O‘ZBEKISTON – NIDERLANDIYA: AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Azim Nazarov va vazirlik mutasaddilari Niderlandiya qishloq xo‘jaligi, tabiat va oziq-ovqat sifati vazirligi bosh kotibi Yan Kes Xut boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashishdi.
Uchrashuvda ikki davlat qishloq xo‘jaligi va agrosanoat sohasida hamkorlikni kuchaytirish, mavjud kelishuvlar va agrosanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Tadbirda sohaga yangi innovatsion ishlanmalar va qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarni O‘zbekistonda tatbiq etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish taklifi o‘rtaga tashlandi. Bu borada dastlab, O‘zbekistonda aynan bu yo‘nalish bo‘yicha ta'lim tizimini rivojlantirish, oliy o‘quv yurtlarida Niderlandiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sifati bo‘yicha sho‘balarini tashkil etish taklif etildi.
O‘z o‘rnida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbariyati ushbu taklifni amalga oshirish uchun yurtimizda aynan qishloq xo‘jaligi bo‘yicha bir nechta oliy o‘quv yurtlari mavjudligi, qolaversa 2022-yildan vazirlik huzurida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti faoliyat olib borayotganligi va bu takliflarni aynan mana shu oliy o‘quv yurtlarida yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari haqida so‘z yuritishdi.
Bundan tashqari tomonlar ikki davlat savdo aylanmasi haqida to‘xtalar ekan, 2022-yilda O‘zbekiston va Niderlandiya o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari tovar aylanmasi 55,7 million dollarni tashkil etib, bunda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 2,5 million dollarga teng bo‘lganini e’tirof etishdi. Bu ko‘rsatkichlarni yanada oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish yo‘llari muhokama qilindi.
#Niderlandiya #uchrashuv #istiqbollar
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIKDAGI LOYIHA ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI
🟥 Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligida Qatarning “Baladna” kompaniyasi maslahatchisi Shon Makkelin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⏩ Onlayn muloqotda “Baladna” kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyatida sut va sut mahsulotlarini ishlab chiqarish va yirik chorvachilik kompleksini tashkil etish loyihasining istiqbollari muhokama qilindi.
🟢 Shuni aytib o‘tish kerakki, mazkur loyiha bo‘yicha ishlar birmuncha avval boshlangan bo‘lib, joriy yilning 15-iyunida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Jizzax viloyati hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan Memorandum loyihasi imzolanib, Qatar tomoniga taqdim etilgan edi. Ayni paytda Qatar tomonidan mazkur Memorandum imzolanishi kutilmoqda.
🔗 Shuningdek, 7-12 iyul kunlari taklif etilayotgan yer maydonlari va investitsiya shart-sharoitlarini o‘rganish va kerakli tahlillarni o‘tkazish maqsadida, mazkur kompaniya maslahatchisi Shon Makkelinning O‘zbekistonga tashrifi amalga oshirilgan edi.
✅ Onlayn uchrashuvda loyiha doirasida ishlab chiqariladigan sut va sut mahsulotlariga aholining qay darajada ehtiyoji borligi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni qo‘shni davlatlarga eksport qilish imkoniyatlari haqida fikrlashildi.
Shuningdek uchrashuv so‘ngida loyihani amalga oshirish ishlarini jadallashtirish maqsadida hozirda mavjud bo‘lgan masalalarni bartaraf etishga kelishildi.
#onlayn_uchrashuv #muhokama #istiqbollar