QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.8K photos
2.54K videos
5 files
8.43K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
SHANHAY HAMKORLIK TASHKILOTIGA A’ZO DAVLATLAR QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLARI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

💻Shanhay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Qishloq xo‘jaligi vazirlarining sakkizinchi yig‘ilishi video-konferensiya rejimida bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vaziri Singx Tomar raisligida o‘tgan ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston tomonidan Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Axadbek Xaydarov qatnashdi.

Tomonlar ShHTga a’zo davlatlarning «aqlli» qishloq xo‘jaligi va agroinnovatsiyalar sohasidagi vakolatli idoralarining o‘zaro hamkorligi konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha 2023—2024-yillardagi Harakatlar rejasini tasdiqladilar.

#xalqaro_hamkorlik #aqlli_qishloq_xojaligi #video_konferensiya #ShHT
*****
СОСТОЯЛАСЬ ВСТРЕЧА МИНИСТРОВ СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА ГОСУДАРСТВ-ЧЛЕНОВ ШАНХАЙСКОЙ ОРГАНИЗАЦИИ СОТРУДНИЧЕСТВА

💻Восьмая встреча министров сельского хозяйства государств-членов Шанхайской организации сотрудничества прошла в режиме видеоконференции.

Заседание проходило под председательством министра сельского хозяйства и благосостояния фермеров Индии Сингха Томара. В нем принял участие заместитель министра сельского хозяйства Узбекистана Ахадбек Хайдаров.

Стороны утвердили План мероприятий на 2023-2024 годы по реализации концепции взаимного сотрудничества уполномоченных органов государств-членов ШОС в сфере «умного» сельского хозяйства и агроинноваций.

#международное_сотрудничество #видеоконференция #сельское_хозяйство #ШОС

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
AGROTARMOQ STRATEGIK RIVOJI: QISHLOQ XO‘JALIGINI REJALASHTIRISHDAGI USTUVORLIK

👥So‘nggi yillarda faqat qishloq xo‘jaligi transformatsiyasiga qaratilgan bir necha qonuniy hujjatlar qabul qilinib, amaliyotga joriy etilgani ham qishloq xo‘jaligi sohasidagi islohotlar qanday ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatib turibdi. Bu to‘g‘ri. Lekin soha vakillari, turli yo‘nalishlarda agrotarmoqni taqdim etayotgan mutaxassislar mana shu o‘zgarishlarga tayyormi? Haqli savol. Chunki barcha o‘zgarish va yangilanish, avvalambor, eng quyi bo‘g‘indan boshlab natija bersagina yuqoridagi savollarga javob berilgan bo‘ladi.

Shu va boshqa muhim masalalar Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov hamda Yevropa Ittifoqining agroyo‘nalishdagi yetuk eksperti Adrian Nil hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida muhokama markazidan o‘rin oldi. O‘zbekiston mintaqada agrosalohiyati yetuk mamlakat. Buni ko‘z-ko‘z qilib emas, soha ertasi, yurt rivoji, aholi ma’murligi uchun foydalanish manbasiga aylantirish lozim. Organik qishloq xo‘jaligi, dunyoga O‘zbekiston mahsuloti brendi targ‘ibotini tarqatish va eng asosiysi, 2030-yilga qadar sohani strategik rivojlantirish masalalari ishtirokchilar tomonidan tahlil qilindi.

#davra_suhbati #vazir #aqlli_qishloq_xojaligi #transformatsiya #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Yevropa_Ittifoqi

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalida yurtimizda ilk bor joriy qilinayotgan Aqlli qishloq xo‘jaligi” loyihasi qishloq xo‘jaligi sohasida yangi bosqichni boshlab berishi haqida maxsus reportaj efirga uzatildi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanida joylashgan Qoraqalpog‘iston sholi va don ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasining tajriba maydonida yo‘lga qo‘yilgan yangi loyihaning afzalliklari, hamdo‘stlik davlatlari orasida birinchi marotaba amaliyotga joriy qilinishi, aqlli suv tejovchi texnologiyalarning samaradorlik ko‘rsatgichlari haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #aqlli_qishloq_xojaligi #suv_tejovchi_texnologiyalar

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram