QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
YOSHLAR KELAJAGI UCHUN YANGI IMKONIYATLAR MASKANI

🏛Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutida yoshlar nafaqat malakali mutaxassis, balki xalqaro darajadagi kadr bo‘lib yetishadi.

🤝Farg‘ona shahridagi Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga (PQ-22, 26.01.2023-y.) asosan, Qishloq xo‘jaligi vazirligi muassisligi hamda Ummon Sultonligining “Atyab International Services” kompaniyasi ishtirokida tashkil etilgan.

Institutda to'rtta yo‘nalishda bakalavr kadrlar tayyorlanadi:
🟢Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot menejmenti;
🟢Iqtisodiyot:
🟢Oziq-ovqat va resurslar iqtisodiyoti:
🟢Aholi va turistlarning ovqatlanishini tashkil etish servisi.

Bundan tashqari, Biznesni boshqarish (Master of Business Administration, MBA) yo‘nalishida magistratura bosqichi ham mavjud.

📝O‘quv muassasasida ta'lim o‘zbek, rus va ingliz tillarida amalga oshiriladi. Bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplom beriladi. Shu kunlarda Farg‘ona shahridagi Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutiga 2023/2024-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

#qabul_2023 #oziq_ovqat #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FARG‘ONA TASHRIFI: AGROTA'LIM VA ILM-FAN UYG‘UNLIGI TAHLIL QILINDI

Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning borishini ko‘zdan kechirish maqsadida Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurdi va bu yerda prezidentimiz qishloq xo‘jaligi hamda sanoatda amalga oshirilayotgan yangi istiqbolli loyihalar bilan tanishmoqda.

Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Farg‘onadagi ishchi tashrifini Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutidan boshladi.

Umumiy maydoni 5 gektar
ni tashkil qiluvchi ushbu institut eng zamonaviy talablar asosida qad rostlagan bo‘lib, bu yerda 4 ta ta’lim yo‘nalishida bakalaviriat va 2 ta ta’lim yo‘nalishida magistraturaga qabul boshlangan. Ta'lim muassasasiga jami 527 nafar talaba qabul qilinadi.

#tashrif #vazir #oziq_ovqat #AKIS #OTM #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHLOQDA BARPO ETILGAN BO‘STON

🔰Tashrif doirasida turli tarmoqlar rahbarlari ham o‘zlari mas'ul bo‘lgan yo‘nalishlarda viloyatda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqdalar. Jumladan, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning navbatdagi manzili Fag‘ona tumani “Mindonobod” qishlog‘idagi adirliklardan o‘zlashtirilgan yerlarda tashkil etilgan bodom bog‘i bo‘ldi.

Adirliklardan 250 gektar yer o‘zlashtirilgan bo‘lib, shundan 100 gektarini aynan bodom bog‘i tashkil etadi. Mazkur yangi loyiha mana 3 yildan buyon amalga oshirib kelinmoqda. O‘tgan yili 50 tonna bodom hosili olingan. Bu yilgi rejalar undan ham mo‘l. Tadbirkorning ma’lum qilishicha, bu yil bog‘dan 200 tonna hosil olishni rejalashtirmoqda.

Tashrif davomida vazir Aziz Voitov mazkur bodom bog‘iga yondosh hududda joylashgan yana bir qishloq xo‘jaligi obyekti «Fergana Asiana» paxta-to‘qimachilik klasterining paxta dalasini ham ko‘zdan kechirdi. Mazkur fermer xo‘jaligi ham aynan qaqrab yotgan toshloq yer maydonlarini o‘zlashtirib, 1000 gektarida paxta ekib parvarishlamoqda. E’tiborlisi, ushbu paxta dalasiga to‘liq tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan bo‘lib, o‘zlashtirilgandan so‘ng atrofga go‘zal manzara berib turibdi. Qayd etilishicha, bu yerlarga joriy yil ikkinchi marotaba paxta ekilib, gektaridan 35 sentnerdan paxta hosilini olishni reja qilinmoqda.

#tashrif #vazir #bodom #paxta_toqimachilik #klaster #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"FERGANA FRANS" MCHJ: HAMKORLIKDAGI SAMARALI LOYIHA

🍇Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning keyingi manzili "Fergana Frans" MCHJ tomonidan barpo etilgan uzum plantatsiyasi bo‘ldi.

MCHJ bugungi kunda 538 gektar maydonni o‘zlashtirgan bo‘lib, shuning 400 gektar maydoniga uzum ekilgan. Bu yerdagi navlar sanoatbop va vinobop uzum hisoblanadi. Bundan tashqari 10 gektar yer maydoni  tajriba tariqasida ajratilgan.

Shundan so‘ng, Aziz Voitov «Fergana Frans» MCHJning “Wine Garden” uzumni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishish maqsadida u yerga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston-Fransiya qo‘shma korxonasi soatiga 44 tonna uzumni qayta ishlash quvvatiga ega. Bu yerga dunyodagi yetakchi kompaniyalarning texnologik liniyalari olib kelib o‘rnatilgan. 120 nafar xodim doimiy ish bilan ta’minlangan. Bu yerda vino mahsulotlari ishlab chiqarish 2 yo‘nalishga bo‘lingan, ya’ni ishlash va qayta ishlash. Bundan tashqari bu yerda 5 ta davlatga eksport yo‘lga qo‘yilgan. 20 dan ziyod mahsulot turi mavjud.

#tashrif #vazir #uzumchilik #uzum_plantatsiyasi #issiqxona #qayta_ishlash #vinochilik #eksport #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UZUMCHILIK: OLTIARIQ TAJRIBASINI OMMALASHTIRISH YO‘LIDA

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar ish boshladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida 27- iyul kuni Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, oltiariqlik bog‘bonlarning uzumchilik sohasidagi tajribalari bilan yaqindan tanishgandi. Tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagan davlatimiz rahbari mamlakatimizda iqlimi uzumchilikka mos tumanlar ko‘pligini ta'kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi.

Mana shu ko‘rsatma ijrosi doirasida, “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida uch kunlik ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Shuhrat G‘aniev, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroev, hududlar qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari, butun respublikadan uzumchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari vakillari ishtirok etmoqdalar.

Ko‘rgazmali seminar ishtirokchilari davlatning diqqat-e'tibori ostida uzumchilik rivojlanib borayotganini ta'kidlab, sohaning yanada rivoj topishida o‘zaro bahamjihatlikda ish ko‘rish, yaqindan fikr-mulohazalar, tajribalar almashish katta rol o‘ynashini bildirdilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
OLTIARIQ UZUMCHILIGI – TAJRIBA MAKTABI

🍇Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanidagi “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida “Uzum yetishtirishda Oltiariq tajribasini joriy etish” mavzusida ko‘rgazmali seminar davom etmoqda.

Seminarda ushbu fermer xo‘jaligi rahbari Ismoil Boymatov so‘zga chiqib, shu kunga qadar uzum yetishtirish borasida to‘plagan tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.

Xususan, oltiariqlik fermer seminar ishtirokchilarining e'tiborini yangi uzumzorlarni barpo etish uchun yer maydonlarini tanlash, yerni ekishga tayyorlash, ko‘chat ekish muddatlari va usullariga qaratdi. Shuningdek, yosh va hosilli uzumni parvarishlash agrotexnikasi, jumladan qator orasiga ishlov berish, sug‘orish va oziqlantirish tadbirlari yuzasidan Oltiariq tajribasi bilan atroflicha tanishtirdi.

“Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligi 2020-yilda 75 gektarda uzumchilik plantatsiyasini tashkil etgan. Xo‘jalikda “husayni”, “kelinbarmoq”, “rizamat”, “mersedes” kabi uzum navlari yetishtirilmoqda. Ular kelgusi yildan to‘liq hosilga kiradi va jami 3 ming tonna uzum yetishtiriladi.

Fermer xo‘jaligida mavsumiy yumushlar bilan birga 700 kishining bandligi ta'minlangan.
Seminar davomida tadbir qatnashchilari fermer xo‘jaligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan yutuqlarning guvohi bo‘ldilar.

Seminar o‘z ishini davom ettirmoqda.

#seminar #uzumchilik #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“NIRT-FRUIT” MCHJDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH VA LOGISTIKA MARKAZI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

🔰Seminar ishtirokchilarining keyingi manzili Oltiariq tumani Qapchig‘ay massivi hududidagi “Nirt-fruit” MCHJ bo‘ldi. Bu yerda respublikaning turli hududlaridan tashrif buyurgan fermerlar, yuqori martabali mehmonlar qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va logistika markazi faoliyati bilan tanishdilar.

Fermer xo‘jaligiga tuman zaxirasidagi yerlardan 7,1 gektar yer maydoni ajratib berilgan bo‘lib, 2020-yil xo‘jalik “eksportyor” maqomiga ega bo‘ldi. Dala maydonlarida pishib yetilgan hosil yig‘ib terib olinib, maxsus yashiklarga joylanadi. Harorat me’yorga kelguncha “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash sovutgich”larida sovutiladi. Tayyor bo‘lgan mahsulot yuk avtomashinalariga yuklanib, Qozog‘iston va Rossiyadagi hamkorlariga yetkazib berilmoqda.

#seminar #sovutgich #logistika_markazi #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TOSHLOQDA NIHOL UNDIRGAN BOG‘BONLAR TAJRIBASI

🌱Qishloq xo‘jaligi vaziri “Fruts brend” ko‘chatchilik xo‘jaligida mevali ko‘chatlarni yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Vazir Aziz Voitov Farg‘ona safari davomida Quva tumanida ham bo‘lib, bu yerda qad rostlagan “Fruts brend” ko‘chatchilik xo‘jaligi faoliyatini o‘rgandi.

Mazkur xo‘jalik 2019-yilda ta'sis etilgan, xo‘jalik dasht yerlarini o‘zlashtirib, katta bog‘ yaratgan. Aytish kerakki, qatra giyoh o‘smaydigan toshloq yerda bog‘ yarataman, deganda xo‘jalik rahbariga birov ishonib, birov ishonmagandi. Ammo, intilganga tole yor – “Fruts brend” jami 35 gektar yerni o‘zlashtirgan bo‘lsa, shundan 5 gektarida hozirda ko‘chatchilik gurkirab rivojlanmoqda.

Xo‘jalikda yuz foiz tomchilab sug‘orish yo‘lga qo‘yilgan
– bu ham suv resurslaridan unumli foydalanishni, ham nihollarning sog‘lom o‘sishini ta'minlamoqda.

Bog‘ asosan ko‘chatchilikka ixtisoslashgan bo‘lib, bu yerda barcha turdagi mevali daraxtlarni uchratasiz. Ko‘chat yetishtirishda birinchi o‘ringa sifat qo‘yilgani kishini quvontirmay qolmaydi. O‘z mahsulotining sifatiga qat'iy ishongan xo‘jalik ko‘chatlarni shunchaki sotish bilan shug‘ullanmaydi. Balki, ko‘chatni yerga qadab, uni undirib-parvarishlab, nishonani mijoz tatib ko‘rgandan keyingina, oldi-sotdi qiladi. Natijada xaridorlar keti uzlimaydi – har mavsumda 400-500 ming dona ko‘chat sotuvga chiqarilmoqda.

#tashrif #vazir #kochatchilik #tomchilab_sugorish #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI “KARKIDON” SUV OMBORI FAOLIYATI BILAN TANISHDI

💧Ayni paytda ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida  bo‘lib turgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Quva tumanida joylashgan "Karkidon" suv omborini ham ko‘zdan kechirish maqsadida ushbu joyda bo‘ldi.

Ushbu omborning suv sig‘imi 28 mln kub/metr bo‘lib, agar suv to‘g‘ri olib kelinsa, shu hududda joylashgan qishloq xo‘jaligi yerlarining 1,5 ming gektarini o‘zlashtirish mumkin. "Karkidon" suv ombori atrofida bo‘lgan 1,5 ming gektar yerni o‘zlashtirib, ularga suv yetkazish masalasida omborning imkoniyatlari chamalandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov,
"Karkidon" suv omboridan tashqari "Quva-2" maxsus stansiyasiga ham tashrif buyurdi. Ushbu maxsus stansiyaning quvvati 1800 gektar yerni suv bilan ta’minlash imkoniyatiga ega, ammo hozirgi vaqtda juda ko‘plab agregatlarning ma’nan eskirganligi tufayli bu stansiya ham o‘z faoliyatini qisman davom ettiryapti.

#tashrif #vazir #suv_ombori #Karkidon #Quva_2 #Kampirobod #maxsus_stansiya #Fargona

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLI XONADONLARIDA UZUM YETISHTIRISH BO‘YICHA TAJRIBALAR BILAN TANISHILDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uzumchilikni rivojlantirishda klaster tizimini joriy etish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni jalb qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5200-sonli Qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar Oltiariq tumanida ham o‘z aksini topmoqda.

🍇Xususan, ishtirokchilar seminar doirasida Oltiariq tumanidagi Husanboy G‘ofurov xonadoniga tashrif buyurdi. Bu yerda uy sharoitida uzum yetishtirish bo‘yicha katta tajriba bilan tanishishdi. Qayd etilishicha, xonadonda parvarishlanayotgan uzumlar meva hosili bahor faslining aprel oyigacha tokning o‘zida tabiiy holda saqlanadi. Seminar ishtirokchilari mazkur tanishuv jarayonida yangicha uslublarni o‘z xo‘jaliklarida qo‘llash borasida bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ЗНАКОМСТВО С ОПЫТОМ ВЫРАЩИВАНИЯ ВИНОГРАДА В ДОМОХОЗЯЙСТВАХ

В рамках исполнения Постановления Президента Республики Узбекистан «О дополнительных мерах по внедрению кластерной системы в развитие виноградарства, государственной поддержке привлечения передовых технологий в данную сферу» от 28 июля 2021 года № ПП-5200, в Алтыарыкском районе проделана определенная работа.

🍇В частности, в рамках семинара участники посетили дом Хусанбоя Гафурова в Алтыарыкском районе. Здесь они поближе познакомились с многолетним опытом выращивания винограда в домашних условиях. Заметим, что собранный виноград хранится в естественных условиях на самой лозе до апреля следующего года. Участники семинара получили знания и навыки для использования новых методов в своих хозяйствах.

#seminar #uzumchilik #Fargona #семинар #виноградарство #Фергана

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Baliqchilikning dolzarb masalalari muhokama etildi

4-5 oktyabr kunlari Namangan va Farg‘ona viloyatlarida "Baliq kasalliklari va ularni oldini olish" mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

🐟 Kuz kelib, yurtimizda baliq mavsumi boshlandi. Keynigi yillarda sohada amalga oshirilgan chuqur islohotlar, baliqchilik rivoji yo‘lida berilgan imkoniyatlar samarasi o‘laroq, bozorlar baliq mahsulotlariga to‘la.

Baliqchilikni rivojlantirishning muhim masalalaridan biri bu jonivorlarda uchraydigan kasalliklarning oldini olish hamda davolashdir. Qolaversa, qo‘shni o‘lkalarda baliqlarda turli kasalliklar tarqalgani haqidagi mish-mishlar bu masalaga yanada dolzarblik bag‘ishlaydi.

Farg‘ona vodiysining Namangan va Farg‘ona viloyatlarida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy seminarda O‘zbekiston Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari hamda Belarusdan tashrif buyurgan mutaxassislar, baliqchilik xo‘jaliklari vakillari qatnashdilar.

Seminarda O‘zbekiston va Belarus akvakulturasida uchraydigan muhim kasalliklar, ularning oldini olish va davolash usullari hamda qimmatbaho baliq turlarini sanoat baliqchiligida yetishtirishning ilmiy asoslari haqida ma'lumotlar berildi.

Baliqchilik xo‘jaliklari vakillari o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berib, olimlardan foydali tavsiya va maslahatlar olishga muvaffaq bo‘ldilar.

#baliqchilik #Namangan #Fargona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MEVALARNING SHOHI — BEHINING YANGI NAVI IXTIRO QILINIDI

Jannatmakon yurtning qaysi go‘shasiga bormang, bog‘lar, ko‘chalar, ziyoratgohlar, hovli tomorqalarida behi daraxtlarini uchratasiz. Bir nechta Behizor nomli ko‘chalar ham bor. Zero, behi daraxti uzoq vaqt suvsiz yashay olishi bilan boshqa mevalardan ajralib turadi. Lekin behining 80 foizi Farg‘ona vodiysining suvga serob bo‘lgan tog‘ yon bag‘irlari, qir-adirlarda yetishtiriladi.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasida ham bir qator behi navlari mavjud. Ushbu kolleksiya bog‘i 2012-2013-yillarda tashkil topgan bo‘lib, hozirgi kunda 31 ta behi navi, shuningdek 10 ta duragay navlari parvarish qilinmoqda.

“Olmabehi” navida yoppasiga pishish sentyabr oyining uchinchi o‘n kunligida kuzatiladi. Behizorlarni kuchli zararlaydigan bakterial kuyish kasalligiga bardoshli. Yuqori hosilli nav, unumdorligi past yerlarda har gektariga 200 sentnerdan hosil beradi. Hosil quvvati 4,1-4,3 balga baholangan. 

Farg‘ona ilmiy-tajribasi stansiyasida mavjud 31 ta nav ichidan kasalliklarga, ayniqsa, bakterial rakka nisbatan chidamli navlarni aniqlab olish muhim ahamiyatga egadir. Farg‘ona ilmiy-tajriba stansiyasi ilmiy xodimlari tomonidan yaratilgan “Olmabehi” navida ham kasallanish darajasi 1 ball bilan baholanib, kasallikka bardoshliligi tasdiqlangan.

Oltindek tovlanayotgan behizorlar aro kezgan odam bu mumtoz meva daraxtini undirib, o‘stirgan bog‘bon mehnatiga tasanno aytadi. Bu ilmiy maskan ekinzorlarida bir necha 10 yillardan buyon yaratish, yashnatish ishqi bilan mehnat qilayotgan usta mirishkorlar bor. Har yili erta bahordan behi daraxtlariga shakl berish, ularni o‘g‘itlash, suspenziyalar yordamida dorilash ishlari ilmiy xodimlarning maslahat va ko‘rsatmalari asosida amalga oshiriladi.

#behi #olmabehi #yangi_nav #Fargona

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“YASHIL MAKON” LOYIHASINING KUZGI MAVSUMI YOZYOVONDA HAM BOSHLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov agrar sohada joylardagi islohotlar izchilligini ta’minlash, olib borilayotgan ishlar bilan tanishish shuningdek, dala chetlariga mevali daraxtlar, tok, tut, terak ko‘chatlari hamda to‘qsonbosti ekinlar ekish jarayoni bilan tanishish maqsadida Farg‘ona viloyatida ishchi tashrif bilan bo‘lib turibdi.

Aziz Voitov ishchi tashrif rejasiga ko‘ra dastlab viloyatning Yozyovon tumanida bo‘lib, dala chetlaridan samarali foydalanish bo‘yicha hamda “Yashil makon” loyihasi doirasida shu kungacha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayni paytda Yozyovon tumanida 232 nafar fermer faoliyat yuritadi. 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida tuman miqyosida dala chetlaridagi 162 gektar yer maydoniga mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish mo‘ljallangan. Jumladan 38 gektar yer maydoniga 152 ming dona tut daraxti ekilsa, 14 gektar maydonga 19 ming dona tok qalamchalari ekilib uzumzor qilish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, 43 gektarga manzarali terak kochatlari ekilsa 67 gektarga sabzavot va poliz ekinlari ekish maqsad qilingan.

Azim Toshkentning Chilonzor tumanida Davlatimiz rahbari boshlab bergan “Yashil makon” loyihasi doirasida kuzgi daraxt ekish mavsumi vazir Aziz Voitov boshchiligida aynan Yozyovon tumanida ham start oldi. Shu munosabat bilan ko‘pni ko‘rgan nuroniy otaxonlar bilan Yozyovon tumani iqlimiga mos keluvchi ekinlar va daraxtlar turlari haqida maslahatlashildi. Shundan so‘ng loyiha doirasida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlarini ekish ishlari boshlab berildi.

Aziz Voitovning Farg‘onaga ishchi tashrifi davom etmoqda.

#fargona #tashrif #yashil_makon

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌿“YASHIL MAKON” BILAN HAMOHANG YASHNAYOTGAN
FARG'ONA


O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning joylarda agrar sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida ishchi tashrif bilan Farg‘ona viloyatida bo‘lib turgani haqida xabar bergan edik.

🌳 Vazir viloyatning Oltiariq va Rishton tumanlarida ham bo‘lib, bu yerda to‘qsonbosti ekinlarni ekish jarayoni hamda dala chetlaridan unumli foydalanish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Oltiariq tumanida bugungi kunda 243 ta fermer xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, 2023-yil kuz va 2024-yil bahor oylarida ular tomonidan jami 187 gektar dala chetlariga 534 ming dona mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Shundan 35 gektar yer maydoniga 140 ming dona tut daraxti, 12 gektar yer maydoniga 16 ming dona tok qalamchalari, 76 gektar yer maydoniga esa manzarali terak ko‘chatlari ekiish ishlari boshlab yuborilgan. Bundan tashqari dala chetlaridagi 64 gektar yer maydoniga sabzavot va poliz ekinlarini ekish ko‘zda tutilgan.

Vazir Aziz Voitov dehqon va fermerlar bilan suhbatlashar ekan “Yashil makon” loyihasining ahamiyati, dala chetlaridan samarali foydalanish maqsadida ekiladigan ekinlar va mevali daraxt turlarini to‘g‘ri tanlash bo‘yicha tavsiyalar o‘rtaga tashlanib, bu borada boy tajribalardan ham foydalanish lozimligi qayd etildi.

#yashil_makon #Fargona #ishchi_tashrif

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM