QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#buqiziq #qoragat #dorivor

🔰 QORAGʻAT HAQIDA 7 TA QIZIQARLI FAKT

1️⃣Qorag‘at faqat ikkita qit’a - Avstraliya va Antarktidada o‘smaydi.
2️⃣ Pishmagan qorag‘atda C vitamini pishgandagiga qaraganda to‘rt barobar ko‘p.
3️⃣ Dunyoda qorag‘atning turli ranglardagi bir yarim yuzdan ortiq turlari mavjud.
4️⃣ U radiatsiya ta’sirini tanadan chiqarib tashlaydi.
5️⃣Qorag‘at qayerdan tarqalganini hech kim aniq bilmaydi, lekin uning vatani Osiyo ekanligi taxmin qilinadi.
6️⃣10 yilgacha o‘sib, meva berishi mumkin.
7️⃣ Taxminan 30-40 dona qora qorag‘at tarkibida C vitaminining bir kunlik normasi mavjud.

O‘zbekistonda qorag‘at bilan bog‘liq vaziyat qanday
Bu haqda web-sahifamizda ma’lumot bilan tanishing.

Obuna bo'ling:
WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida “Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash bo‘yicha yangiliklar” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda qishloq xo‘jaligida hosil ko‘lamini oshirish, ho‘l mevalarni saqlash va qayta ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan yangiliklar borasida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Lavhada O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida isteʼmol uchun foydali bo‘lgan oltinsimon qorag‘atning 3 ta yangi navi ixtiro qilinganligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #yangi_nav #qoragat

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
OLTINSIMON QORAG‘AT, QULUPNAYLARNING YANGI NAVLARI YARATILDI

🍓O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Akademik Mahmud Mirzayev nomli bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutining olimlari qorag‘at o‘simligining yangi navlarini yaratish, uning seleksiyasi, agrotexnikasini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot ishlari olib bormoqdalar.

Izlanishlar natijasida, oltinsimon qorag‘atning yangi 3 ta naviga: “Uzbekskaya sladkaya”, “Oydin” va “Yodgor” patent olindi. Bu navlar yuqori hosildorligi, tashishga layoqatliligi, chidamliligi, inson salomatligi uchun zarur bo‘lgan makro va mikroelementlarga boyligi bilan ajralib turadi.

#qoragat #seleksiya #agrotexnika #qulupnay

👉Batafsil

📺To'liq video

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM