QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.72K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QURUQ MEVALAR EKSPORTI BO‘YICHA “YO‘L XARITASI” VA DAVLAT-XUSUSIY PLATFORMASI ISHLAB CHIQILADI

👥Toshkent davlat agrar universitetida quruq mevalar eksportini rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi va davlat-xususiy platformasini tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.

Sohadagi o‘zgarishlarni izchil va hamma uchun birdek manfaatli o‘zanda olib borish maqsadida davlat hamda xususiy sektor vakillari ishtirokida maxsus “Yo‘l xaritasini ishlab chiqishga qaror qilindi. Besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platforma ham tashkil etiladi, u quruq mevalar tayyorlash va eksport qilishning butun siklida davlat hamda xususiy sektor o‘rtasida muntazam muloqotni ta’minlaydi.
*****
РАЗРАБОТКА «ДОРОЖНОЙ КАРТЫ» И ГОСУДАРСТВЕННО-ЧАСТНОЙ ПЛАТФОРМЫ ПО ЭКСПОРТУ СУХОФРУКТОВ

👥В Ташкентском государственном аграрном университете состоялся круглый стол по формированию «Дорожной карты», направленной на развитие экспорта сухофруктов и создание государственно-частной платформы.

Было принято решение разработать специальную «Дорожную карту» с участием представителей государственного и частного секторов в целях последовательной и взаимовыгодной трансформации в сфере. В качестве логического продолжения этой, рассчитанной на пять лет дорожной карты, станет государственно-частная платформа, которая обеспечит постоянную связь между государственными органами и бизнесом на протяжении всего цикла производства и экспорта сухофруктов.

#davra_suhbati #Yol_xaritasi #quruq_mevalarni_tayyorlash #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON QURUQ MEVALARI O‘Z BRENDIGA EGA BO‘LADI

👥Xalqaro bozorda O‘zbekistonda yetishtirilgan va qayta ishlangan quruq mevalar raqobatbardoshligini oshirish, yangi bozorlarni zabt etish yo‘lida davlat va xususiy sektor sa'y-harakatlarini uyg‘unlashtirish maqsadida “Yo‘l xaritasi va doimiy faoliyat yurituvchi platforma tashkil qilishga kirishildi.

Keyingi yillarda meva-sabzavotlarni yetishtirish, qayta ishlash va eksport qilishda yaxshi natijalarga erishilmoqda. Lekin, oxirgi ikki yildagi geosiyosiy vaziyat, o‘zbek eksportchilarining faoliyati tarixan Rossiya va boshqa MDH davlatlariga yo‘nalganligi, ularning xarid qobiliyati esa keskin tushib borayotgani, logistikada murakkabliklar tug‘ilayotgani o‘zbekistonlik meva-sabzavot eksporti uchun yangi bozorlarni izlashni taqozo qilmoqda.

Shulardan biri – Yevropa bozori. Bu mintaqa xalqaro eksportda ustuvor bozor sanaladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Shveytsariya hukumati, Xalqaro savdo markazi (ITC) hamkorligida tashkil etilgan loyiha – quritilgan meva-sabzavot eksportini rivojlantirish chora-tadbirlarini o‘z ichiga olgan “Yo‘l xaritasini ishlab chiqish va besh yilga mo‘ljallangan ushbu yo‘l xaritasining mantiqiy davomi o‘laroq, davlat-xususiy platformasini yaratish O‘zbekistonning sarxil quruq mevalarining jumladan ushbu bozorga to‘siqsiz kirib borishini ta'minlashga qaratilgan.

#Yol_xaritasi #meva_sabzavot #eksport

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇰🇬 QIRGʼIZ RESPUBLIKASI BILAN AGROTARMOQDA OʼZARO HAMKORLIK KUCHAYTIRILADI

Joriy yil 23-oktyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurovning Qirg‘iz Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari Murat Ramatov bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

📝 Uchrashuv davomida agrosanoat sohasidagi hamkorlikning kun tartibidagi keng ko‘lamli masalalari muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil yanvar oyidagi oliy darajadagi tashrif davomida ikki davlat Qishloq xo‘jaligi vazirliklari o‘rtasida imzolangan 2022-2025-yillarda O‘zbekiston va Qirg‘iz Respublikalari o‘rtasida agrosanoat sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo aylanmasini oshirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasining ijro holati ko‘rib chiqildi.

🌱 Jumladan, intensiv bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligi, chorvachilik, baliqchilik va akvamadaniyat, naslchilik, o‘simliklar karantini va biohimoyasi yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

#Yol_xaritasi #uchrashuv #investitsiya_loyihalari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM