QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.8K photos
2.58K videos
7 files
8.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📈 TAKRORIY EKIN — QO‘SHIMCHA DAROMAD MANBAI

So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishda yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan fermer va dehqonlar sohaga innovatsion, samarali usullarni joriy etish orqali yiliga 2-3 martagacha yuqori mahsuldorlikka erishish yo‘lida izlanmoqdalar.

🥔 Jumladan,  Jizzax viloyati Baxmal tumanidagi “Gulbuloq sabzavotlar makoni ” fermer xo‘jaligi rahbari O‘g‘iloy Uralova ham ana shunday ilg‘or sohaning izlanuvchan fidoiylaridan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. U fermer xo‘jaligi balansidagi 8 gektar yer maydonidan unumli foydalanib yiliga ikki martadan hosil olmoqda. Fermer xo‘jaligi faoliyat turi sabzavotchilik yo‘nalishiga ixtisoslashgan bo‘lib, asosan turli xil qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiradi. Ma’lumki, mirishkorlar uchun yilning 4 faslida ham ish qizg‘in kechadi. Ayni kunlarda O‘g‘iloy opa fermer xo‘jaligida ham ikkinchi ekin hosilini yig‘ishtirish arafasida. Fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlarida ikkinchi ekin sifatida 2 gektarida loviya, 6 gektarida kartoshka parvarishlagan. Ma’lum qilinishicha, poliz maydonida Pokiston davlatining “Savella” kartoshka navi ekilgan bo‘lib, ushbu kartoshka bahorgi birinchi mavsumda ekilganda gektariga 30-35 tonna hosil bersa, kuzgi mavsumda takroriy ekin sifatida ekilsa, gektariga 20 tonna hosil olish mumkin. Dehqon opamizning ta’kidlashicha, hozirda ob-havoning noqulay sharoiti sabab loviya hosilini yig‘ishtirmay turibdi.

🔸 Agarda loviya hozir yig‘ib olinsa, hosilga nam tegishi natijasida unga sifatiga zarar yetishi mumkin. Shu boisdan, hosilni joyida saqlab 4-5 kundan keyin ob-havo issiq bo‘lishi bilan yig‘ib olishni rejalashtirilmoqda. Xo‘jalik yerlarida yetishtirilgan kartoshka va sabzavot ekinlari aholi dasturxonlariga yetkazish uchun mahalliy bozorlar rastalariga sotishga peshma-pesh yetkazib beriladi.

#kartoshka #daromad_manbai

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM