QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20K photos
2.55K videos
6 files
8.51K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGIDA KENG QAMROVLI AGROXIZMATLAR MARKAZLARI TASHKIL ETILADI

💻Zamonaviy qishloq xo‘jaligi ilm-fan va innovatsiyalar bilan hamohanglikda jadal rivojlanib bormoqda. Bu esa sohada ko‘plab yutuq va imkoniyatlar yaratilishiga zamin bo‘lmoqda.

Joriy yilning 7-iyul kuni Prezidentning PQ-216-son “Agrar sohada ilm-fan, taʼlim va ishlab chiqarishni integratsiya qilish orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, sohadagi ilmiy tadqiqotlar mavzularini shakllantirish, ilm-fan natijalarini amaliyotga joriy qilish, kadrlar tayyorlashda agroklasterlar, kooperativlar va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalarining real ehtiyojlarini inobatga olishning yangi mexanizmlari joriy etilmoqda.

2023-yilning 1-sentyabridan boshlab:

— oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik;
— ilm-fan yutuqlari, innovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
— inson resurslarini rivojlantirish masalalari yangi tashkil etiladigan agroklasterlar, kooperativlar va sohadagi boshqa yirik korxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yishda litsenziya va ruxsat etish tartib-taomillari shartlaridan biri etib belgilanadi.

👉Batafsil

#zamonaviy_qishloq_xojaligi #innovatsiya #agrar_soha #agroxizmatlar_markazi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM