QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.76K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLARI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

💻Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi video-konferensiya rejimida bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Singx Tomar raisligida o‘tgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Axadbek Xaydarov qatnashdi.

Tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning «aqlli» qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalar sohasidagi vakolatli idoralarining o‘zaro hamkorligi konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2023—2024-yillardagi Harakatlar rejasini tasdiqladilar.

#xalqaro_hamkorlik #aqlli_qishloq_xojaligi #video_konferensiya #ShHT
*****
СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА МИНИСТРОВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ГОСУДАРСТВ-ЧЛЕНОВ ШАНХАЙСКОЙ ОРГАНИЗАЦИИ СОТРУДНИЧЕСТВА

💻Восьмая встреча министров сельского хозяйства государств-членов Шанхайской организации сотрудничества прошла в режиме видеоконференции.

Заседание проходило под председательством министра сельского хозяйства и благосостояния фермеров Индии Сингха Томара. В нем принял участие заместитель министра сельского хозяйства Узбекистана Ахадбек Хайдаров.

Стороны утвердили План мероприятий на 2023-2024 годы по реализации концепции взаимного сотрудничества уполномоченных органов государств-членов ШОС в сфере «умного» сельского хозяйства и агроинноваций.

#международное_сотрудничество #видеоконференция #сельское_хозяйство #ШОС

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
HAMKORLIK YO‘NALISHLARI ANIQLASHTIRIB OLINDI

🤝O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri hamda Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi vakillarining onlayn-uchrashuvi o‘tkazildi.

Vazir Aziz Voitov O‘zbekiston vengriyaliklar bilan keng ko‘lamli hamkorlik uchun ochiq ekanligini, parrandachilik sohasida rejalashtirilayotgan loyiha ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini bildirdi.

Mazkur tashrif davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi o‘laroq, bu galgi uchrashuvda yirik investitsion loyihalar uchun O‘zbekistonda yaratilgan soliq, bojxona va boshqa imtiyozlar, qishloq xo‘jaligi sohasida amal qilib kelayotgan 40 dan ziyod turdagi subsidiyalar va boshqa imkoniyatlar haqida ma'lumot almashildi, parrandachilik klasteri uchun qulay yer tanlash va hamkorlikning boshqa nuqtalari atroflicha muhokama qilindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #video_konferensiya #qishloq_xojaligi #parrandachilik #klaster

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROSANOATDA KONSALTING SOHASIDA XALQARO TAJRIBA O‘RGANILDI

🤝Qishloq xo‘jaligi vazirligida “McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov, “McKinsey” xalqaro kompaniyasi mutaxassislari, vazirlik mutasaddi xodimlari qatnashdi, kompaniyaning xorijdagi xalqaro ekspertlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Seminarda “McKinsey” tomonidan O‘zbekistondagi agrosanoatni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarida konsalting faoliyatini yuritish borasida taqdim etilayotgan loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda sohani rivojlantirishda hamkorlik alaoqalarini mustahkamlashga kelishib olindi.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #seminar #video_konferensiya #taqdimot #subsidiya #raqamlashtirish #eksport

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“BONAFARM GROUP” PARRANDACHILIK KLASTERINI TASHKIL ETISH INVESTITSIYA LOYIHASINI BOSHLADI

🤝Joriy yilning 6-iyul kuni Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov va Vengriyaning “Bonafarm Group” kompaniyasi bosh direktori Attila Chanyi oʻrtasida onlayn muloqot boʻlib oʻtdi.

Samimiy va do‘stona ruhda oʻtgan muloqot avvalida vengriyalik hamkorlar O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasidagi bugungi jadal yig‘im-terim ishlariga qiziqishlarini bildirdilar.

Shundan so‘ng kompaniya vazirlikka mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi sohasiga sarmoya kiritish shartlari, qiymati va ular ko‘rsatilgan yozma taklifni yaqin kunlarda kiritish niyatida ekanligini bildirdi.

Muloqot chog‘ida, avgust oyi oxiriga qadar loyiha doirasida ishchi guruh shakllantirilib, har ikki tomondan aniq vakillar biriktirilishi kerakligi ham ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish mumkinki, “Bonafarm Group” kompaniyasi 2009-yilda tashkil etilgan bo‘lib, Vengriyadagi chorvachilik, sut, vinochilik va parrandachilik sohalarida faoliyat yurituvchi eng yirik agro-oziq-ovqat guruhidir.

Ushbu yirik kompaniyaning savdo aylanmasi 1,9 milliard dollarni tashkil etadi. Bugungi kunda kompaniyada 8400 dan ortiq xodim va mutaxassislar mehnat qilishmoqda.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #klaster #parrandachilik #video_konferensiya

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM