QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.42K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
JAHON UZUMCHILIGIDA O‘ZBEKISTONNING MAQOMI YUQORILAB BORMOQDA

🍇Uzumchilik – qishloq xo‘jaligining serdaromad sohalaridan biri. Binobarin, Farg‘onaga qilgan safari davomida mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ham uzumchilikni rivojlantirishga alohida urg‘u berganligi bejiz emas.

Bugungi kunga kelib dunyo bo‘yicha 7 mln 300 ming gektar uzumzor mavjud bo‘lib, 1990-yilga nisbatan 700 ming gektarga kamaygan. Shunday esa-da, yalpi hosil 77,5 mln. tonna (183,0 mlrd dollar)ni tashkil etib, 130% foizga oshgan. 2025-yilga kelib esa 90 mln tonnaga yetishi prognoz qilinmoqda. Bu holat dunyo uzumchiligida intensiv texnologiyalar hisobiga har bir gektardan hosildorlik oshib borayotganligini anglatadi.

Hozirda uzum yetishtirish maydoniga ko‘ra yetakchi mamlakatlar beshtaligi quyidagicha ko‘rinish olgan: Ispaniya (955 ming ga), Fransiya (812 ming ga), Xitoy (785 ming ga), Italiya (718 ming ga), Turkiya (410 ming ga).
*****
ПОВЫШАЕТСЯ СТАТУС УЗБЕКИСТАНА В МИРЕ В ПЛАНЕ РАЗВИТИЯ ВИНОГРАДАРСТВА

🍇Виноградарство – одна из самых прибыльных сфер сельского хозяйства. Потому, не случайно Президент страны Шавкат Мирзиёев, во время своего посещения Ферганской области сделал акцент на её дальнейшем развитии.

Cегодня на Земле насчитывается 7 миллионов 300 тысяч гектаров виноградников, что по сравнению с 1990 годом на 700 тысяч гектаров меньше. Тем не менее, валовый урожай составляет 77,5 млн. тонн ($183,0 млрд), что свидетельствует о его увеличении на 130%. К 2025 году, по прогнозам, показатель вырастет до 90 млн тонн. Подобное развитие событий означает, что урожайность с гектара увеличивается благодаря интенсивным технологиям.

В настоящее время пятерка стран-лидеров по площади выращивания винограда выглядит следующим образом: Испания (955 тыс. га), Франция (812 тыс. га), Китай (785 тыс. га), Италия (718 тыс. га), Турция (410 тыс. га). Заметим, что по этому критерию Узбекистан входит в первую десятку – 181 тыс. га, и занимает 7-е место.

#uzumchilik #виноградарство

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AHOLI VA TADBIRKORLAR DIQQATIGA!!!

Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimida
davlat xizmatlaridan foydalanish jarayonida, shuningdek, vazirlik tizimidagi tashkilotlar faoliyatida taʼmagirlik hamda korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, Qishloq xo'jaligi vazirligining www.agro.uz rasmiy veb-sayti, @uzagroanticorruptionbot telegram boti, anticorruption@agro.uz elektron pochta manzili hamda +998(71)-206-70-60 raqamli ishonch telefoni orqali bizga xabar berishingiz mumkin.

Har bir murojaat vazirlik eʼtiborida!

Sizning shaxsingiz va shaxsiy ma'lumotlaringiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Qishloq xo'jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi

#korrupsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

🔰Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish hamda ularning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish Qishloq xo‘jaligi vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda, Huquqni muhofaza qilish akademiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 1-iyulidan 15-iyuliga qadar masofaviy shaklda new.proacademy.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tgan holda, “Korrupsiyaga qarshi kurashishning umumiy asoslari” mavzusida (14 soat) qisqa muddatli onlayn o‘quv kurslari tashkil etildi. O‘quv kurslarida vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan 500 ga yaqin xodimlar ishtirok etib, ushbu xodimlar kurs boshlanishi va yakunida kirish va chiqish testlarini topshirishdi, tegishli mavzularni mustaqil ravishda o‘zlashtirishdi va o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar taqdim etildi.

Vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida malakasini oshirish va qayta tayyorlash ishlari davom etmoqda.

#korrupsiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTONDA UZUMCHILIK JADAL RIVOJLANISH YO‘LIDAN BORMOQDA

🍇Sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun 3 yilda 183 mlrd so‘m subsidiya ajratildi. Chunonchi, tomchilab sug‘orishga 1 ga uchun 8 mln so‘m, suv chiqarishga har 1 metrga 600 ming so‘m (120 mln so‘mgacha), loyihalashga 10 mln so‘mgacha, muqobil energiya uskunalari uchun 100 mln so‘mgacha, “in-vitro”da yetishtirilgan har bir dona ko‘chatga 5 ming so‘mdan subsidiya berildi. Bundan tashqari, mayiz quritish va qadoqlash liniyalari va vinochilik uskunalari xarid qilish xarajatlarining 20 foizi (300 mlngacha) subsidiya bilan qoplandi.

👉Batafsil
*****
ВИНОГРАДАРСТВО В УЗБЕКИСТАНЕ НА ПУТИ СТРЕМИТЕЛЬНОГО РАЗВИТИЯ

🍇В качестве государственной поддержки сфере за 3 года выделено 183 миллиарда сумов субсидий. Например, 8 млн сумов можно получить на внедрение капельного орошения на 1 га, 600 тыс сумов на 1 метр водоотведения (до 120 млн сумов), до 10 млн сумов на проектирование, до 100 млн сумов на оборудование для альтернативной энергетики. На каждый саженец, выращенный в пробирке методом «in-vitro» выделяется по 5 тысяч сумов. Кроме того, субсидируется 20 процентов (до 300 миллионов) затрат на покупку линий по сушке и упаковке изюма и винодельческого оборудования.

👉Подробнее

#seminar #uzumchilik #семинар #виноградарство

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔰Endilikda siz Xalqaro qishloq xo‘jalik universitetida Buyuk Britaniya ta'lim tizimiga asoslangan qishloq xo'jaligidagi eng ilg'or bilimlarni o‘zbek va rus tillarida o‘zlashtirish imkoniyatiga egasiz!

📝Ko'plab abiturientlar hamda ota-onalarning talablarini inobatga olgan holda universitet quyidagi dasturlarni kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllarida taklif qiladi:

💻Aqlli qishloq xo‘jaligi (12mln);
🥔Oziq-ovqat xavfsizligini boshqarish (12mln);
📈Agroiqtisodiyot (14mln);
🚚Agrologistika (14mln).

Avgust oyining oxiriga qadar, har haftaning chorshanba kuni soat 10:00da qabul uchun ichki imtihonlar o'tkaziladi.

O'zbek va rus tilidagi dasturlarda, talabalar chuqurlashtirilgan darslar orqali o'zlarining ingliz tili ko'nikmalarini ham oshirib borishadi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

☎️Murojaat uchun: 99 981 0919
🌐@iau_2022

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGRAR SOHADAGI HAMKORLIK ISTIQBOLLARI KO‘RIB CHIQILDI
🇺🇿🤝🇮🇳
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Hindistonning Nath Bio-Genes kompaniyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha direktori doktor V. Kulkarni va Hindiston eksport qiluvchi tashkilotlar federatsiyasi raisi Nanda Kaglivalar bilan
uchrashdi.

Uchrashuvda qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish, xususan, elita urug‘chilik va meva-sabzavotlarni qayta ishlash va ularni saqlash bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston paxtachiligida 50 sentnerdan 70 sentnergacha hosil beradigan elita urug‘larni yaratish, bunda Hindistonning ilg‘or texnologiyalaridan foydalanish hamda paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy etish haqida fikr almashildi.

Shuningdek uchrashuvda sabzavotchilikni rivojlashtirish bo‘yicha Nath Bio-Genes kompaniyasining zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan urug‘ navlarini sentyabr oyida O‘zbekistonga olib kelish va yurtimizda kompaniyaning ilmiy tadqiqot instituti Toshkent filialini ochish bo‘yicha hamkorlik qilish haqidagi fikrlar ham o‘rtaga tashlandi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #uchrashuv #paxtachilik #urugchilik #qayta_ishlash #Ozbekiston #Hindiston

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining informatsion dasturida aholi hayoti, hududlar iqtisodiyoti bilan tanishish maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurgani, tashrif chogʻida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ham bo‘lib, tumanning uzumchilik tajribasini yuqori baholagani, iqlimi uzumchilikga mos tumanlar ko‘pligini ta’kidlab, ularda ham Oltiariq tajribasini joriy qilish, tokzorlarni ko‘paytirish borasida ko‘rsatmalar bergani haqida lavha efirga uzatildi.

Lavhada  vazifalar ijrosi doirasida “Xayrullo Bahrom Boymatov” fermer xo‘jaligida ko‘rgazmali seminar tashkil etilgani va seminardan ko‘zlangan maqsad joylardagi dehqonlarimizga O‘zbekistonda yetishtirilgan uzumga bo‘lgan talabning oshib borayotgani hamda uzumzorlarni kengaytirishda Oltiariq uzumchilik tajribasini keng joriy etish lozimligini yetkazishdan iborat bo‘lgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
O‘tgan haftada qaysi hasharot pomidor bargining orqasiga yopishib, shirasini so‘rib, oziqlanishi, lichinkalari chiqargan chiqitlarda mog‘or rivojlanib, barglar qurib qolishiga sabab bo‘lishi haqida so‘rov o‘tkazilgandi.

👥So‘rovda jami 423 kishi qatnashdi. Ulardan 87 kishi to‘g‘ri javob berdi. To‘g‘ri javob – pomidor kuyasi.

🚫Fermerlar pomidor kuyasiga qarshi asosan kimyoviy usullar bilan kurashadilar.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorovnoma #pomidor

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
На прошлой неделе был проведен опрос о том, какое насекомое цепляется за обратную сторону листа помидора, высасывает его сок и питается им. Его плесень развивается в экскрементах, выделяемых личинками, затемняет лист и, в конечном итоге, листья помидора засыхают.

👥Всего в опросе приняли участие 423 человека. Из них 87 человек ответили верно. Правильный ответ – томатная моль.

🚫Фермеры борются с томатной молью в основном химическими методами.

📝Принимайте участие в наших опросах. Так можно узнать что-то новое или удостовериться, что вы хорошо осведомлены о различных направлениях сельского хозяйства.

#опрос #томаты

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QARIYB 3 MILLION DOLLARLI LIMON EKSPORT QILINDI

🍋Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatga jami qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, xorijiy bozorga limon yetkazib berish hajmi 968 tonnaga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistondan eng ko‘p limon sotib olgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yetakchilik qiladi – ushbu mamlakatga jami 2,7 ming tonna sitrus mevasi sotilgan.

Shuningdek, yetakchi importyorlar uchtaligidan Qirg‘iziston (388 tonna) va Qozog‘iston (357 tonna) ham joy olgan.

#limon #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
УЗБЕКИСТАН ЭКСПОРТИРОВАЛ ЛИМОНЫ ПОЧТИ НА 3 МИЛЛИОНА ДОЛЛАРОВ

🍋По предварительным данным Агентства по статистике, сельскохозяйственные предприятия Узбекистана в январе-июне 2023 года экспортировали 3,5 тыс. тонн лимонов в 7 зарубежных стран на общую сумму 2,9 млн долларов США.

По сравнению с соответствующим периодом 2022 года объем поставок лимона на внешний рынок увеличился на 968 тонн.

За прошедший период текущего года Россия лидирует в списке стран, закупивших больше всего лимонов у Узбекистана – всего в эту страну было продано 2,7 тыс. тонн цитрусовых.

Кыргызстан
(388 тонн) и Казахстан (357 тонн) также входят в тройку ведущих импортеров.

#лимон #статистика

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRLIGIDA YANGI TAYINLANGAN O‘RINBOSARLAR TANISHTIRUVI BO‘LIB O‘TDI

👥Bugun Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda vazirlik tizimidagi agentlik va qo‘mitalar, tizim tashkilotlari rahbarlari va boshqarma boshliqlari ishtirok etdi. Unda agrar sohaning barcha tarmoqlarini birdek rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, amalga oshirilishi lozim bo‘lgan galdagi vazifalar belgilab olindi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi tayinlangan o‘rinbosarlar – vazirning birinchi o‘rinbosari Botir Normahmadovich Tog‘aev va vazir o‘rinbosari Alisher Nematullaevich Shukurov jamoaga tanishtirildi.

Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning buyrug‘i bilan vazirlik kotibiyat rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ish boshlagan Asliddin Rashidovich Bozorov ham tanishtirildi.
*****
СОСТОЯЛОСЬ ПРЕДСТАВЛЕНИЕ НОВЫХ НАЗНАЧЕННЫХ ЗАМЕСТИТЕЛЕЙ МИНИСТРА СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА

👥Сегодня в совещании под председательством министра сельского хозяйства Азиза Воитова приняли участие руководители агентств и комитетов в системе министерства, руководство структурных подразделений и начальники управлений Минсельхоза. В ходе которого была проанализирована работа, проводимая по целостному развитию всех отраслей аграрного сектора, и определены основные задачи, требующие реализации.

В ходе мероприятия были представлены новые заместители министра сельского хозяйства – первый заместитель министра Ботир Нормахмадович Тогаев и заместитель министра Алишер Нематуллаевич Шукуров, назначенные соответствующим постановлением Президента Республики Узбекистан.

Также был представлен Аслиддин Рашидович Бозоров, начавший работать первым заместителем руководителя секретариата министерства согласно приказу министра сельского хозяйства Азиза Воитова.

#vazir #Qishloq_xojaligi_vazirligi #tayinlov #tanishtiruv #министр #Министерство_сельского_хозяйства #назначение

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM