QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.7K photos
2.7K videos
7 files
9.39K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Urug‘lik don tayyorlash sexlari tomonidan 251 ming 600 tonna yoki 97,4 foiz urug‘lik don tayyorlangan

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Qishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi "O‘zagroinspeksiya" axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva ma’lum qildi.

Qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qonun va qonunosti hujjatlariga rioya qilinishi va ijrosi yuzasidan Inspeksiya hodimlari tomonidan joriy yilda 61 289 ta monitoringlar o‘tkazilib, tashkilot va korxonalarga 51 mingta ogohnomalar kiritildi. 8 ming 596 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlarda profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Shuningdek, 18 ming 890 ta tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lsa, shundan 1 ming 506 tasi tadirkorlik subyektarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.

Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan Inspeksiya vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 7 ming 541 ta holatda ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Shu bilan birga, 1 ming 961 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilib, 471 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

#uruglik_don #ozagroinspeksiya #brifing

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM