QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#uzumchilik #tanlov

2023-YILDA UZUMCHILIK BO‘YICHA RESPUBLIKA KO‘RIK-TANLOVI O‘TKAZILADI

🍇Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 557-sonli “Uzum yetishtiruvchilar va vino mahsulotini ishlab chiqaruvchilar respublika ko‘rik-tanlovini o‘tkazish tartibi to‘gʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori qabul qilindi.

2023-yilda uzumchilik bo‘yicha respublika ko‘rik-tanlovi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:
• “Eng yaxshi uzum navi”
• “Eng yaxshi mahalliy uzum navi
• “Eng yaxshi vino mahsuloti”.

Tanlov va shartlar haqida batafsil ma’lumotlar bu yerda

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #tanlov

AGROBIZNESNI RIVOJLANTIRISH LOYIHASI
EKSTENSHN XIZMATI AGENTLARI UCHUN TANLOV

🇺🇸AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasi doirasida tanlov eʼlon qiladi.

Ariza beruvchilar:
🔹O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan, rasmiy tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari;
🔹O‘zbekiston hukumati vakolatli muassasalari tomonidan tan olingan va ijobiy mavqega ega;
🔹tegishli fuqarolik va fiskal qoidalarga rioya qilgan xususiy sektor korxonalari bo‘lishi shart.

📆Arizalar 2022-yil 21-noyabr kuni soat 17:00 dan (GMT+5) kechiktirmasdan taqdim qilinishi kerak.

❗️Ko‘rsatilgan muddatdan kechroq yoki yakunlanmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #tanlov

AGROBIZNESDA XUSUSIY EKSTENSHN XIZMATLARI KO‘RSATISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH DASTURI BO‘YICHA

OVOZLI AXBOROT SESSIYASI
❗️

🇺🇸Avvalroq, #AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida bilim tarqatish va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonalarning salohiyatini oshirish maqsadida Xususiy ekstenshn xizmatlarini qo‘llab-quvvatlash dasturi uchun tanlov eʼlon qilgan edi.

📈Ushbu dastur mamlakatda agrobiznesning o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun har bir g‘olibni umumiy qiymati 200 million so‘mgacha bo‘lgan trening va jihozlar bilan taʼminlaydi. Qishloq xo‘jaligi sohasida ekstenshn xizmatlari fermerlar hamda agrobiznes o‘rtasida zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalari va ilg‘or tajribalarni almashish hamda targ‘ib qilishda muhim ahamiyatga ega.

📆Bugun, 2-noyabr kuni soat 17:00 dan 18:00 gacha virtual arizaoldi axborot sessiyalari o‘tkaziladi. Ushbu axborot sessiyalari murojaatchilarga arizalarni to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar va ular bilan bog‘liq barcha savollarga javob olish imkoniyatini beradi.

🗣Ovozli chatga ulanish
📝Ariza shaklini yuklab olish
🆔Loyihaning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi
Telegram kanal

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #tanlov #agrobiznes

DIQQAT
TANLOV 🌿☘️🌱🎋🛂

🍀 USAIDning Agrobiznesni rivojlantirish loyihasi doirasida:

O‘g‘it ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan 4 mlrd. so‘m

❗️AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi #USAID O‘zbekistonda o‘g‘it ishlab chiqarish sotuv hajmini ko‘paytirish maqsadida “O‘g‘itlarni ishlab chiqarish va ulardan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi ishga tushirilganini eʼlon qiladi.

📌Agrobiznesni qo‘llab-quvvatlash hamda oziq-ovqat mahsulotlari narxining barqarorligini taʼminlashga yordam berishga qaratilgan mazkur dastur doirasida tanlab olingan O‘zbekistonning bir qator xususiy o‘g‘it ishlab chiqaruvchilari to‘rt milliard so‘mgacha bo‘lgan yangi uskunalar xarid qilishlari va/yoki malakasini oshirish uchun individual treningda ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.

📃Dasturda ishtirok etish uchun ariza hujjatlarning namunalari ilovada keltirilgan.

⚠️ Arizalar 2022-yil 1-dekabr kuni soat 17:00 gacha kechiktirmasdan taqdim qilinishi kerak.

📆Loyiha doirasida Agrobiznesni rivojlantirish jamg‘armasi axborot kanali

🇷🇺2022-yil 9-noyabr kuni soat 17:00-18:00 gacha (rus tilida)

🇺🇿2022-yil 10-noyabr kuni soat 17:00-18:00 gacha (o‘zbek tilida) ariza oldi virtual axborot sessiyalari o‘tkaziladi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#USAID #Tanlov #Uzbekistan

USAIDNING O‘G‘ITLARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA TANLOVI

📌AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) tuproq va barg tahlili xizmatlarini joriy etish va takomillashtirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov boshlamoqda. Tanlovga O‘zbekiston xususiy korxonalaridan konseptual arizalar qabul qilinadi. Finalchilarga 2 mlrd so‘mgacha bo‘lgan asbob-uskunalar va/yoki individual treninglar taqdim etiladi.

👉Batafsil
*****
#USAID #Конкурс #Узбекистан

КОНКУРС ОТ USAID ПО ОПТИМИЗАЦИИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ УДОБРЕНИЙ

📌Агентство США по международному развитию (USAID) объявляет конкурс, направленный на поддержку внедрения и усовершенствования услуг анализа почвы и листьев. На конкурс будут приняты концептуальные заявки от частных предприятий Узбекистана. Финалисты получат оборудование и/или индивидуальное обучение на сумму до 2 млрд сумов.

👉Подробнее

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#elon #usaid #tanlov

5️⃣5️⃣5️⃣
USAID O‘G‘IT QO‘LLASH AMALIYOTINI
TAKOMILLASHTIRISH BO‘YICHA
TANLOV EʼLON QILADI

📢AQSH Xalqaro taraqqiyot Agentligi (USAID) O‘zbekistondagi xususiy sektor kompaniyalari va jismoniy shaxslardan fermerlarni o‘g‘itlardan foydalanishning ilg‘or tajribalarini o‘qitish bo‘yicha tanlov eʼlon qildi.

💰Arizachilar tuproq tahlili, meva-sabzavotchilik va yem-xashak ekinlari uchun o‘g‘itlarni to‘g‘ri tanlash hamda ulardan foydalanish bo‘yicha 5000 nafargacha fermerlarni o‘qitish uchun moliyalashtirish so‘rashlari mumkin.

👤Mazkur yangi tanlov USAIDning O‘g‘it ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash va ulardan samarali foydalanish jamg‘armasi doirasida tashkil etildi.

📆Arizalarni topshirishning oxirgi muddati – 2023-yil 16-yanvar. Tanlov shartlari va arizalar namunasini bu yerdan yuklab olish mumkin.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tanlov #elon #loyiha

5️⃣5️⃣5️⃣

💡INNOVATSION G‘OYALAR TANLOVI EʼLON QILINADI

🌐Tanlov Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilayotgan, BMT Taraqqiyot dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamkorligida “EU-AGRIN” loyihasi doirasida o‘tkaziladi.

💰G‘olib bo‘lgan har bir loyiha 450 000 000 so‘mgacha moliyalashtiriladi.

👥Loyihalar Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarida amalga oshiriladi.

📷Loyihalar g‘oyasi qishloq xo‘jaligini barqaror rivojlantirish yo‘lida suvni tejash, tuproqni saqlash, undan unumli foydalanish, iqlim o‘zgarishiga moslashish va salbiy taʼsirlarni yumshatish mavzulari bilan bog‘liq bo‘lishi kerak.

👉Tanlov shartlari haqida batafsil maʼlumot

📆Arizalar 2023-yilning 9-yanvar sanasiga qadar 4agroinnovation@gmail.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi.

‼️Muddatidan kechikkan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Е-AUKSION” ELEKTRON TANLOVI: DEHQONCHILIK VA DAROMAD UCHUN QULAY IMKONIYAT

👥Tanlovda kimlarga ustuvorliklar bor?

📐Qanday yer maydonlari ajratiladi?

📝Tanlovda ishtirokchi qanday imtiyozlarga ega bo‘ladi?

👉Ushbu savollarga javoblarni maqolamizdan topasiz.

📺To'liq video

#Е_auksion #tanlov #dehqonchilik #daromad #imtiyoz
*****
ЭЛЕКТРОННЫЙ КОНКУРС «Е-AUKSION»: ХОРОШАЯ ВОЗМОЖНОСТЬ ДЛЯ ЗАРАБОТКА В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ

👥Кто имеет право принять участие в конкурсе?

📐Какие земельные участки будут выделены?

📝Какие преимущества получит участник конкурса?

👉Ответы на эти вопросы вы найдете в нашем материале.

📺Полное видео

#Е_auksion #конкурс

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5️⃣5️⃣5️⃣
Qishloq xo‘jaligi ekinlari maydonlarida urug‘liklar yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida 15-yanvardan 5-fevralgacha tender-tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Urug‘chilikka ixtisoslashtirilgan hududlarda paxta urug‘chiligiga 100 ming gektar, boshqa ekinlar urug‘chiligiga 13,4 ming gektar maydonlarda urug‘liklar yetishtirish huquqiga ega bo‘lish maqsadida, qishloq xo‘jaligi korxonalari o‘rtasida tender-tanlov jarayonlari davom etmoqda.

Bu borada, respublikamiz bo‘yicha 200 ming gektar (100 ming gektar paxta, 86,6 ming gektar g‘alla, 13,4 ming gektar boshqa ekinlar) maydonlar urug‘chilikka ixtisoslashtirilib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining tegishli qarorlari qabul qilingan.

Sizdan, tanlovda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz!

#tanlov #elon #tender
*****
5️⃣5️⃣5️⃣
С 15 января по 5 февраля 2023 года проводятся тендеры между сельхозпредприятиями на право выращивания семян сельскохозяйственных культур.

В регионах, специализирующихся на семеноводстве, продолжаются тендерно-конкурсные процессы между сельхозпредприятиями с целью получения права на выращивание семян на площади 100 тыс. га для семеноводства хлопчатника и 13,4 тыс. га для семеноводства других культур.

В нашей республике 200 тыс. га (100 тыс. га хлопка, 86,6 тыс. га зерна, 13,4 тыс. га других культур) площадей специализируются на семеноводстве на основании соответствующих постановлений Совета Министров Республики Каракалпакстан и хокимиятов областей.

Просим Вас принять активное участие в конкурсе!

#конкурс #объявление #тендер

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI STIPENDIYASI TANLOVIGA START BERILDI

👨‍🎓O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi stipendiyasining joriy etilishi bo‘yicha talabalar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tanlovning yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent davlat agrar universitetining 6 538 nafar nomzodi orasidan 12 nafari, Xalqaro Qishloq xo‘jaligi universitetining 156 nafar nomzodidan 3 nafari tanlovning yakuniy bosqichida o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etishdi.

👉Batafsil

#stipendiya #yoshlar #tanlov #talaba

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ISTIQBOL UMIDLARI TANLOVI BOʻLIB OʻTDI

Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimidagi hududiy boshqarma va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi tashkil etilmoqda. Mazkur tanlovda Qishloq xoʻjaligi vazirligi tizimidagi tashkilotlar, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda vazirlikning hududiy boʻlinmalarida faoliyat yuritayotgan 35 yoshdan oshmagan yosh xodimlar va davlat xizmatchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etadi. Kuni kecha esa “Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichiga start berildi.

Tanlovda 7 ta jamoa: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Agroleaders”, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Sahro umidlari”, Toshkent davlat agar universitetining “Agrar yoshlari”, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrointellekt”, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining “Liderlar”, Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutining “Taraqqiyot” va Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining “Kelajak liderlari” jamoalari ishtirok etishdi.

Qiziqarli va bahs-munozaralarga boy oʻtgan musobaqada Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Agroleaders” jamoasi 3-oʻrinni, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining “Sahro umidlari” jamoasi 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining “Agrointellekt” jamoasi esa faxrli birinchi oʻrinni qoʻlga kiritib keyingi bosqichga yo’llanma oldi.
Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan boʻlsa, faol qatnashgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

#istiqlol_umidlari #tanlov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi

🔸 Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi, ilm-fan yutuqlarini, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.  

📝 Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi tashkil etilmoqda.

Toshkent davlat agrar universitetida ushbu tanlovning dastlabki bosqichiga start berildi.

🔰
Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, ishtirokchilarni 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.

Jamoalar 3 ta shart “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.

Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo’lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.

#istiqlol_umidlari #qishloq_xojaligi #yosh_kadrlar #tanlov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGI XODIMLARI TANLOV G‘OLIBLARI SAFIDA

🇦🇪 Birlashgan Arab Amirliklari Vitse prezidenti, Bosh vazir Shayx Muxammad bin Rashid Al-Maktum tashabbusiga asosan Davlat tashkilotlarining faoliyat samaradorligini baholash dasturi "Quality Awards" amalga oshirilmoqda. O‘tgan yilning noyabr oyida dastur rahbari BAAning Hukumat ishlari bo'yicha vaziri Muxammad bin Abdulla al-Gergavi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat tashkilotlari faoliyati samaradorligini baholash dasturi boshlanganligi yuzasidan tantanali tadbir tashkil etilgan edi.

O‘tgan davr mobaynida "Quality Awards" dasturida Respublikada faoliyat yuritayotgan davlat tashkilotlari faoliyati samaradorligi 9 bosqichga asosan baholanib borildi.

🥇 BAA bilan amalga oshirilayotgan "O'zbekistonning davlat organlari faoliyat samaradorligini baholash" dasturida Qishloq xo'jaligi vazirligi 1-yo‘nalish "Namunali vazirlik nominatsiya"ning Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish yo'nalishi bo'yicha faxrli 2-o'rinni, "Eng yaxshi loyiha" yo'nalishida 1-o‘rinni (Qishloq xo‘jaligi xoldinglarni tashkil etishni qo‘llab quvvatlash orqali bandlilikni va daromadlilikni oshirish loyihasi) egallashdi.

Bundan tashqari 2-yo‘nalish — "Individual nominatsiyalar" yo'nalishida namunali boshqaruv xodimi nominatsiyasi bo'yicha 1-o'rinni ( Abduzuxurov Jamshid), Xizmatlar ko‘rsatish yo'nalishida namunali xodim nominatsiyasida 3-o‘rinni (Xakimov Shaxboz )lar egallashdi. Hamkasblarimizni ushbu yutuqlari bilan tabriklaymiz va kelgusi ish faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

#tanlov

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM