QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETI VA ISPANIYA UNIVERSITETLARI HAMKORLIGI

🤝Yaqinda Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) rektori Munira Aminova xizmat safari bilan Ispaniyada bo‘ldi.

Tashrif davomida Munira Aminova va Ispaniyaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari, xususan Kastilya-La Mancha va Madrid politexnika universitetlarining rahbarlari o‘rtasida uchrashuvlar tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlarda tomonlar ispan oliy taʼlim muassasalarida Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining iqtidorli talabalari, tadqiqotchilari va professor-o‘qituvchilarining amaliyot o‘tashi, shu jumladan, yozgi taʼtil maktablarida, magistratura va doktoranturada o‘qishi hamda malaka oshirishi masalalari muhokama qilindi. Tashrif doirasida universitet rektorlari o‘rtasida yetakchi ispan professor-o‘qituvchilarini IAUga ishga jalb qilish va boshqa yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Shuningdek, tashrif davomida Xalqaro qishloq xo‘jaligi rektori Ispaniyaning yetakchi taʼlim muassasalari uchun laboratoriya uskunalarini ishlab chiqaruvchi “EDIBON” kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mazkur kompaniyaning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, sug‘orish texnologiyalari hamda sifat darajasini tekshirish bo‘yicha o‘quv laboratoriya jihozlari bilan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining o‘quv xonalarini taʼminlash masalalari yuzasidan ham hamkorlik qilishga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #IAU #memorandum #Ispaniya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM