✅So‘rovda jami 684 kishi qatnashdi. Ulardan 168 kishi to‘g‘ri javob berdi – tarmoqning ulushi YaIMning to‘rtdan birini tashkil qilgan.
#sorov #qishloq_xojaligi #YIM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“CROPAGRO” TIZIMIDAN FOYDALANISH KO‘NIKMALARI RIVOJLANTIRILMOQDA
👥 Joriy haftada Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish masalalariga doir seminar-treninglar davom etmoqda.
Tizim ekinlarni yer konturlari kesimida rejalashtirish, bunda yerning tuproq tavsifi, suv bilan ta'minlanganligi va hududning ixtisoslashuvlarini hisobga olish, tegishli axborot tizimlariga mahsulot yetishtiruvchilarning manfaatli elektron ma'lumotlarni taqdim etishni kengaytirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari tuman bo‘limlari hamda "O‘zdaverloyiha" DILI hududiy bo‘linmalari uchun tashkil etilayotgan tadbirlarda vazirlik va "Agrosanoatni raqamlashtirish markazi" DM mutaxassislari axborot tizimida ishlash, yerlar va ekinlarga oid bo‘lgan ma'lumotlar va hisobotlarni shakllantirish, tizimning imkoniyatlari va afzalliklari to‘g‘risida batafsil ma'lumot berilmoqda.
Shu bilan birga, mutaxassislarga “CropAgro” axborot tizimidan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirishga ko‘maklashilmoqda.
#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Suv_xojaligi_vazirligi #Ozdaverloyiha #CropAgro_axborot_tizimi
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

AGROTARMOQ STRATEGIK RIVOJI: QISHLOQ XO‘JALIGINI REJALASHTIRISHDAGI USTUVORLIK
👥 So‘nggi yillarda faqat qishloq xo‘jaligi transformatsiyasiga qaratilgan bir necha qonuniy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgani ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar qanday ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu to‘g‘ri. Lekin soha vakillari, turli yo‘nalishlarda agrotarmoqni taqdim etayotgan mutaxassislar mana shu o‘zgarishlarga tayyormi? Haqli savol. Chunki barcha o‘zgarish va yangilanish, avvalambor, eng quyi bo‘g‘indan boshlab natija bersagina yuqoridagi savollarga javob berilgan bo‘ladi.
Shu va boshqa muhim masalalar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Yevropa Ittifoqining agroyo‘nalishdagi yetuk eksperti Adrian Nil hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida muhokama markazidan o‘rin oldi. O‘zbekiston mintaqada agrosalohiyati yetuk mamlakat. Buni ko‘z-ko‘z qilib emas, soha ertasi, yurt rivoji, aholi ma’murligi uchun foydalanish manbasiga aylantirish lozim. Organik qishloq xo‘jaligi, dunyoga O‘zbekiston mahsuloti brendi targ‘ibotini tarqatish va eng asosiysi, 2030-yilga qadar sohani strategik rivojlantirish masalalari ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi.
#davra_suhbati #vazir #aqlli_qishloq_xojaligi #transformatsiya #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Shu va boshqa muhim masalalar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Yevropa Ittifoqining agroyo‘nalishdagi yetuk eksperti Adrian Nil hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida muhokama markazidan o‘rin oldi. O‘zbekiston mintaqada agrosalohiyati yetuk mamlakat. Buni ko‘z-ko‘z qilib emas, soha ertasi, yurt rivoji, aholi ma’murligi uchun foydalanish manbasiga aylantirish lozim. Organik qishloq xo‘jaligi, dunyoga O‘zbekiston mahsuloti brendi targ‘ibotini tarqatish va eng asosiysi, 2030-yilga qadar sohani strategik rivojlantirish masalalari ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi.
#davra_suhbati #vazir #aqlli_qishloq_xojaligi #transformatsiya #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
CHORVACHILIK — DAROMAD MANBAI
2019-yil 19-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
🐄 Namangan viloyati Pop tumanida chorvachilikka ixtisoslashgan “Cafe restaurant zeytun” MCHJ ham Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida 1 mln 987 ming AQSH dollari miqdorida kredit mablag’i olgan. Ushbu mablag’lar evaziga Fransiyadan monbelyar zotli qoramollar olib kelingan. Umumiy qiymati 35 milliard so’m bo’lgan chorvachilik kompleksida kunlik sut sog’ib olish hajmi 3 tonnani tashkil etadi. Har bir qoramol o’rtacha hisobda 24-26 litrgacha sut bermoqda.
*****
ЖИВОТНОВОДСТВО — ИСТОЧНИК СТАБИЛЬНОГО ДОХОДА
19 июля 2019 года было принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития».
🐄 ООО “Cafe restaurant zeytun” специализирующееся на развитии животноводства в Папском районе Наманганской области, получило кредит в размере 1 млн 987 тыс. долларов США в рамках проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития. За счёт этих средств из Франции был привезен племенной крупный рогатый скот породы монбелье. Объем надоев молока в животноводческом комплексе стоимостью 35 миллиардов сумов составляют 3 тонны в сутки. Каждая корова дает в среднем 24-26 литров молока.
#qishloq_xojaligi #chorvachilik #qoramol #sut #Namangan #сельское_хозяйство #животноводство #молоко #Наманган
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
2019-yil 19-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
*****
ЖИВОТНОВОДСТВО — ИСТОЧНИК СТАБИЛЬНОГО ДОХОДА
19 июля 2019 года было принято Постановление Президента Республики Узбекистан «О мерах по реализации проекта «Развитие сельского предпринимательства в Ферганской долине» с участием Международного банка реконструкции и развития».
#qishloq_xojaligi #chorvachilik #qoramol #sut #Namangan #сельское_хозяйство #животноводство #молоко #Наманган
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sorov #qishloq_xojaligi #statistika
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI
👥 Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
👥 Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.
В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.
Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.
#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА
В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.
Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.
#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADA “O‘ZBEKKOSMOS” AGENTLIGI BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI
🤝 Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori Shuxrat Kadirov boshchiligidagi agentlik vakillari bilan uchrashdi.
Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.
#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Yig‘ilishda “O‘zbekkosmos” agentligi tomonidan suv resurslarini boshqarishni raqamlashtirish borasidagi tajriba, katta hajmdagi maydonlarga ilg‘or texnologiyalar yordamida ishlov berish bo‘yicha platformani joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.
Bunda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan suv manbasidan ekin joylashgan konturgacha bo‘lgan sug‘orish ishlarini monitoring qilish, ekinlarning suvga bo‘lgan ehtiyojini va sug‘orish samaradorligini baholash bo‘yicha loyihaning joriy holati ko‘rib chiqildi.
#uchrashuv #hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Ozbekkosmos #geoaxborot_texnologiyalari #raqamlashtirish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ENG KO‘P DAROMAD KELTIRADIGAN QISHLOQ XO‘JALIGI EKINLARI (1000 KV. M.DAN AQSH DOLLARIDA):
🟢 pomidor — 1, 415 mln AQSH dollari
🟢 uzum — 625 ming AQSH dollari
🟢 kartoshka — 365 ming AQSH dollari
🟢 boshqa sabzavotlar — 305 ming AQSH dollari
🟢 tamaki — 277 ming AQSH dollari
🟢 qand lavlagisi — 270 ming AQSH dollari
🟢 choy — 178 ming AQSH dollari
🟢 maniok — 153 ming AQSH dollari
🟢 palma daraxti — 145 ming AQSH dollari
🟢 guruch — 140 ming AQSh dollari
🟢 qahva — 107 ming AQSh dollari
🟢 mais — 79 ming AQSH dollari
🟢 soya — 72 ming AQSH dollari
🟢 raps — 60 ming AQSH dollari
🟢 bug‘doy — 56 ming AQSH dollari
🟢 arpa — 36 ming AQSH dollari
🟢 dukkaklilar — 30 ming AQSH dollari
Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #daromad #qishloq_xojaligi
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Bilarmidingiz? Qishloq xo‘jaligiga oid barcha voqealardan xabardor bo‘lish uchun postlarimizni kuzatib boring.
#bu_qiziq #daromad #qishloq_xojaligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AQUACROP MODELINING YANGI TALQINI
💻 AquaCrop modelining 7.1 – eng oxirgi talqinini ushbu havola orqali yuklab olish mumkin bo‘ldi.
AquaCrop – bu qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish tizimining unumdorligi modeli bo‘lib, atrof-muhit sharoitlari va sug‘orish uslublarining ekinlar hosildorligiga ta'sirini baholash imkonini beradi. Model FAOning Yer va suv resurslari bo‘limi tomonidan, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash maqsadida ishlab chiqilgan. AquaCrop ekinlarning hosildorligini suv iste'moliga qarab prognozlaydi, bu qurg‘oqchilik xatari mavjud mintaqalarda ayniqsa dolzarbdir.
Dastur o‘simliklar o‘sishi jarayonining kompyuterdagi imitatsiyasini yaratadi, bunda tuproq-iqlim omillarini hisobga oladi va qishloq xo‘jaligi ekinlaridan maksimal hosil olish uchun kerakli suv miqdorini hisoblab chiqish imkonini beradi.
*****
НОВАЯ ИНТЕРПРЕТАЦИЯ МОДЕЛИ AQUACROP
💻 Последнюю версию модели AquaCrop 7.1 можно загрузить по ссылке.
AquaCrop — это модель производительности системы орошения сельскохозяйственных культур, которая позволяет оценить влияние окружающей среды и методов орошения на урожайность. Модель была разработана отделом земельных и водных ресурсов ФАО для обеспечения продовольственной безопасности. AquaCrop прогнозирует урожайность на основе потребления воды, что особенно актуально в регионах, подверженных засухе.
Программа создает компьютерную имитацию процесса роста растений, с учётом почвенно-климатических факторов и позволяет рассчитать количество воды, необходимое для получения максимального урожая сельскохозяйственных культур.
#AquaCrop #qishloq_xojaligi #sugorish_tizimi #FAO #сельское_хозяйство #ФАО

QISHLOQ XO‘JALIGI TEXNIKALARINI SINASH VA SERTIFIKATLASHDA JANUBIY KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI
🤝 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi hamda Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini ilgari surish agentligi (KOAT), Koreya sanoat tehnologiyalar instituti (KITECH) hamda Tong Yang Moolsan Co., LTD (TYM) kompaniyasi mutaxassislari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu uchrashuv Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish uchun Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha zamonaviy asbob uskunalarni xarid qilish, xalqaro standartlar, metrologiya va standartlashtirish sohalari talablarini o‘rganish hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida o‘tkazildi.
*****
ОПЫТ ЮЖНОЙ КОРЕИ ПО ИСПЫТАНИЮ И СЕРТИФИКАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ
🤝 Состоялась встреча специалистов Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий при Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан, Агентства по продвижению сельскохозяйственных технологий Республики Корея (КОАТ), Корейского института промышленных технологий (KITECH) и компании Tong Yang Moolsan Co LTD (TYM).
Диалог был организован с целью совершенствования материально-технической базы Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий, приобретения современного оборудования в рамках проекта, финансируемого Всемирным банком, изучения требований международных стандартов, метрологии и стандартизации, а также разработки и внедрения соответствующих нормативных документов.
#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi_texnikalari #zamonaviy_texnikalar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
Ushbu uchrashuv Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazining moddiy-texnik bazasini takomillashtirish uchun Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan loyiha bo‘yicha zamonaviy asbob uskunalarni xarid qilish, xalqaro standartlar, metrologiya va standartlashtirish sohalari talablarini o‘rganish hamda me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish maqsadida o‘tkazildi.
*****
ОПЫТ ЮЖНОЙ КОРЕИ ПО ИСПЫТАНИЮ И СЕРТИФИКАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ ТЕХНИКИ
Диалог был организован с целью совершенствования материально-технической базы Центра сертификации и испытаний сельскохозяйственной техники и технологий, приобретения современного оборудования в рамках проекта, финансируемого Всемирным банком, изучения требований международных стандартов, метрологии и стандартизации, а также разработки и внедрения соответствующих нормативных документов.
#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi_texnikalari #zamonaviy_texnikalar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰 YIRIK XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI KO‘RGAZMASIGA TAYYORGARLIK AVJIDA
Joriy yilning 24-26 oktabr kunlari “Oʻzekspomarkaz”da Xalqaro qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi.
Mazkur ko‘rgazma sokin kuz faslining eng yirik sanoat tadbiridir. Unda dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ehtiyot qismlari, asbob-uskunalar, texnologiyalar va materiallar ishlab chiqarish va sotishga ixtisoslashgan korxona va tashkilotlar, shuningdek, ozuqabop ekinlar va g‘alla yetishtirish qayta ishlash uchun innovatsion yechim taklif etuvchi korxonalar ishtirok etishadi.
✅ Ko‘rgazmada qishloq xo'jaligi texnikasi, urug‘lar va ko‘chatlar; issiqxonalarni loyihalash va qurish, issiqxonalar uchun materiallar; sug‘orish tizimi va aksessuarlar; nasos stansiyalarini jihozlash; torf va maysazor aralashmalarini ishlab chiqarish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, ozuqani saqlash va qayta ishlash kabi yo‘nalishlarda eng so‘nggi mahsulotlar namoyish etiladi.
Tadbirning rasmiy ochilish marosimi 24-oktyabr, soat 11:00 da “O‘zekspomarkaz” MKM, 3-pavilonda bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmaga tashrif buyurish uchun siz onlayn ro‘yxatdan o‘tishingiz lozim.
#xalqaro_korgazma #qishloq_xojaligi #innovatsion_yechimlar #texnika

QISHLOQ XO‘JALIGIDA DRONLAR
Uchuvchisiz uchish apparatlari dronlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi tufayli fermer xo‘jaliklarining unumdorligini oshirishi e’tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar dronlar yordamida an'anaviy usullardan ko‘ra arzonroq, tezroq va aniqroq amalga oshiriladi.
Dronlar dalalar va ekinlar holatini kuzatish samaradorligini oshiradi. Dronlar tufayli ko‘proq ma'lumot to‘plash va qayta ishlash tezroq amalga oshirilishi mumkin, bu esa hosildorlik va rentabellikni oshirishga olib keladi. Dronlardan foydalanishga o‘tish fermerlarni maxsus o‘lchash asboblari yordamida dala bo‘ylab mashaqqatli sayr qilishdan qutqaradi, shuningdek, istalgan vaqtda ekinlar holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashda yordam beradi.
Dronlarning yana bir muhim afzalligi - bu maydonlarni xaritalash va hududlarni belgilash qobiliyatidir. Agar siz aerofotosurat yordamida yer maydonlarining chegarasini aniqlasangiz, natija aniqroq bo‘ladi va kam vaqt sarflaysiz. Olingan ma'lumotlar qayta ishlanishi va batafsil elektron xaritalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin.
Dronlarning dizayni juda oddiy. Bundan tashqari, ularning parvozlari uchun maxsus ob-havo sharoitlari talab qilinmaydi. Qurilma ma'lum bir marshrut bo‘ylab aniq harakat qiladi, bu sizga ishning yuqori sifati va unumdorligini saqlashga imkon beradi. Ko‘pgina dronlar batareyada ishlaydi. Shu bois, qurilmalar chiqindi gazlar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydi.
#dron #qishloq_xojaligi #bu_qiziq

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Istiqbol umidlari” tanlovining dastlabki bosqichi o‘tkazildi
🔸 Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi, ilm-fan yutuqlarini, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
📝 Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 11-oktyabrdagi 214-sonli buyrug‘iga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi va uning tizimida faoliyat yuritayotgan yosh xodimlar oʻrtasida “Istiqbol umidlari” tanlovi tashkil etilmoqda.
Toshkent davlat agrar universitetida ushbu tanlovning dastlabki bosqichiga start berildi.
🔰 Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, ishtirokchilarni 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.
Jamoalar 3 ta shart “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo’lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
#istiqlol_umidlari #qishloq_xojaligi #yosh_kadrlar #tanlov
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔸 Mamlakatimizda agrar sohada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yosh xodimlar va davlat xizmatchilarining faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, zamonaviy dunyoqarash va erkin fikrlovchi, ilm-fan yutuqlarini, innovatsion va ilgʻor texnologiyalarni amaliyotga samarali joriy etish salohiyatiga ega yangi avlod kadrlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Toshkent davlat agrar universitetida ushbu tanlovning dastlabki bosqichiga start berildi.
🔰 Tanlovni O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Eshmirza Abdualimov kirish so'zi bilan ochib berar ekan, ishtirokchilarni 21-oktyabr — O'zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tabriklab, musobaqa qatnashchilariga omad tiladi.
Jamoalar 3 ta shart “Taraqqiyot ovozi”, “Blis” savol-javob va “Muammo va yechim” doirasida musobaqalashdi.
Musobaqaning 1-2-3-o’rin sohiblariga maxsus diplomlar topshirilgan bo’lsa, faol qatnashgan qolgan jamoalar tashakkurnomalar bilan taqdirlanishdi.
#istiqlol_umidlari #qishloq_xojaligi #yosh_kadrlar #tanlov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Soha oldidagi dolzarb masalalar muhokama etildi
🔰Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqand viloyatiga tashrifi davomida viloyatdagi 16 ta tuman fermer xo‘jaligi va klasterlari rahbarlari, viloyat karantin inspeksiyasi va Toyloq tuman hokimi qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosari va masʼul rahbarlar ishtirokida ishchi yig‘ilish o‘tkazdi.
📌Vazir o‘z navbatida, fermer xo‘jaliklarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish, agrar sohada hosildorlik va mehnat unumdorligini yana-da oshirish, paxta unumdorligi, ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, sohada ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
🖋Aytish kerak, sifatli paxta xom-ashyosini yetishtirish – mashaqqatli ish. Buni ayniqsa, yillar davomida dehqonchilik qilib kelayotgan fermerlar juda yaxshi biladi. Yerga chigit qadalgandan toki uning o‘sib chiqishidan tortib yetilguniga qadar tinimsiz mehnat, kunni tunga, tunni kunga ulash talab etiladi. Ob-havoning injiqligi, tabiatning kutilmagan hodisalari esa bu masʼuliyatini yana-da oshiradi.
✅O‘z vaqtida olib borilgan sifatli agrotexnik tadbirlar esa paxta xom-ashyosini o‘z vaqtida yetishtirish, pirovardida iqtisodiyotimiz rivojiga munosib ulush qo‘shishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa

Qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish agrotarmoqning muhim vazifalaridan biri
Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir. Meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini texnik va texnologik yangilash hamda modernizatsiya qilish, tarmoqning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun turtki bermoqda. O‘z-o‘zidan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.
Ana shunday imkoniyatlarni o‘zida jamlagan yana bir tashabbus Samarqand tumani “Gulobod” qo‘rg‘onida joylashgan «Agromir» MCHJ meva va sabzavotlarni qayta ishlash korxonasidir.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Samarqand viloyatidagi navbatdagi tashrif obyekti aynan mana shu korxona bo‘ldi. Bu manzilda zaminimiz bog‘larida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar qayta ishlanib, turli xildagi sharbatlar ko‘rinishda qadoqlanadi. Natijada 680 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.
Mahsulot ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, quvvat zamonaviy texnologik liniya bilan jihozlangan. Bu yerda nafaqat meva sharbatlari, balki barcha soklarning asosi bo‘lgan meva pyurelari ham tayyorlanadi. Xorijga ham ayni mahsulot eksportga chiqariladi. Jahonning mashhur brendlari korxonaning asosiy xaridorlaridir.
I.Abdrurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda korxona oldida turgan masalalar yechimi hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha atroflicha fikr almashdi. Mevalar tarkibini saqlanishi, ulardagi vitamin, suvlilik darajasini meʼyorida bo‘lishi uchun lozim ishlar ko‘lami belgilanishini bildirdi. Zero, bu ishlar mamlakatimiz tadbirkorlarining ishini yengillashtirib, savdo peshtaxtalariga sifatli mahsulot yetkazilishiga zamin yaratadi.
#qishloq_xojaligi #vazir #meva #qayta_ishlash

Zamin sayqalining sara mevalari qayta ishlanmoqda
🔰O‘zbekiston meva-sabzavotlarni yetishtirish va qayta ishlashda ulkan imkoniyatlarga ega. Aholi farovonligini doimo oshirib borishda xalqimiz turmush tarziga eng yaqin va tez natija beradigan yo‘nalish qishloq xo‘jaligida yuqori daromadli intensiv ishlab chiqarishni tashkil etish har qachongidan ham muhim o‘rin tutadi.
🖋Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va meva va sabzavotlarni qayta ishlashni o‘z oldiga maqsad qilgan Samarqand tumanida joylashgan “Samfruit” MChJ HK ham ana shunday korxonalardan biri.
🏫 O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Samarqanddagi navbatdagi tashrif obyekti ayni shu korxona bo‘ldi.
✅Aytish joizki, 5,7 gektarda qad rostlagan ushbu majmuada bugungi kunda bozorgir bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmoqda.
📝 “Mahsulot yetishtirish – xarid qilish – saqlash va qayta ishlash – eksport” zanjirini tashkil etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan mazkur korxonada ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Rossiya va Xitoy Xalq Respublikasidan texnologiyalar keltirilib o‘rnatilmoqda. Yillik qiymati 2 milliard so‘m bo‘lgan, 30-35 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qayta ishlash va to‘liq eksport qilish ko‘zda tutilgan. Korxona yil so‘ngiga qadar ishga tushirilishi rejalashtirilgan. Bu orqali esa, 100 ta ish o‘rni yaratiladi.
📌Vazir o‘z navbatida korxona mutasaddilarining fikr va mulohazalarini tinglab, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini quritish uchun zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnologiyalarini keng tatbiq etish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi. Suhbat asosini konstruktiv muloqot tashkil etdi. Bunda eng asosiysi hozirgi holatni buzmagan holda galdagi vazifalar va mahsulotning tannarxini tushirish yuzasidan qilinadigan ishlarning ko‘lami belgilab olindi.

Har sohada ilg‘or Samarqand
Samarqand viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi faoliyati bilan ham tanishdi.
Aytish kerakki, O‘zbekistonda uzumning ho‘l meva va quritilgan ko‘rinishda (mayiz) hamda uzum vinosini eksport qilish imkoniyatlari juda keng. Respublika hududida uzumchilik sanoatini rivojlantirish uchun Buxoro, Samarqand, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari iqlimi juda qulay hisoblanadi.
Bugungi kunda har sohada ilg‘orlik qilib kelayotgan 119,9 gektar maydonga ega “Navobod Naslli Parranda” fermer xo‘jaligi o‘z navbatida uzum yetishtirish, uzumni quritish, qadoqlash va eksport qilish bilan bir qatorda naslli parrandachilik, parranda ozuqasini ishlab chiqarishni ham yo‘lga qo‘ygan.
Korxona o‘z mahsulotlarini Rossiya, Qirg‘iz Respublikasi, Qozog‘iston, Tojikiston va Saudiya Arabistoni kabi xorijiy davlatlarga eksport qilish bilan bir qatorda va ichki bozorga ham chiqaradi. Xususan, korxona joriy yilning iyul oyi holatiga ko‘ra 5 mln. 164 ming 685 AQSH dollari miqdorida xorijga mahsulot eksport qilgan. Bugungi kunda fermer xo‘jaligida 200 nafardan ortiqdan ishchi va xodimlar faoliyat olib bormoqda.
Vazir korxona rahbarlari bilan o‘tkazgan muloqotida sohani yana-da rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ayniqsa, parrandachilik sanoat usulida keng rivoj topayotgani, uning ozuqa bazasini mustahkamlash yo‘lida keng ko‘lamli izlanishlar olib borilayotganligi qayd etildi.
Respublikada parranda go‘shti yetishtirish va tuxum ishlab chiqarish hajmlari muttasil oshib borayotgani buning yaqqol dalilidir. Bu borada tashabbus va takliflar, konstruktiv muloqot ruhi ustuvor bo‘lishi lozimligi bildirildi. Bu esa, O‘zbekistonni mazkur yo‘nalishda eksport salohiyatini yuksaltirishga zamin yaratadi.
#qishloq_xojaligi #vazir #parranda

✅ ZARARKUNANDALARGA QARSHI KURASHDA XORIJ TAJRIBASI
Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK) eksperti Mark Devis bilan Barqaror qishloq xo‘jaligi sharoitida zararkunandalarga qarshi kurash mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi (ISCAD), Yevropa Ittifoqining ASK Facility dasturi vakillari ishtirok etdi.
🔰 Tadbirda qishloq xo‘jaligi bo‘yicha 20 yildan ortiq ilmiy tajribaga ega xorijlik mutaxassis tomonidan jahon tajribasida zararkunandalarga qarshi kurashda amalga oshirilayotgan ilmiy yondashuvlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, xalqaro ekspert qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda pestitsidlarni qo‘llash bo‘yicha yangi usul va texnologiyalarni joriy etish hamda zararkunandalarga qarshi kurashning iqlim o‘zgarishiga ta’siri borasida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashdi.
ASK Facility dasturi doirasida tashkil etilgan davra suhbati davomida ishtirokchilar pestitsidlarning respublika hududiga olib kirilishi, saqlanishi va ularni qo‘llash bo‘yicha fikr almashishdi.
#qishloq_xojaligi #pestitsidlar #xorij_tajribasi