QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ILGʻOR TASHABBUSLARNING AMALIYOTGA TATBIGʻI

🔰Sirdaryoda “Qishloq xoʻjaligida ilgʻor rivojlanishni amaliyotda tashkil etish” mavzusiga bagʻishlangan seminar ish boshladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev, Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev, Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev, tumanlar hokimlari va soha vakillari qatnashmoqda.

Seminarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Shuhrat Gʻaniyev kirish soʻzi bilan ochib berdi:

“Qishloq xoʻjaligida bugungi zamon, bugungi kun talabiga mos boʻlgan yaxshi tashabbus va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarni mamlakatimizda amaliyotga tatbiq etish uchun, avvalo, ularni yaxshilab oʻrganib, ichiga kirib, puxta rejalashtirib, keyin amalga oshirishimiz lozim. Bugungi seminar doirasida mana shu nazariya va tashabbuslarni oʻrganib, muhokama qilib, amaliyotimizga joriy etsak boʻladi. Ushbu seminar mana shu borada yaxshi imkoniyat beradi”.

#seminar #qishloq_xojaligi #suv_xojaligi #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XORIJIY TAJRIBA, ZAMONAVIY TEXNOLOGIYA VA YANGI NAVLAR – KATTA HOSIL GAROVI

🔰Seminar ishtirokchilari viloyatdagi “Agro Eko Technology” MChJga qarashli 67 gektar maydonda Xitoy tajribasi asosida parvarishlanayotgan g‘o‘za maydoniga tashrif buyurishdi.

Ushbu maydonlarda chigitning "Sulton" navi plyonka ostiga qator orasi 76 sm qilib ekilgan bo‘lib, bu yerda 100% tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.

Hozirgi kunda maydonda asosan g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari olib borilmoqda. 3 marta o‘sishni sozlovchi biostimulyatorlar bilan suspenziya sepildi.

Maʼlumot o‘rnida. Sirdaryo viloyatida joriy 2023-yil hosili uchun jami 77,5 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarishlanmoqda. Viloyatda tuproq-iqlim sharoitiga mos va turli stress omillarga bardoshli 3 ta yangi g‘o‘za navlari (Ravnaq-1, Yuksalish, SSB-Klaster-1) ekilgan maydon 4,0 ming gektarga kengaytirildi va ertapishar navlar maydoni 67 foizga yetdi.

Shuningdek, 2019-2023 yillar davomida 13 ming (17 %) ga paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish tizimi joriy qilindi.

Natijada yiliga 26 mln kubometrga yaqin suv tejalib, hosildorlik gektariga 26,2 sentnerdan 32,1 sentnerga yetkazildi, ya'ni o‘rtacha paxta hosildorligi 6,0 sentnerga (123 %) oshirildi.

#seminar #paxta #tomchilatib_sugorish #hosildorlik #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
SIRDARYODAGI AGROTASHABBUSLAR – MUTAXASSISLAR E'TIBORIDA

🍇Sirdaryo viloyatida o‘tayotgan seminar ishtirokchilari Sirdaryo tumanidagi “PENG SHENG” MCHJ O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasi bo‘ldilar. Bu yerda tashkil etilgan ko‘rgazmada ishtirokchilar eʼtiboriga zamonaviy texnika va texnologiyalar havola etildi.

Shundan so‘ng, seminar ishtirokchilari “Peng Sheng Charm” korxonasiga borib, bu yerdagi jelatin ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishdilar. Aytish kerakki, ushbu ishlab chiqarishning loyiha qiymati 8,9 mln dollar bo‘lib, yiliga 468 tonna mahsulot ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Qishloq xo‘jaligida katta maqsadlarni ko‘zlab ish boshlagan seminar qatnashchilarining navbatdagi manzili Sirdaryo tumanidagi “Agro eko texnologiya” MChJga qarashli 110 gektar yer maydonida yetishtirilayotgan uzum plantatsiyasi etib belgilandi. Sirdaryo tumanida 2019- yilda “Agro Eko Texnologiya” MChJ tomonidan 70 gektar yerga uzumzor barpo etilgan edi. Keyinchalik, korxona o‘z faoliyatini yana 40 gektar maydonga kengaytirdi. Hozirda jami 110 gektar maydonni qamrab olgan uzumzorda to‘liqligicha tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan. Bu uzumzorlar 30 gektar maydonda “Kaberne Frans” va 25 gektardagi “Pino nuar” hamda 55 gektarda “Toifi” uzum navlari parvarish qilinmoqda.

Eʼtiborlisi, uzumzorlarning gektaridan o‘rtacha 150-160 sentnerdan hosil olinib, shu yerning o‘zida qayta ishlab, vino ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

#seminar #tomchilatib_sugorish #uzumzor #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM