QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
O‘zbekiston turli-tuman meva-sabzavotlarni eksport qiladi.

Nima deb o‘ylaysiz, 2022-yilda qaysi meva-sabzavot turi eksportda eng katta ulushga ega bo‘lgan?

#sorov #meva_sabzavot #eksport
O‘zbekistonda 2022-yilda qaysi meva-sabzavot turi eksportda eng katta ulushga ega bo‘lgani haqida so‘rovnoma o‘tkazgan edik.

So‘rovda jami 111 kishi ishtirok etdi. Ulardan 38 kishi to‘g‘ri javobni tanlagan – 2022-yilda eksportdagi meva-sabzavotlar ichida eng katta ulush uzum/mayizga tegishli bo‘lgan.

📈Eksportda qiymat jihatidan eng katta ulushga ega meva-sabzavotlar:
uzum (mayizni qo‘shgan holda) 24,7%;
mosh — 8,2%;
shaftoli — 6,0%;
pomidor — 5,1%;
xurmo — 4,6%;

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #meva_sabzavot #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝Obunachilarimiz asosan qaysi sohada faoliyat yuritishlarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazgan edik.

Ma'lum bo‘lishicha, oramizda dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchilar ko‘pchilikni tashkil qilarkan – 44 kishi shu variantni tanladi.

Boshqa variantlarga quyidagicha ovoz berildi:
🐄Chorvachilik – 15
🐟Baliqchilik – 3
🔬Ilmiy-tadqiqot – 33
🧑‍🌾Agrobiznes – 10
🤵‍♂️Davlat xizmatchisi – 34
👥Boshqa sohalar – 19

#sorov #faoliyat

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZINGIZNI SINAB KO‘RING!

Quyidagi fakt qaysi jonivor haqida deb o‘ylaysiz:

“... tuproq tuzilishini yaxshilaydi. Ular tuproqni yumshatadi va uning qatlamlari orqali o‘tib, shamollatadi hamda yengillashtiradi. Ularning uyasi yaqinidagi yer osti yo‘llari bir necha kilometrga teng bo‘lishi mumkin. Binobarin, ular yashaydigan hududda tuproq o‘ta zich bo‘lmaydi”.

#sorov #fakt
📝O‘tgan haftada quyidagi ta'rif qaysi jonivorga tegishli ekanligini topishni so‘ragan edik: “... tuproq tuzilishini yaxshilaydi. Ular tuproqni yumshatadi va uning qatlamlari orqali o‘tib, shamollatadi hamda yengillashtiradi. Ularning uyasi yaqinidagi yer osti yo‘llari bir necha kilometrga teng bo‘lishi mumkin. Binobarin, ular yashaydigan hududda tuproq o‘ta zich bo‘lmaydi”.

So‘rovda jami 140 kishi qatnashdi. Shulardan 11 kishi javobni to‘g‘ri topa olgan – yuqoridagi matnda gap chumolilar haqida borgandi.

🐜Chumolilarning qishloq xo‘jaligiga keltiradigan foydasi va zarari haqida saytimizda batafsil tanishishingiz mumkin.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #fakt

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
... U karamdoshlar oilasiga mansub bo‘lib, ikki yillik o‘simlik. Kelib chiqish markazi O‘rta Yer dengizi va Sharqiy Osiyo hisoblanadi.

O‘zbekistonda bu ekin turining o‘chog‘i Farg‘ona vodiysining Marg‘ilon, Oltiariq tumanlari sanaladi.

U sovuqqa chidamli, ildizmevasi kuzning o‘rtacha haroratida o‘sib, shakllanadi. Tuproqning unumdorligi va mexanik tarkibi yengil, gumusga boy bo‘lishiga talabchan. Mamlakatimiz hududida 4 ta navi ekiladi.

Savol: qaysi sabzavot turi haqida so‘z bormoqda?

#sorov #sabzavot
O‘tgan haftada yurtimizda keng tarqalgan savbzavotning ta'rifini berib, uning nomini topishingizni so‘ragan edik.

📝So‘rovda jami 129 kishi qatnashdi. Bizni quvontirgan holat – ko‘pchilik (60 kishi) sabzavot nomini to‘g‘ri topdi – bu turp edi.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #sabzavot

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada 2022-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotidagi qishloq, o‘rmon va baliqchilik mahsulotlarining ulushi qancha bo‘lganligi haqida savol o‘rtaga tashlangan edi.

So‘rovda jami 684 kishi qatnashdi. Ulardan 168 kishi to‘g‘ri javob berdi – tarmoqning ulushi YaIMning to‘rtdan birini tashkil qilgan.

📝Statistik ma'lumotlar bilan saytimizda tanishishingiz mumkin.

👥So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #qishloq_xojaligi #YIM

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qishloq, o‘rmon va baliqchilik sohasida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchani tashkil qilishi bilan qiziqqandik.

👥So‘rovda jami 295 nafar kishi qatnashdi. Shundan 59 kishi to‘g‘ri javobni topa oldi “O‘zstandart” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani tashkil qiladi, jumladan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 500 ta shu turdagi korxona faoliyat yuritadi.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #qishloq_xojaligi #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qaysi turdagi tuproq suratda aks etgani to‘g‘risida foto-so‘rov o‘tkazgandik.

👥So‘rovda jami 213 kishi qatnashdi, ulardan 24 nafari to‘g‘ri javob bergan — suratda qumoq tuproq aks etgandi.

📝Qumoq tuproq — sabzavot, reza meva va mevali ekinlar uchun juda mos tuproq. U ko‘plab ozuqa moddalariga ega hamda havo va namlikni yaxshi o‘tkazadi. Shu sababli, u ekin ekishga ideal darajada to‘g‘ri keladi. Qolaversa, unga ishlov berish oson. Lekin uni yaxshi holatda tutib turish uchun muntazam parvarishlash kerak bo‘ladi.

So‘rovlarimizda qatnashing. Shu tarzda yangiliklardan xabardor bo‘lasiz yoki qishloq xo‘jaligining turli yo‘nalishlaridan boxabar ekaningizga yana bir bor amin bo‘lasiz.
*****
На прошлой неделе был проведен фото-опрос о том, какой вид почвы изображен на картинке.

👥Всего в опросе участвовало 213 человек, из них 24 ответили верно. Правильный ответ - суглинистая почва.

📝Суглинистая почва — лучшая почва для овощных, ягодных и плодовых культур. Она имеет много питательных веществ и хорошо пропускает воздух и влагу. Так что она идеально подходит для посадки растений. Кстати, её легко обрабатывать. Но за ней нужно регулярно ухаживать, чтобы поддержать её состояние.

Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#sorov #tuproq #опрос #почва

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada yilqi soni bo‘yicha O‘zbekistonda qaysi hudud yetakchi ekani haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

👥So‘rovda jami 736 kishi qatnashdi, ulardan 152 nafari to‘g‘ri javob berdi – yilqi soni bo‘yicha birinchi o‘rinni Toshkent viloyati egallaydi.

📝Turli hududlarda yilqi soni:
Toshkent viloyati – 55,4 ming bosh.
Qashqadaryo viloyati – 35,2 ming bosh.
Jizzax viloyati – 30 ming bosh.
Samarqand viloyati – 27,5 ming bosh.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 27,4 ming bosh
Navoiy viloyati – 22,2 ming bosh.
Sirdaryo viloyati – 16,3 ming bosh.
Surxondaryo viloyati – 15,8 ming bosh.
Farg‘ona viloyati – 10 ming bosh.
Buxoro viloyati – 7,3 ming bosh.
Andijon viloyati – 7,3 ming bosh.
Namangan viloyati – 7 ming bosh.
Xorazm viloyati – 5,5 ming bosh.

So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #yilqi

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM