QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.6K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
TADBIRKORLAR BILAN MULOQOT: QISHLOQ XOʻJALIGI VAZIRI QAYTA ISHLASH KORXONALARIGA TASHRIF BUYURDI

O‘zR Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov 2023-yilni agrar sohada mahsulotlarni qayta ishlovchi korxonalar rahbarlari — tadbirkorlar bilan uchrashuvdan boshladi. Uchrashuvda Toshkent shahri va Toshkent viloyati tadbirkorlari ishtirok etdi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023-yilda agrosanoat majmuida qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish tashabbusi ilgari surildi. Joriy yilda mazkur yo‘nalishga
1 milliard dollar miqdorida mablag‘ yo‘naltiriladi. Shu ma'noda, mazkur uchrashuv orqali tadbirkorlarning faoiliyati bilan yaqindan tanishish, muammolarini o'rganish, kelgusi rejalarni belgilab olish ko'zda tutilgan.

👉Batafsil maqolamizda berilgan

#vazir #uchrashuv #tashrif #tadbirkorlik #ishlab_chiqarish #qayta_ishlash

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
ITALIYA MEVA-SABZAVOTNI QAYTA ISHLASH LINIYALARINI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI O‘RGANILDI

👥Shu kunlarda Italiyada tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston agrar sohasi delegatsiyasi Bolonyadagi “Unitec” kompaniyasida bo‘lib, meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyasi bilan tanishdi.

O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasining Italiyaga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar sirasida ushbu mamlakat agrosanoat korxonalarida ham bo‘lib, ularning tajribasini o‘rganish ham alohida o‘rin tutgan.

Binobarin, Aziz Voitov va unga hamrohlik qiluvchilar Bolonya shahridagi “Unitec” korxonasiga tashrif buyurdilar. Ushbu korxona meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va saralash liniyalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, yillik tovar aylanmasi 300 mln yevroni tashkil qiladi. Bugungi kunda korxona ishlab chiqargan meva-sabzavotni qayta ishlash liniyalari dunyoning 70 ga yaqin mamlakatlarida ishlab turibdi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #Unitec #meva_sabzavot #qayta_ishlash #ishlab_chiqarish

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ICHKI BOZORNI UN MAHSULOTI BILAN BARQAROR TA'MINLASH UCHUN ZAXIRA YETARLI

🔰 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 28-maydagi PQ-262-son qaroriga muvofiq boshlangan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatimizda g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va bug‘doyni qayta ishlash korxonalarining faoliyati tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Jumladan, joriy yil hosilidan respublikamiz g‘allakorlari tomonidan 8,1 million tonnalik g‘alla xirmoni yaratilgan.

📊 8,1 mln tonnalik g‘alla xirmonini yaratishda respublika fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalari yuqori hosildorlik namoyish etdilar – suvli maydonlarda o‘rtacha hosildorlik 70,5 sentnerdan ortdi.

Shu bilan birga, respublikada faoliyat yuritayotgan donni qayta ishlash korxonalarining soni 200 tadan ortib, aholini sifatli un mahsulotlari bilan ta'minlash darajasi o‘tgan davrlarga nisbatan qariyb 2 barobarga oshdi.

Jumladan, sohada yaratilgan imkoniyatlar natijasida ishlab chiqaruvchi xo‘jalik subyektlari tomonidan import qilingan bug‘doyni qayta ishlash orqali ishlab chiqarilgan 926 ming tonna un mahsulotlari eksporti amalga oshirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4 barobarga oshgan.

Bu esa o‘z navbatida mahalliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, tashqi bozorlarda mahsulotlar raqobatbardoshligining oshishi hamda xo‘jalik subyektlarining eksport amaliyotlari orqali respublika iqtisodiyotiga valyuta oqimining kirishini ta'minlamoqda.

#un_zaxirasi #don #ishlab_chiqarish

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌳 NOYOB REZAVOR MEVALARNI O‘ZBEKISTONDA YETISHTIRISH YO‘LGA QO‘YILMOQDA

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif bilan Andijon viloyatida bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif doirasida vazir 470 gektarda joylashgan Paxtaobod tumanidagi “2 U” MCHJ meva-sabzavotchilik klasteri faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

💧Bugungi kunda mazkur yer maydonlariga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan hududda birinchi bosqichda jami 190 gektar maydonda intensiv bog‘ yaratilib ekinlarni parvarishlash rejalashtirilgan.

Italiya va Ispaniyadan gilos, golubika ko‘chatlari olib kelinib, tomchilatib sug‘orish asosida zamonaviy bog‘ yaratilgan, jumladan, 145 gektar gilos, 25 gektar golubika, rezavorlardan 20 gektar malina va qulupnay ekiladi.

📈 Yillik ishlab chiqarish quvvati 50000 tonnani tashkil etadigan mevalarni qayta ishlash korxonasi hududida bugungi kunda 4400 kv. maydonda sig‘imi 6 ming tonna bo‘lgan muzlatkich qurilish ishlari olib borilmoqda va bu orqali 2000 nafar ishchi o‘rni yaratish ko‘zda tutilgan.

Eʼtiborlisi, ulkan maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan mazkur korxona nafaqat mahalliy bozorlarimizni sifatli mahsulot bilan taʼminlashni, balki xorijiy davlatlarga eksportga yo‘naltirishni ham rejalashtirgan. Albatta, bunday natijaga erishish uchun ko‘p mehnat va vaqt talab qilinadi.

O‘z navbatida, vazir korxona faoliyatini yana-da rivojlantirish, kelgusida qilinajak ishlar va uning yechimlari borasida ham o‘z fikrlarini o‘rtoqlashdi. Konstruktiv ruhda kechgan ushbu samimiy uchrashuv tomonlar uchun manfaatli kechdi.

#vazir_tashrifi #ishlab_chiqarish #noyob_rezavor

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM