QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
14.9K subscribers
24.4K photos
2.72K videos
7 files
9.54K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDA RO‘YXATDAN O‘TKAZISH BO‘YICHA POLSHA TAJRIBASI O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi hamda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazining (ISCAD) mutaxassislaridan iborat guruh Yevropa Ittifoqining ASK (Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bilimlarini oshirish) dasturi doirasida Polsha Markaziy statistika ofisi va Qishloq xo‘jaligi va qishloq joylarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurdi.

Polsha Markaziy statistika ofisi tomonidan milliy qishloq xo‘jaligi sohasida ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni amalga oshirib kelinmoqda. 2010-yildan milliy qishloq xo‘jaligini ro‘yxatdan o‘tkazishdan boshlab yangi so‘rov metodologiyasi qo‘llanila boshlandi. Unga ko‘ra, ro‘yxatga olinishi kerak bo‘lganlar o‘zini onlayn ro‘yxatlashtirishi, intervyu oluvchi tomonidan telefon orqali suhbat yoki ro‘yxatlashtirayotgan agent tomonidan o‘tkaziladigan yuzma-yuz muloqot orqali maʼlumot berishi yo‘lga qo‘yildi.

#xalqaro_hamkorlik #tashrif #Qishloq_xojaligi_vazirligi #ISCAD #ASK #royxatdan_otkazish_jarayoni #Polsha

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM