jamoasi mintaqaning boshqa mamlakatlari vakillari bilan birgalikda Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikka qarshi kompleks kurashishni rejalashtirish bo‘yicha seminarda ishtirok etdi. Tadbir Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Global Ekologik Jamg‘arma (GEF)ning moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilayotgan CACILM-2 – “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” mintaqaviy loyihasi doirasida tashkil etildi.
#Fao #seminar #qurgoqchilikga_qarshi_kompleks
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda
Har yili 5-dekabrda tuproq salomatligi va tuproq resurslarini barqaror boshqarishning muhimligiga e’tiborni jalb qilish maqsadida Butunjahon tuproq kuni nishonlanadi.
Shu munosabat bilan poytaxtimizdagi Frankfurt mehmonxonasida Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Tuproq degradatsiyasining oldini olishning innovatsion texnologiyalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminari bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi va Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti hamkorligida tashkil etilgan.
Respublika ilmiy-amaliy seminarini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azimjon Nazarov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
U o‘z so‘zida mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, xususan, tuproqlar muhofazasi, yerlar degradatsiyasi, sho‘rlanish, cho‘llanish kabi masalalar haqida o‘z fikr mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda tadbir ishtirokchilarini ushbu sana bilan samimiy qutladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati va Qonunchilik palatasi, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, shuningdek, olimlar, tadqiqotchilar, milliy va xorijiy tuproqshunos mutaxassislar tuproq va suv resurslarini barqaror boshqarish, eroziya hamda tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashning zamonaviy usullari, neytral muvozanatni saqlash, yer degradatsiyasi, shuningdek, boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ma’ruzalar qilmoqdalar.
#tuproq_kuni #seminar
🌐 Website 💬 Telegram 💬 Facebook 📺 YouTube 📷 Instagram