QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Бугун мамлакатимиз Мустақиллигининг
30 йиллигини нишонлаяпмиз. Янги марралар ва имкониятлар эшигини очган муҳим ҳодиса.

Ўттиз йил — бу бир вақтнинг ўзида ҳам кўп, ҳам кам. Бу янги авлод улғайишга улгурган давр. Аммо амалга оширилаётган ислоҳотлар кўламини инобатга оладиган бўлсак, ҳали қиладиган ишларимиз бисёр.

Қишлоқ хўжалигидаги ислоҳотларга тўхталганда, сўнгги 5 йил ичида соҳадаги ўзгаришлар жадал тус ола бошлаганини алоҳида таъкидлаш керак. Асосийси, қишлоқ хўжалиги, унинг маҳсулдорлиги, ер ва сув ресурсларига бўлган муносабатга ёндашувнинг ўзи тубдан ўзгаряпти, ҳар бир қишлоқ хўжалиги ишлаб чиқарувчисининг ўрни ва аҳамияти кучаймоқда.

Бугунги кунда фермер ва деҳқон хўжаликларидан ташқари "кластер ишлаб чиқариш" ва "кооперация"лар саҳнага чиқмоқдаки, улар ўз инфратузилмасига, реализация бозорига, кенгайтирилган қишлоқ хўжалиги техникалари паркига, замонавий омборхоналарга эга бўлиб, тўлиқ ишлаб чиқариш занжирини таъминлашга имкон беради.

Қишлоқ хўжалиги - Ўзбекистон иқтисодиётининг муҳим сектори, ялпи ички маҳсулотнинг қарийб 28,5 фоизи айнан ушбу тармоққа тўғри келади, тахминан 4,2 миллион киши ушбу соҳада банд. Бу мамлакат бўйича иш билан таъминланиш даражасининг 30 фоизидан ортиғини ташкил этади.

Қишлоқ хўжалиги учун асосий тараққиёт йўналиши — бу мамлакатимиз президенти Шавкат Мирзиёев томонидан қўллаб-қувватланган Ўзбекистон Республикаси қишлоқ хўжалигини ривожлантиришнинг 2030 йилгача мўлжалланган стратегияси ҳисобланади. Унинг асосий устувор мақсадларидан бири — бу озиқ-овқат хавфсизлиги.

Прогнозларга кўра, қишлоқ хўжалигимизнинг унумдорлиги рақамлаштириш, инновацион, шунингдек, ресурстежовчи технологияларини жорий этиш, қўшилган қиймат занжирини яхшилаш, қайта ишлаш ва қадоқлашни янада ривожлантириш, экспортни ривожлантириш учун қўшимча шароитларни яратиш ҳисобига ортиб боради.

Шу жумладан Қишлоқ хўжалигида хизмат, билим ва инновациялар AKIS миллий тизими базасидаги илмий-инновацион лойиҳалар, ишланмалар бу борада ҳал қилувчи роллардан бирини ўтайди.

Ўзбекистон Республикаси Қишлоқ хўжалиги вазирлиги ва шахсан ўз номимдан барчани Мустақиллик куни билан табриклайман.

Гуллаб-яшнаётган мамлакатимиздаги ҳар бир инсон, ҳар бир оила тинч-фаровон, бахтли яшасин.

Қишлоқ хўжалиги вазири
Жамшид Ходжаев

#Mustaqillik
#qishloqhujaligibarchamizuchun
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining
30 yilligi muborak!
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
С 30-летием Независимости Республики Узбекистан!

#Mustaqillik
#qishloqhujaligibarchamizuchun
#Prezident #Mustaqillik_bayrami

🇺🇿 Bugun, 31-avgust kuni erta tongda davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev va hukumat aʼzolari qatag‘on qurbonlarini yod etish uchun Shahidlar xotirasi xiyoboniga tashrif buyurishdi. Ushbu maskanda Qurʼon tilovat qilinib, o‘tganlar haqiga duo qilindi.

❗️Shundan so‘ng navbatdagi tashrif manzili "Yangi O‘zbekiston" bog‘i bo‘ldi. Prezident Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

🎉 Yurtboshimiz mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirida ishtirok etib, xalqimizga tabrik yo‘llaydi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2317
#prezident #mustaqillik #tantanasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda nutq so‘zlamoqda

Davlatimiz rahbar so‘zining avvalida butun xalqimizni ulug‘ ayyom – Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.

"Oradan yillar, asrlar o‘tadi. Lekin milliy davlatchiligimizni, o‘zligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barcha yutuq va marralarimizning zamini bo‘lgan Mustaqillik kuni biz uchun, kelgusi avlodlarimiz uchun doimo eng ulug‘, eng aziz bayram bo‘lib qoladi", dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2323
#prezident #mustaqillik

Davlatimiz rahbari bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi jadal amalga oshirayotganini ta’kidladi.

"Yangi O‘zbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxshilash maqsadida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar o‘z muammolari haqida ochiq gapirishi va ularning yechimi uchun birgalikda harakat qilishlariga barcha sharoitlar mavjud bo‘lgan;

– hamma uchun adolatni so‘zsiz ta’minlash imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida teng bo‘lgan;

tadbirkorlikning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan davlatdir.

Bir so‘z bilan aytganda, Yangi O‘zbekiston deganda, har bir fuqarosi uchun g‘amxo‘rlik qiladigan, ochiq va adolatli jamiyat ham tushuniladi”, dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2324
#prezident #mustaqillik

Prezident ushbu yuksak marralarga erishish uchun 2026-yilgacha Taraqqiyot strategiyasi doirasida 5 ta asosiy vazifani belgilab berdi.

Birinchi - ta’lim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlari uchun eng qulay sharoitlar yaratish izchil davom ettiriladi.

Ikkinchi - har qanday bahsli masalaga adolatli yechim faqat odil sud tomonidan topilishi kerak.

Uchinchi - biznesni rivojlantirish orqali qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi, kambag‘allik qisqaradi, aholi daromadlari ko‘payadi.

To‘rtinchi - sog‘liqni saqlash tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytiriladi.

Beshinchi - aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi doimo diqqat markazida bo‘ladi.


https://t.me/Press_Secretary_Uz/2325
#prezident #mustaqillik

"Albatta, bunday keng ko‘lamli vazifalarni amalga oshirishda oldimizda turli qiyinchilik va muammolar paydo bo‘lishi tabiiy hol. Lekin o‘z tarixida qancha-qancha sinov va mashaqqatlarni boshidan kechirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinchilikni yengib o‘tishga qodir. Men bunga qat’iy ishonaman.

Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bo‘lgan – yangilanayotgan Konstitusiyamiz bu yo‘lda mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimizni shoshilmasdan, chuqur o‘ylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Ishonchim komil, Yangi Konstitusiyamiz chinakam xalq Qomusi, chinakam xalq Konstitusiyasi bo‘ladi", dedi Prezident.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2326
#prezident #mustaqillik

"Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni faol qo‘llab-quvvatlab, ularni amalga oshirishda doimo fidoiylik ko‘rsatib kelayotgan mehnatkash, olijanob va bag‘rikeng xalqimizga chin dildan ta’zim qilaman.

Siz, aziz yurtdoshlarimni O‘zbekiston mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oshsin!

Yaratganning o‘zi barchamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!”, dedi davlatimiz rahbari so‘zining yakunida.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/2327
#ob_havo #bayram #mustaqillik

1-SENTYABR KUNI KUTILAYOTGAN OB-HAVO MA’LUMOTI

☀️ Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. O‘zbekiston bo‘ylab 😃 tabassum va shodlik😁 oqimi kelishi kutilmoqda.

💨 Sharqdan 3-8 m/s tezlikda esayotgan shamol butun mamlakatimiz bo‘ylab 🇺🇿🇺🇿🇺🇿 O‘zbekiston bayroqlarini hilpiratadi.

🌞 Kunduzi 33-35° harorat shahar bo‘ylab 👍 sayr qilish va mehmondorchilikka borish uchun qulay.

🌛 Kechqurun, bayramona palovni kutib, toza havodan bahramand bo‘ling, kechasi havo harorati 16-18 °.

Kelayotgan #Mustaqillik bayramingiz muborak bo‘lsin❗️

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik #chellenj #bayram
🇺🇿
Mustaqillik - eng oliy neʼmat. Ushbu so‘zning aksi har bir fuqaro yuragida o‘zgacha jarang topadi.

Xo‘sh, mustaqillik o‘zi nima
U qanday imkoniyatlarni hadya etadi
🇺🇿
Biz bu borada vatandoshlarimiz fikrlari bilan qiziqdik.

#независимость#челлендж
🇺🇿
Независимость – высшее благо. Эти слова находят особое звучание в сердце каждого гражданина.

Что такое независимость для вас
Какие возможности открывает независимость
🇺🇿
На эти вопросы ответили наши соотечественники.

WWW/FACEBOOK/YOUTUBE /INSTAGRAM
Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo, vatanparvarlik, bilim, ma'naviyat.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

#kun_fotosi #mustaqillik #bayram


Что укрепляет независимость? Прежде всего патриотизм, знания, духовность.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев

#фото_дня #независимость #праздник

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SAMARQANDDA POMIDORNING YANGI, SERHOSIL, MAHALLIY NAVI YETISHTIRILMOQDA

🍅Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot institutining Samarqand ilmiy-tajriba stansiyasi olimlari tomonidan pomidorning mahalliy “Mustaqillik- 28” yangi navi yaratildi. Tomchilatib sug'orish yo'li bilan yetishtirilgan ushbu nav tashishga chidamliligi, eksportbopligi va hosildorligi bilan ajralib turadi.

Olimlar yaratgan yangi navning shirinlilik darajasi 7 foizga teng va bu ko‘rsatkich yurtimizda yetishtirilayotgan eng shirin pomidorlar ichida rekord ko‘rchatkich hisoblanadi.
*****
В САМАРКАНДЕ НОВЫЙ МЕСТНЫЙ СОРТ ТОМАТОВ ПОЗВОЛЯЕТ СОБИРАТЬ 200 ТОНН С ГЕКТАРА

🍅Учёные Самаркандской научно-опытной станции Научно-исследовательского института овощебахчевых культур и картофеля при Министерстве сельского хозяйства создали новый местный сорт томатов «Мустакиллик-28». По сравнению с другими, его отличают высокая транспортабельность, экспортоориентированность и урожайность.

Аналогичные данные нового сорта, созданного учеными Самаркандского НИИ овощебахчевых культур и картофеля, оставляют 7 процентов, и этот показатель является рекордным среди самых сладких томатов, выращиваемых в нашей стране.

#pomidor #yangi_nav #Mustaqillik_28 #ilmiy_tadqiqot_instituti #томат #новый_сорт #НИИ

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM