QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.4K photos
2.52K videos
5 files
8.33K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SHAHIDLAR XOTIRASI YOD ETILDI

Shahidlar
xotirasi xiyobonida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimi bo‘ldi. Marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Har safar bu yerga kelib, xalqimiz ozodligi yo‘lida qurbon bo‘lgan jasur bobolarimizni eslab, ko‘nglimiz taskin topadi. Ularni xotirlash, ezgu ishlarini davom ettirish biz uchun ham qarz, ham farz. Qatag‘on qilingan yetakchilarimizning taqdiri barchamizni mustaqilligimizni qadrlashga, uni asrab-avaylashga undaydi. Mana shunday mustaqillikda, tinchlikda yashashning o‘zi Alloh taoloning katta marhamati, ne'mati. Buning uchun shukronalik bilan, uning qadriga yetish kerak, — dedi Prezident.

Jadid bobolarimiz
hayotini o‘rganish, nohaq qatag‘onga uchragan insonlar xotirasini abadiylashtirish bo‘yicha xayrli ishlar qilinayotgani ta'kidlandi. Shuningdek, mutasaddilarga jadidlar tarixini o‘rganayotgan tadqiqotchilarga maqsadli grantlar ajratish, ular haqida hujjatli va badiiy filmlar olish, matbuot va internet nashrlarda materiallar chop etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

#shahidlarxotirasi #jadidlar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘TGANLAR YODI – ABADIY

Xalqimizda ajdodlar ruhiga hurmat bajo keltirish, istiqlol yo‘lidagi qurbonlarni yod etish sharaflanadi. Chunonchi, keyingi yillarda jadid bobolarimizning ruhlarini shod etish, hayoti va merosini o‘rganishga qaratilgan ishlar yanada jo‘shqin tus oldi.

Qolaversa, 2001-yildan buyon 31-avgust sanasini "Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni" sifatida nishonlab kelinmoqda.

Bu kun barchamiz millatimizning buyuk o‘g‘lonlari, xalq ozodligi uchun jonini fido qilgan ajdodlarimizni yod etamiz. Ularning hayoti, ilmiy-adabiy faoliyatini o‘rganib, o‘zimiz uchun xulosa chiqaramiz, kelajak hayotimiz uchun maʼnaviy ozuqa olamiz.

Azizlar, xalqimiz uchun aziz bo‘lgan ushbu kunda barcha o‘tganlarning ruhi shod bo‘lishini tilaymiz, ular orzu qilgan dorilomon kunlarda yashayotganimiz uchun Yaratganga shukronalar keltiramiz. Yurtboshimiz rahnamoligida xalqimiz yanada jipslashib, yurtimiz kelajagini hamjihatlikda qurishda Alloh yor bo‘lsin.

#ajdodlarmerosi #qatagonqurbonlari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ПОМНИТЬ И ЧТИТЬ — НАШ ВЕЧНЫЙ ДОЛГ

Когда, как не накануне долгожданного торжества независимости не вспомнить всех тех, кто положил жизни на алтарь будущего своей страны.

Для всех нас большая честь, отдать дань уважения душам предков нашего народа, вспомнить тех ,кто пал жертвой репрессий в борьбе за независимость своей Родины..Немаловажно, что в последние годы активизировалась деятельность, направленная на изучение жизни и наследия джадидов.

Как известно,с 2001 года 31 августа отмечается как День памяти жертв репрессий. В этот день мы все вспоминаем великих сынов нашего народа, наших предков, отдавших свою жизнь за свободу народа, страны. Изучая их жизнь, научную и литературную деятельность, мы делаем для себя выводы, получаем духовную пищу для дальнейшей жизнедеятельности.

Дорогие соотечественники, в этот дорогой для нашего народа день мы ещё раз отдаем должное памяти всех ушедших, благодарим Всевышнего за то, что мы живем в те благословенные дни, о которых они мечтали. Сплотиться вокруг руководителя нашей страны и внести свой посильный вклад в строительство Нового Узбекистана - вот ключевые задачи, стоящие перед всеми нами на современном этапе развития государственности.

#наследиепредков #жертвырепрессий

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA STRATEGIK BOSHQARUVNI MUVOFIQLASHTIRISH QO‘MITASI YIG‘ILISHI

🔰Qishloq
xo‘jaligi vazirligida Vazir Aziz Voitov boshchiligida strategik boshqaruvni muvofiqlashtirish qo‘mitasining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda vazirlik va uning tizim tashkilotlari tomonidan sohani rivojlantirishdagi islohotlar doirasida istiqbolli loyiha tashabbuslarini tanlab olish, ularni amalga oshirish hamda Reestrga kiritilgan loyihalarni realizatsiya qilish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish masalalari muhokama etildi.

#strategikboshqaruv #yigilish

ЗАСЕДАНИЕ КООРДИНАЦИОННОГО КОМИТЕТА СТРАТЕГИЧЕСКОГО УПРАВЛЕНИЯ В МИНИСТЕРСТВЕ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

🔰Под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова состоялась очередное заседание координационного комитета стратегического управления.

В ходе которого были обсуждены вопросы отбора министерством и его структурными подразделениями перспективных проектных инициатив, их претворения в жизнь, а также поддержки и координации процессов реализации проектов, включенных в реестр, в рамках реформ и комплексного развития сферы.

#стратегическоеуправление #заседание

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillikning mustahkam zamini nima o‘zi? Avvalo, vatanparvarlik, bilim, ma'naviyat.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev

#kun_fotosi #mustaqillik #bayram


Что укрепляет независимость? Прежде всего патриотизм, знания, духовность.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев

#фото_дня #независимость #праздник

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISTIQLOL BAYRAMI – BARCHAMIZNING BAYRAMIMIZ, MUSTAQIL O‘ZBEKISTON – BARCHAMIZNING FAXRIMIZ, IFTIXORIMIZ!

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, xalqimizni tabrikladi.

ПРАЗДНИК НЕЗАВИСИМОСТИ – НАШ ОБЩИЙ ПРАЗДНИК, А НЕЗАВИСИМЫЙ УЗБЕКИСТАН – НАША ОБЩАЯ ГОРДОСТЬ И ЧЕСТЬ!

В парке "Янги Узбекистон" состоялись торжества, посвященные 32-й годовщине государственной независимости Республики Узбекистан. В них принял участие и поздравил наш народ Президент Шавкат Мирзиёев.

#Prezident_tabrigi #bayram #Mustaqillikkuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AZIZ HAMKASBLAR, QADRLI YURTDOSHLAR!
 
Avvalo, bugungi quvonchli ayyomda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotgan barcha fidoyi insonlarni Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
 
Ayni kunlarda bir haqiqatni katta g‘urur va iftixor bilan aytish joizki, mard va matonatli mirishkorlarimiz tabiat injiqliklari, iqlim o‘zgarishlarining oqibatlariga qaramay, yerga mehr, mustahkam iroda va yuksak tadbirkorlik salohiyatini namoyon etib, yuqori natijalarni ko‘rsatmoqdalar.
 
Istiqlolning o‘tgan yillari davomida erishilgan yutuqlar va qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlarni sarhisob etadigan bo‘lsak, respublikamiz hayotining barcha jabhalari singari agrar sohada ham mislsiz o‘zgarishlarga guvoh bo‘lmoqdamiz.
 
Yangilanayotgan O‘zbekistonning tamomila yangicha qiyofa kasb etayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, oziq-ovqat taʼminoti sohasi jadal surʼatlarda rivojlanishda davom etmoqda.
 
Siz, azizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining o‘ttiz ikki yillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbdan samimiy tabriklayman!
 
Fursatdan foydalanib, barchangizga sihat-salomatlik, yangi-yangi yutuqlar, oilaviy xotirjamlik tilayman!
 
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin!
 
Aziz Voitov, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri

#Vazir_tabrigi #bayram #Mustaqillikkuni

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM