QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XALQ-ORASIDA.UZ AGENTLIGI” IJTIMOIY TARMOG‘IDA TARQATILGAN XABARGA
RADDIYA

Ijtimoiy tarmoqda Xalq-orasida.uz agentligi” kanali orqali Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazi haqida tarqatilgan xabar yuzasidan vazirlik munosabat bildiradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlar oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondoshuv asosida, ba’zi guruhlarning manfaatlarini aks ettirgan holda keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi tarmoqda tarqatilgan videomurojaatni atroflicha va xolis o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi.

Munosabatni sayt orqali bilib olishingiz mumkin.

#raddiya

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Raddiya

🙅‍♂️Ijtimoiy tarmoqlarda “Paxta terimi uchun yangi to‘lov narxlari e’lon qilindi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.

Aytib o‘tish joizki, Qishloq xo‘jaligi vazirligi sohada olib borilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni o‘rganish va bartaraf etish yuzasidan ochiq muloqotga har doim tayyor.

Lekin shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi ma’lumotlarni oxirigacha o‘rganib chiqilmasdan, bir yoqlama yondashuv asosida keng ommaga taqdim etish holatlari uchramoqda. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarni atroflicha va xolis o‘rganib chiqqan holda, quyidagilarni ma’lum qiladi:

Paxta terimi uchun to‘lov narxlari har yili mavsum boshlanishi munosabati bilan, muayyan bir muddatda belgilanadi va bozor tamoyillarini hisobga olgan holda hukumat tomonidan tasdiqlanadi. Terimning har bir turi uchun alohida narx belgilanadi, so‘ng barcha OAV orqali e’lon qilinadi.

Ayni kunlarda paxta terimiga narx belgilash bo‘yicha ishlar vazirliklar bilan kelishuv jarayonida. Bunda uning birinchi va ikkinchi terimi uchun (navlarini hisobga olib) qancha narx belgilanishi aniq ko‘rsatiladi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, hozirgi tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi yana bir bor ommaviy axborot vositalari vakillari hamda blogerlarni tarqatilayotgan axborotning ishonchliligini tekshirish va xolis axborot taqdim etish lozimligiga chaqirib qoladi!

Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligining axborot xizmati muloqotga ochiqligini ma’lum qilib qolamiz.

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM