QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14K subscribers
24.1K photos
2.72K videos
7 files
9.48K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FAO tomonidan Fan va innovatsiyalar kuni o‘tkazildi 📈

2023-yil 3-oktyabrda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan Toshkentda Fan va innovatsiyalar kuni o‘kazildi. U FAOning 2023-yilgi fan va innovatsiyalar bo‘yicha forumi shafeligi ostida 2-5-oktyabrda o‘tadigan Yevropa va Markaziy Osiyo uchun Fan va innovatsiyalar mintaqaviy haftaligi doirasida tashkil etildi.

Toshkentda Fan va innovatsiyalar kuni FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Toshkent Davlat agrar universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Tadbir O‘zbekistonda yer resurslarini kompleks boshqarishni (Integrated Land Management – ILM) joriy etish bo‘yicha ilm-fan, amaliyot va siyosat integratsiyasiga bag‘ishlangan. Unda professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchi olimlar, tegishli vazirlik va idoralar vakillari, fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan FAO mandatida yer resurslarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish muhim o‘rin tutadi. Tuproqlar oziq-ovqat ishlab chiqarish va ko‘plab muhim ekotizimlar uchun muhim asosdir. Qayd etilganidek, innovatsion usullarga asoslangan tuproq resurslarini barqaror boshqarish qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ozuqaviy qiymatini yaxshilash, shuningdek, iqlim o‘zgarishi oqibatlariga moslashish va ularni yumshatishga yordam beradi.

Fan va innovatsiyalar kuni doirasida  O‘zbekistonda integral yer boshqaruvini yanada kengroq tatbiq etish uchun ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini qo‘llash mavzusida ma’ruzalar tinglandi. Ilmiy jamoatchilik vakillari, FAO ekspertlari, vazirlik va idoralar mutaxassislari mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

#fao #innovatsiyalar_kuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM