QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

https://t.me/shmirziyoyev/18161?single
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥На телеканале «O‘zbekiston 24» вышел в эфир специальный репортаж о задачах, определенных Постановлением Президента Республики Узбекистан «О мерах по дальнейшему развитию сферы виноградарства и виноделия в 2023-2026 годы».

Было отмечено, что в период, когда наука и инновации движутся вместе, особое внимание уделяется таким вопросам, как развитие виноградарства на научной основе, защита урожая винограда от различных болезней, районирование сортов и переработка урожая. Также представлены мнения и рекомендации специалистов по устранению проблем в отрасли и дальнейшему развитию виноградарства.

#репост #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Ufqqa sari intil, marraga yetganingda sen uchun yangi ufqlar ochiladi.

#kun_fotosi #ufq
*****
Иди вперед до самого горизонта
дойдешь – откроется новый.

#фото_дня #горизонт

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirish orqali narx-navo barqarorligini taʼminlash hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan kafolatli taʼminlash masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

Suv resurslari yildan yilga kamayib borayotgani oqibatida oziq-ovqat tanqisligi ko‘plab davlatlarda kun tartibidagi eng asosiy masalalardan biriga aylanmoqda.

Bunday sharoitda mamlakatimizda paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirish hisobiga aholiga dehqonchilik qilishi uchun 200 ming gektar yer maydonlari ajratildi. Natijada:

- 700 ming nafar aholi doimiy, yana 1,3 million nafari mavsumiy ish bilan taʼminlandi;

- 605 ming nafar (90 foiz) dehqonlarning daromadlari ko‘paydi;

- kartoshka bilan o‘zini o‘zi taʼminlaydigan tumanlar 112 taga, piyoz bilan – 144 taga va sabzi bilan – 146 taga yetkazildi.

Shu bilan birga, bugungi kunda 94 ta tuman va shahar o‘zini aholisini kartoshkaga bo‘lgan talabini taʼminlay olmaydi, 62 tasi piyoz, 60 tasi sabzi, 84 tasi go‘sht, 139 tasi parranda go‘shti va tuxumni boshqa hududlardan olib keladi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3277
Yig‘ilishda Prezident takroriy ekinlar ekilishi holatiga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, respublika bo‘yicha bor-yo‘g‘i 44 ming gektarga kartoshka takroriy ekin sifatida ekilgani qayd etildi.

Yig‘ilishda bundan buyon tuman hokimlari hududida inflyatsiyani jilovlashga shaxsan javob berishi taʼkidlandi.

Shuningdek, Davlat rahbari tomonidan dala chetlaridan samarali foydalanish muhimligini ko‘rsatib o‘tildi. Joriy yildan boshlab 70 mingdan ziyod fermerlarning 60 ming gektar bo‘sh dala chetlarida uzum, qovoq, qovun, tarvuz va sabzavot ekib, qo‘shimcha 220 ming tonna mahsulot yetishtirish, 600 ming bosh parranda va 300 ming dona asalari oilasini boqish bo‘yicha katta dastur qabul qilingan. Lekin ayrim viloyat, tuman hokimlari bunga eʼtiborsiz qarayotgani qayd etildi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga har bir hududga mos urug‘ va ko‘chat navlarini tanlab, fermerlarga yetkazish tizimini yaratish; dehqonlarni dala chetlaridan samarali foydalanish, mineral o‘g‘it va kimyoviy preparatlarni ishlatish ko‘nikmalariga o‘qitish; har bir tumanga 4 nafargacha, jami 672 nafar mavsumiy agronomlarni biriktirib, oylik ish haqi bilan taʼminlash topshirildi.

https://t.me/Press_Secretary_Uz/3278
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGI AGRAR SOHA VAKILLARI EʼTIBORIDA

🔰Joriy yilning 10-11-avgust kunlari
Toshkent davlat agrar universitetida Buyuk Britaniyalik professor, xalqaro ekspert Richard Woody tomonidan "Oziq ovqat mahsulotlari xavfsizligi" mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari, doktorant hamda magistrlari, soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

Maʼlumki, butun dunyoda, jumladan respublikamizda ham Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash eng muhim va dolzarb masala hisoblanadi. Bizda “Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash” deganda “daladan dasturxongacha” tamoyili tushuniladi. Aslida, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini taʼminlash bu o‘sha mahsulotni yerini, o‘g‘itlarini tayyorlashdan tortib, toki isteʼmolchi tanovvul qilib, uning salomatligiga ziyon yetmaganiga ishonch hosil qilingungacha jarayonni o‘z ichiga olishi lozim.

#seminar_trening #oziq_ovqat #Yevropa_Ittifoqi #xalqaro_ekspert #TDAU

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida mamlakatimizning agrar tarmog‘ida ekologik toza mahsulot yetishtirishda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi tomonidan zarur choralar ko‘rilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda “Dolzarb 15 kunlik” doirasida Toshkent viloyatining Piskent tumanida o‘tkazilgan seminarda g‘o‘za zararkunandalariga qarshi kurashda hududlardagi biolaboratoriya imkoniyatlaridan yuqori darajada foydalanish, biomahsulotlarni keng qo‘llash borasida so‘z yuritilgan.

Shuningdek, sabzavot, poliz ekinlari maydonlarining holatini nazorat qilish, kasalliklar, begona o‘tlar, hasharotlarga qarshi kurashda samarali usullarni qo‘llash zarurligi qayd etilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24

WebsiteTelegramFacebookYouTubeInstagram
GERMANIYALIK TALABALAR TUPROQSHUNOSLIK BO‘YICHA SEMINARDA QATNASHDI

👥Bugungi kunda mamlakatimizda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari tomonidan ko‘plab xorijiy oliy ta‘lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik shartnomalari, memorandumlar imzolashga erishilmoqda.

Mana shunday o‘zi tanlagan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishni maqsad qilgan bir guruh germaniyalik yoshlar Toshkent shahridagi Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universitetiga tashrif buyurishdi. Ushbu ilm dargohida germaniyalik talabalar uchun agrar sohaga oid o‘quv seminari tashkil etildi. 

Mazkur seminar Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti olim va yuqori malakali mutaxassislari tomonidan olib borildi. Unda zamonaviy laboratoriyalarda tuproq tahlilini o‘tkazish, yerlarning degradatsiyasiga qarshi kurashish, uning unumdorligini oshirish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha bilim va tushuntirishlar berildi.

#seminar #tuproqshunoslik #yerlar_degradatsiyasi #laboratoriya

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"LATTICO"– ZAMONAVIY TEXNOLOGIYADAN 47 TURDAGI SOF MAHSULOTGACHA

Ushbu haftada Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida “Buxoro Agroklaster” tizimidagi bir qator korxonalar faoliyati bilan tanishgan edi.

🥛Ushbu klaster qoshidagi “Buxoro Agroklaster DZZ” korxonasida sutni qayta ishlash va qadoqlash yo‘lga qo‘yilgan. 2021-yilda ish boshlagan korxona 6,2 million dollar investitsiya evaziga Italiya va Rossiyadan keltirilgan uskunalar bilan jihozlangan. 150 nafar xodim faoliyat yuritayotgan korxonada yiliga 22 ming tonna sut qayta ishlanmoqda. Ayni paytda korxonada kefir, sut, pishloq, yogurt, qaymoq, smetana kabi qirq yetti turdagi sut mahsulotlari tayyorlanmoqda.

#sut_mahsulotlari #qayta_ishlash #qadoqlash #Buxoro_Agroklaster #Buxoro

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALI OʻTKAZILMOQDA

🍈Xorazm viloyati Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bugun yurtimizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar bilan gavjum. Ayni paytda bu yerda “Qovun sayli” festivali oʻtkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Mazkur festivalda ishtirok etayotgan yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar barcha viloyatlarning ko‘rgazma pavilyonlari bilan tanishib, viloyatlar milliy folklor guruhlarining chiqishlarini tomosha qilishlari hamda hududlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ta’tib ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, festival mehmonlari gastro-turizm pavilyonlari bilan tanishish, karving mahorat darslarida ishtirok etish, Make photo&Selfie” hududida suratlarga tushish, milliy liboslar ko‘rgazmalari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar, jumladan, kurash, dor o‘yini va boshqa musobaqalarni tomosha qilishlari ham mumkin.

Birozdan so‘ng “Polvon” darvoza oldi, “Alleya” maydoni markazida “Qovun sayli” festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM