QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XALQARO KO‘RGAZMALAR SAMARALI ISHBILARMONLIK PLATFORMASI

Xabar berganimizdek, bugun poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da “AgroExpo Uzbekistan – 2023” hamda “O‘zbekiston Agrotechmash Expo–2023” ko’rgazmalari bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqanlar mamlakatimiz qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish turlarini yanada kengaytirish, yangi innovatsion texnologiyalarni joriy etish, oziq-ovqat bozorini to‘ldirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihalarning amalga oshirilishida bu kabi xalqaro tadbirlar qishloq xo‘jaligi vakillari uchun samarali ishbilarmonlik platformasi bo‘lishini ta’kidlab o‘tishdi.

E’tiborlisi, joriy yil ko‘rgazmada Germaniya, Rossiya, Turkiya, Hindiston, Xitoy, Italiya, Fransiya, O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan 170 ga yaqin kompaniyalar agrosanoat majmuining zamonaviy texnologiyalari, mahsulotlari, uskunalari va yangiliklarini namoyish etishmoqda.

Ko‘rgazmalar joriy yil 1-dekabr kunigacha o‘z ishini davom ettiradi.

#xalqaro_korgazma #samarali_platforma

🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM