QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ozbekiston_24 #asal

🎥“O‘zbekiston-24”
telekanalining “Yangiliklar” dasturi muxbirlari asalning foydali xususiyatlari, navlari, asalarichilik tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng ko‘p asal olinadigan hududi haqida so‘z yuritadi.

*****
#Узбекистан_24 #мёд

🎥
Корреспонденты программы «Новости» телеканала «Узбекистан-24» обсуждают полезные свойства меда, его сорта, историю пчеловодства, а также показывают самые медоносные регионы Узбекистана.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Infografika.png
3.1 MB
20-MAY — BUTUNJAHON ASALARILAR KUNI

🐝Asalarilar sayyoramizning biologik xilma-xilligini saqlashda katta rol o‘ynaydi. Ularning o‘simliklarni changlatishdagi mashaqqatli mehnati tufayli har xil turdagi gullar meva berib, ko‘paya oladi. Asalarilarga bag‘ishlab har yili 20-mayda nishonlanadigan Butunjahon asalarilar kuni xalqaro bayram sifatida nishonlanishi ajablanarli emas.

Butunjahon asalarilar kuni 2018-yildan beri Sloveniya hukumati va BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti – FAOning saʼy-harakatlari tufayli, Apimondia koʻmagida nishonlab kelinmoqda. Bayram BMT Bosh Assambleyasining 2017-yil dekabrdagi rezolyutsiyasi bilan tashkil etilgan.

Ushbu sana zamonaviy asalarichilikning kashshofi Anton Yansha aynan mana shu kunda tug‘ilganligi sabab tanlangan. U qadimiy an'anaga ega asalarichilik muhim qishloq xo'jaligi faoliyati bo'lgan Sloveniyada, asalarichilar oilasidan chiqqan.

Bayramdan maqsad odamlarning e'tiborini changlatuvchilarning atrof-muhitni muhofaza qilishdagi ahamiyatiga qaratish va asalarichilikning ahamiyatini ko‘rsatishshdir. Asalarilar kunida bu hasharotlarning sayyora ekotizimidagi o‘rni haqida aholining xabardorligini oshirish maqsadida turli tadbirlar o‘tkaziladi.

Asalarilar hasharotlar orasida ijtimoiy uyushganlikning eng yuqori darajasiga ega. Ular katta oilalarda yashaydilar, oilaning har bir a’zosi qat’iy belgilangan vazifalarni bajaradi. Asalarilar oilasidagi barcha a’zolarning muvofiqlashtirilgan mehnati tufayli uyada nasl yetishtirish va odamlar foydalanadigan qimmatbaho mahsulot – asal to‘plash uchun maqbul sharoitlar yaratilgan.

Hozirgi kunda asalarichilik qishloq xoʻjaligining rivojlangan tarmogʻi hisoblanadi. Ko‘pgina mamlakatlarda asalarilar asal, mum, propolis, ari zahari va boshqa foydali moddalarni ishlab chiqarish uchun odamlar tomonidan faol ravishda o‘zlashtiriladi va ko‘paytiriladi.

#asalarichilik #asal #ari #20_may

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🐝 Asalarichilik – ehtiyojmandlar daromadini oshirish manbai

Farg‘ona viloyatida asalarichilik rivojlanib bormoqda. Ming dardga davo, mo‘may daromad manbai bo‘lmish asal yetishtirish, turlarini ko‘paytirish ishlari samarali bo‘lmoqda.

🔸 Bugungi kunda viloyatda asalarichilik subyektlari soni 2000 tadan ortgan. Viloyat asalarichilik xo‘jaliklarining umumiy ishlab chiqarish quvvati yiliga 2 ming tonnani tashkil qiladi.

Jumladan, Bag‘dod tumanida ham ko‘plab oilalar asalarichilik bilan shug‘ullanib, yaxshi daromadga ega bo‘lmoqda. Tumanda ehtiyojmand oilalarga asalari uyalari berilib, tadbirkorlikka jalb qilish yaxshi samara bermoqda.

✔️ Xususan, ishsizlikni kamaytirish va norasmiy bandlik ulushini qisqartirish maqsadida asalarichilik kooperatsiyasi tashkil etildi. Mazkur kooperatsiya orqali 20 ta oilada ish bilan band bo‘lmagan a'zolarning bandligi ta'minlandi va xonadonlarda kasanachilik asosida yetishtirilgan asal mahsulotini “Bag‘dod zamin asali” mas'uliyati cheklangan jamiyati kelishilgan narxda xarid qilib oladi.

#asalarichilik #asal #daromad

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Asal bayrami"ga marhamat!

🍯 Agrar soha vakillari, xususan, O‘zbekiston asalarichilaridan xayrli tashabbus. Joriy yilning 1—10- dekabr kunlari poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami” o‘tkaziladi.

🎉 1-dekabr kuni soat 10:00 da “Asal bayrami”ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi.

🐝Asal bayrami” doirasida Respublika asalarichilik ko‘rgazmasi va asalarichilik mahsulotlari savdosi tashkil etiladi. Ko‘rgazma davomida asalarichilik bo‘yicha yangi texnologiyalar va uskunalar taqdimoti ham bo‘lib o‘tadi. Yurtimizning barcha hududlaridan 100 dan ortiq asal turlari, jumladan, propolis, ona asalari suti, uyali asal va boshqa turdagi asalarichilik mahsulotlarini tatib ko‘rish va sotib olish imkoniyatini o‘tkazib yubormang.

#asal_bayrami

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
POYTAXTIMIZDA "ASAL BAYRAMI" BO‘LIB O‘TMOQDA

Xabar berganimizdek, kecha poytaxtimizdagi “Anhor-Lokomotiv” parkining markaziy hududida “Asal bayrami”ga start berildi.

Bayramning ochilish marosimida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Bahrom Norqobilov so‘zga chiqib, asalarichilik sohasining yangi rivojlanish bosqichlarini o‘tab kelayotgani, hozirgi kunda bevosita qishloq xo‘jaligi ekinlarini changlatib, hosildorligini oshishiga hamda oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlashda katta muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, bu kabi tadbirlarni tashkil etilishidan maqsad asalarichilik sohasida erishilgan yutuqlar va sohaga yangi texnologiyalarni joriy etishda xorijiy tajribalarni o‘rganish, albatta, sohani rivojlanishiga hassa qo‘shishini alohida ta'kidladi.

Bundan tashqari ochilish marosimida O‘zbekiston Asalarichilar uyushmasi raisi Sharofiddin Bahridinov va Qozog'iston asalarichilar uyushmasi raisi Valeriy Kasimbayevlar so'zga chiqib asal ishlab chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma'lumotlar berdi hamda bayram bilan barchani tabrikladi.

#asal_bayrami

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM