QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
AQLLI ISSIQXONALAR” BO‘YICHA KOREYA TAJRIBASI O‘RGANILDI

💻Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni raqamlashtirish markazida agrar soha IT mutaxassislari uchun Janubiy Koreyaning “Camtic” kompaniyasi vakillari tomonidanAqlli issiqxonalarbo‘yicha Koreya tajribasini o‘rganish yuzasidan 3 kunlik o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminar “O‘zbekistonda aqlli qishloq xojaligi sanoat texnologiyalari innovatsion markazini tashkil etish” loyihasi doirasida o‘tkazildi.

Unda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tizim tashkilotlarining IT mutaxassislariAqlli issiqxonalarni kompyuter dasturlari orqali boshqarish jarayonlari, issiqxonalarni raqamlashtirish borasidagi Koreya tajribasi, uning afzalliklari va imkoniyatlari borasida o‘z bilim va tajribalarini oshirdilar.

Loyihaning maqsadi esa, O‘zbekiston atrof-muhitiga moslashtirilganaqlli fermer xo‘jaliklarining sanoat texnologiyalari salohiyatini oshirishga yordam beradigan texnologiyalarni rivojlantirish markazini barpo etish orqali O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga ko‘maklashishdan iboratdir. Bilimlar, muhim maʼlumotlar tortig‘i va qizg‘in bahs-munozalardan so‘ng, o‘quv seminari o‘z ishini yakunladi. Qatnashchilarga sertifikatlar va sovg‘alar topshirildi hamda esdalik uchun suratga tushildi.

#Agrosanoatni_raqamlashtirish_markazi #Aqlli_issiqxonalar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM