QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
22.4K photos
2.66K videos
7 files
9.15K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINARI O‘TKAZILDI

👥Yurtimiz bo‘ylab yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan turli targ‘ibot tadbirlari, uchrashuvlar o‘tkazib kelinmoqda.

Huddi shunday tadbirlardan biri bugun Qishloq xo‘jaligi vazirligida bo‘lib o‘tdi. Davlatimiz rahbarining 2023-yil 8-maydagi PF-67-sonli "Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan ushbu o‘quv-seminarida Qishloq xo‘jaligi vazirligi markaziy apparati va hududiy boshqarmalari hamda tizim tashkilotlaridan jami 4150 nafar xodimlar onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishdi.

Seminardan ko‘zlangan maqsad tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarning huquqiy bilimlarini oshirishdan iborat. Zero, boshqaruvda konstitutsiyaviy normalarning ijrosini to‘liq ta’minlash, ularni davlat xizmatchisining har kunlik faoliyatiga tatbiq etish, pirovardida "Inson qadri" tamoyili asosida xalqqa xizmat ko‘rsatishning sifat darajasini oshirishga xizmat qiladi.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YANGI TAHRIRDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASINING MAZMUN-MOHIYATIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV-SEMINAR O‘TKAZILDI

👥O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri 2023-yil 1-maydan e’tiboran kuchga kirdi. Yangilangan Konstitutsiyada inson huquq va erkinliklari kafolatlari sezilarli darajada kuchaytirildi, shuningdek konstitutsiyaviy huquq va erkinliklar doirasi kengaydi.

O‘quv-seminarlarni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad mamlakatimiz Prezidentining 2023-yil 8-maydagi 67-sonli “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonida belgilab berilgan chora-tadbirlar bilan kengroq tanishishdan iborat.

Farmonda uchta ustuvor vazifa belgilab berilgan. Birinchi ustuvor vazifa – bu barcha yo‘nalishlardagi tashkilotlarda Konstitutsiya normalarini ta’minlash, normativ-huquqiy hujjatlarni Konstitutsiyaga moslashtirish. Ikkinchi ustuvor vazifa – Konstitutsiya normalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri amaliyotda qo‘llashni joriy etish. Uchinchi ustuvor vazifa esa, Konstitutsiya normalarini amaliyotda qo‘llashda joriy qonunlarni yoki muayyan bir yo‘nalishlar bo‘yicha qonunlarni ijro etish mexanizmi belgilanmagan degan vajlarni mutlaqo olib tashlash bilan bog‘liq.

#Seminar #konstitutsiya #Inson_qadri

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM