QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#qaror #paxtachilik #urugchilik #yanginav

PAXTA YETISHTIRISHDA YANGI TIZIM JORY ETILADI

Prezidentning 2022-yil 7-iyuldagi “Paxta hosildorligini oshirish, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarni joriy qilishning qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori paxta hosildorligini oshirish bo‘yicha yangi tizimni joriy qilishga bag‘ishlanadi.

Unga ko‘ra, paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urug‘chilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, o‘g‘itlash, sug‘orish ishlarini yo‘lga qo‘yish orqali paxta-to‘qimachilikda mahsulot eksporti hajmi va real daromadni oshirish bilan bog‘liq vazifalarning ijrosini taʼminlash belgilangan.

Prezident huzurida tashkil etilgan Paxtachilik kengashining mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilib, ularning super elita va elita urug‘larini ko‘paytirishga doir vazifalariga eʼtibor qaratiladi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida paxtachilik sohasida olib borilayotgan muhim masalalar haqida batafsil O‘zA saytida berilgan maqoladan o‘qishingiz mumkin.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#repost #Qaror #issiqxona_xojaliklari

🎥“Xalqaro Press-klub”ning “Hafta aksentlari” dasturi orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorining sharhi va ijrosini taʼminlashga oid lavha namoyish etildi.

Lavhada issiqxona xo‘jaliklarining moliyaviy ahvolini sog‘lomlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha respublika Ishchi guruhining tashkil etilganiga alohida eʼtibor qaratilgan. Ushbu Ishchi guruhining asosiy vazifalariga O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi boshqarma boshliq o‘rinbosari Akmal Mirzayev batafsil to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, lavhada davlat rahbari boshchiligidagi videoselektorda o‘tkazilgan taqdimotga ko‘ra, Issiqxonani rivojlantirish agentligi issiqxonalarga urug‘, ko‘chat, mineral o‘g‘it va boshqa moddiy resurslar yetkazib berishi haqida ham so‘z borgan. Shu bilan birgalikda tadbirkorga moliyaviy yengilliklar ham belgilanishi taʼkidlab o‘tildi.

Issiqxonalarda kuz-qish mavsumida ko‘p miqdorda tabiiy gaz ishlatilishini inobatga olib, to‘lovlarni kechiktirilgan holatda penyalar hisoblanmasdan qabul qilinishi ham tadbirkorga bugun yaratilayotgan imkoniyatlardan ekanligi lavhada keltirib o‘tilgan.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
📺📺
O‘zbekiston milliy axborot agentligi – O‘zAda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-yanvardagi “Paxta xomashyosini yetishtiruvchilar faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan joriy etilayotgan yangiliklar xususida maʼlumot berildi.

Unda Qaror asosida paxta xomashyosini xarid qilish va yetkazib berish bo‘yicha tomonlar o‘rtasida fyuchers shartnomalarini ruyxatdan o‘tkazish va monitoring qilishning shaffof tizimi yaratilayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

“Endilikda har yili 1-oktyabrga qadar kelgusi yil hosili uchun fyuchers shartnomalari tuziladi va soliq organlarining elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilinadi”, deyiladi manbada.

👉Quyidagi havola orqali manba bilan to‘liq tanishishingiz mumkin.

#repost #OzA #Prezident #Qaror

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM