QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌱 TO‘QSONBOSTI USULINING AFZALLIKLARI
 
Mamlakatimiz aholisini ertaki sabzavot mahsulotlariga bo‘lgan talabini to‘liq qondirish maqsadida, sovuqqa chidamli ekinlardan sabzi, piyoz, osh lavlagi, ko‘katlarni to‘qsonbosti muddatida ekib, yetishtirish muhim ahamiyatga ega.

Qolaversa, to‘qsonbosti usulida ekilgan sabzavot urug‘lari erta bahorda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga hosil erta yetiladi.

Shu sababli, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan yuqoridagi tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

📊 Jumladan, hududiy hokimliklarning takliflariga asosan barcha toifa xo‘jaliklari tomonidan 2024-yil hosili uchun jami 529 ming ga (2022-yilga nisbatan +323,1 ming ga ko‘p), shundan avgust-sentyabr oylarida 386,5 ming ga (+316,5 ming ga) piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabr-dekabr oylarida 142,5 ming ga to‘qsonbosti usulida sabzavot ekinlari ekish belgilandi.

Shundan, 195,7 ming ga piyoz, 66,8 ming ga sarimsoqpiyoz, 71,4 ming ga sabzi, 17 ming ga osh lavlagi, 117,7 ming ga ko‘katlar, 17,3 ming ga rediska, 43,1 ming ga karam ekinlarini yetishtirish belgilab olindi.
Yuqoridagi tadbirlar asosida, 2024 yil fevral, mart, aprel oylarida jami 10,8 mln tonna (2022 yildagiga nisbatan 5,8 mln tonna ko‘p) ertaki qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga erishish kutilmoqda.

#toqsonbosti #sabzavot_mahsulotlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM