QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.84K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
#Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti

🔰O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasi doirasida asosiy ustuvor vazifalardan biri sifatida sohaga zamonaviy bilim va innovatsiyalarni keng joriy qilish belgilangan.

Ushbu vazifalarni hamda oldimizga qo‘ygan maqsadlarni sifatli bajarishda, albatta, bizga zamonaviy bilimga ega yosh kadrlar kerak.

Shu nuqtai nazardan, mamlakatimizda yana bir nufuzli ilm dargohi –
Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etilgani juda muhim voqelikdir.

Universitetda “ilmga asoslangan, amaliyotga yo‘naltirilgan taʼlim” tamoyili asosida professional kadrlarni davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tayyorlash asosiy maqsad qilingan”.

Alisher Shukurov,
O‘zbekiston Respublikasi
qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti

🏢Universitetimiz tarixidagi bugungiday muhim kunda sizlarni qarshi olishdan mamnunman. Ushbu dargoh yangi bilimlar, dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartira oladigan intiluvchan yoshlarning maskaniga aylinishiga ishonchim komil.

Universitetimizda eng zamonaviy ilm-fanga yo‘naltirilgan turli yo‘nalishlardagi mutaxassislar uchun bilim beramiz. Ishonamizki, talabalar olgan bilimlarini kelgusida amaliyotda qo‘llay oladilar va zamonamizning global muammolari, xususan, iqlim o‘zgarishi, oziq-ovqat xavfsizligi, pandemiya oqibatlari va boshqa masalalarni hal qilishga o‘z hissalarini qo‘shadilar.

Eng avvalo, oliygohimizda o‘z yurtining mas‘uliyatli, vatanparvar insonlari tahsil olishiga ishonishni istayman”
.

Munira Aminova, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti rektori.

Obuna bo'ling:
WWW/TELEGRAM/FACEBOOK/YOUTUBE/INSTAGRAM
#Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti

🌐O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish taklifi bilan chiqqani ayni muddao bo‘ldi. Qirollik agrar universiteti o‘z navbatida ushbu yangi oliy taʼlim muassasasini tashkil qilishda vazirlik tomonidan asosiy hamkor etib tanlanganidan bag‘oyat xursandmiz. Qirollik universiteti 1845-yildan beri qishloq xo‘jaligi sohasi, innovatsiyalar va tadbirkorlik yo‘nalishlari vakillarini tayyorlab kelmoqda. Universitetning shiori “Dalalar va jonivorlarga g‘amho‘rlik qilish”. Biz butun dunyo bo‘ylab yerlar boshqaruvi va qishloq xo‘jaligi ta‘limini rivojlantirishga o‘z hissamizni qo‘shib kelmoqdamiz.

Ushbu universitetning tashkil etilishi mamlakatingiz, shu jumladan butun Markaziy Osiyo
qishloq xo‘jaligi sohasida yangi davrni boshlab beradi, deb umid qilaman”.

Piter Makkefferi, Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti vitse-kansleri, professor.

Obuna bo'ling:
WWW / TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti

TOSHKENTDA XALQARO QISHLOQ XO‘JALIGI UNIVERSITETINING YANGI BINOSI TAQDIM QILINDI

🌐2022-yil 27-sentyabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.05.2022-yildagi PQ-237-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tashabbusi ostida Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti (Royal Agriculture University) bilan hamkorlikda tashkil etilgan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti (IAU) yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil

Obuna bo'ling:
WWW / TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti

💠 Xalqaro Qishloq Xo‘jalik Universiteti (IAU) sizni tayyorlov kurslariga taklif qiladi.

Pre-foundation kurslari sizga quyidagi kafolatlangan imkoniyatlarni taqdim etadi:

🔹IAU universitetiga grant asosida qabul qilish;
🔹chet ellik professorlardan ingliz tilini o‘rganish;
🔹universitet hayotiga moslashish va uning resurslaridan foydalanish;

Ro‘yxatdan o‘ting!

📞Batafsil ma’lumot uchun:
+99899 981 09 19

*****

#международный_сельскохозяйственный_университет

💠 Международный сельскохозяйственный университет (IAU) приглашает вас на подготовительные курсы (Pre-foundation).

Курсы Pre-foundation предоставляют вам следующие гарантированные возможности:

🔹Поступление в университет IAU на основе гранта;
🔹изучение английского языка у иностранных профессоров;
🔹адаптация к университетской жизни и использование ее ресурсов;

Зарегистрируйтесь!

📞Для более подробной информации:
+99899 981 09 19

TELEGRAM FACEBOOKYOUTUBEWWW
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
XALQARO MIQYOSDA KADRLAR TAYYORLASH MASKANI

🎓Bugun Toshkentdagi Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti tashkil topganiga roppa-rosa bir yil to‘ldi. O‘tgan yil davomida ushbu dargoh yurtimiz OTMlari ichida o‘z o‘rnini topa oldi.

O‘zbekiston Prezidentining 2022-yil 7-maydagi PQ-237-sonli Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan universitet 2022-yildan ish boshladi. Universitet to‘liq akademik va moliyaviy mustaqil bo‘lgan, davlat ishtirokidagi oliy ta'lim muassasasi sanaladi. Uning muassislari – O‘zR Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Buyuk Britaniya Qirollik qishloq xo‘jaligi universiteti.

#xalqaro_hamkorlik #Qishloq_xojaligi_vazirligi #Buyuk_Britaniya_Qirollik_qishloq_xojaligi_universiteti #Xalqaro_qishloq_xojaligi_universiteti #IAU
*****
ЦЕНТР ПОДГОТОВКИ КАДРОВ МЕЖДУНАРОДНОГО МАСШТАБА

🎓Сегодня исполнился ровно год со дня основания Международного сельскохозяйственного университета в Ташкенте. За этот период высшее учебное заведение заняло своё достойное место в когорте лучших вузов страны.

В соответствии с постановлением Президента Республики Узбекистан от 7 мая 2022 года «О мерах по созданию международного сельскохозяйственного университета», вуз, организованный в сотрудничестве с Королевским сельскохозяйственным университетом Великобритании, начал свою деятельность в 2022 году. Университет является полностью академически и финансово независимым высшим учебным заведением с государственным участием. Его учредителями являются Министерство сельского хозяйства Республики Узбекистан и Королевский сельскохозяйственный университет Великобритании.

#международное_сотрудничество #Министерство_сельского_хозяйства #Королевский_сельскохозяйственный_университет

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram