🥔 KARTOSHKACHILIK BO‘YICHA O‘ZBEKISTONLIK MUTAXASSISLAR KOREYA RESPUBLIKASIDA
🤝 O‘zbekiston va Janubiy Korea Respublikasi hamkorligidagi jami qiymati 4.3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan “O‘zbekistonda kartoshkachilikda kadrlar salohiyatini oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borish” xalqaro loyihasi hozirgi kunda o‘z faoliyatini boshladi.
🔰 Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Janubiy Koreya Respublikasining Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi (MAFRA) hamda Koreya qishloq hududlarini rivojlantirish korporatsiyasi (KRC) hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligi sohasini rivojlantirish, kadrlar saloyihatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlar bazasini kuchaytirish loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
📈 Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlari yetakchi mutaxassislari hamda Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti olimlaridan tashkil topgan delegatsiya 9-15-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘quv-amaliy seminar doirasida Janubiy Koreya Respublikasida tashrif bilan bo‘lib turibti.
Tashrifning birinchi kunida Janubiy Korea Respublikasining Seul shahrida Koreya qishloq hududlarini rivojlantirish korporatsiyasi (KRC) va Xalqaro bog‘dorchilik instituti yetakchi mutaxassislari bilan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida loyihaning amalga oshirish bosqichlari, vazifalari, Koreya kartoshkachilik sanoati va O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida bilimlar almashinildi.
#kartoshkachilik #xalqaro_loyiha
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
🔰 Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti, Janubiy Koreya Respublikasining Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va qishloq hududlarini rivojlantirish vazirligi (MAFRA) hamda Koreya qishloq hududlarini rivojlantirish korporatsiyasi (KRC) hamkorligida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligi sohasini rivojlantirish, kadrlar saloyihatini oshirish va ilmiy-tadqiqotlar bazasini kuchaytirish loyihaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Tashrifning birinchi kunida Janubiy Korea Respublikasining Seul shahrida Koreya qishloq hududlarini rivojlantirish korporatsiyasi (KRC) va Xalqaro bog‘dorchilik instituti yetakchi mutaxassislari bilan seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida loyihaning amalga oshirish bosqichlari, vazifalari, Koreya kartoshkachilik sanoati va O‘zbekistonda kartoshka urug‘chiligini rivojlantirish istiqbollari to‘g‘risida bilimlar almashinildi.
#kartoshkachilik #xalqaro_loyiha
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM