QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax dalalari uzra yovvoyi kaptarlarning uchishi

#kun_fotosi #dala #kaptar #Jizzax
*****
Полет диких голубей над полями в Джизаке

#фото_дня #поля #голубь #Джизак

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
PREZIDENT QISHLOQ XO‘JALIGIDAGI ISHLARNI KO‘ZDAN
KECHIRDI

Prezident Shavkat Mirziyoev hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji bilan tanishish maqsadida 10-fevral kuni Jizzax viloyatiga tashrif buyurdi.
Safar dasturidagi birinchi manzil Paxtakor tumanidagi «Paxtakor elita urug‘chiligi» fermer xo‘jaligi bo‘ldi. Xo‘jalik maydoni 100 gektar bo‘lib, shundan 80 gektarida paxta va g‘alla, qolgan qismida soya, sarimsoqpiyoz, beda ekilgan.

Ma’lumki, yurtimizda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan.

- Bir paytlar 1 gektar yerni xalqqa berish mumkin emasdi. Hozir 200 ming gektar ajratdik. Nima uchun? Odamlarga daromad manbai bo‘lishi uchun. Endi «qarsak ikki qo‘ldan chiqishi» kerak, - dedi davlat rahbari.

Fermerlarning manfaatdorligini ta’minlash, mahallalarning «o‘sish nuqtalari»ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

#Prezident #tashrif #Jizzax #fermer_xojaligi

https://t.me/shmirziyoyev/15775
O‘ZBEKISTON QISHLOQ XO‘JALIGI VAZIRI JIZZAX VILOYATIDA

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov qator tuman va xo‘jaliklardagi tanishuvlarni amalga oshirishni boshladi. 2023-yilning 13-fevral kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Jizzax viloyatiga tashrif buyurgan edi. Ayni paytda vazir viloyatning bir qator tumanlaridagi agrar soha obyektlari faoliyati bilan tanishmoqda. Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad viloyatning qishloq xo‘jaligi sohasida hali foydalanilmagan imkoniyatlarini o‘rganish, ularni ishga solish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat.

#Vazir #tashrif #qishloq_xojaligi #Jizzax
*****
МИНИСТР СЕЛЬСКОГО ХОЗЯЙСТВА УЗБЕКИСТАНА В ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ

Министр сельского хозяйства РУ Азиз Воитов начал знакомиться с деятельностью объектов аграрной сферы в ряде районов Джизакской области. Основная цель визита-изучить неиспользованные возможности региона в области сельского хозяйства, разработать механизмы их реализации.

#Министр #визит #сельское_хозяйство #Джизак

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
BAXMAL TUMANIDAGI ZA’FARON PLANTATSIYALARIDA “YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI

🌺Ma’lumki, dunyo tarixida bahosi va qadri tushmay kelayotgan za’faron giyohi BMB Trade Group kompaniyasi tomonidan Jizzax viloyati Baxmal tuman hududidagi 305 gektarlik za’faron plantatsiyalarda yetishtirilmoqda.

#za_faron #yetishtirish #Jizzax
*****
ОБЩЕНАЦИОНАЛЬНЫЙ ПРОЕКТ «ЯШИЛ МАКОН» НА ПЛАНТАЦИЯХ ШАФРАНА В БАХМАЛЬСКОМ РАЙОНЕ

🌺Сегодня «золотой цветок» выращивается компанией BMB Trade Group на 305 гектарах в Бахмальском районе Джизакской области. Шафран считается самой дорогой специей в мире.

#шафран #выращивание #Джизак

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGIDA YANGI IMKONIYAT: O‘SIMLIK YOG‘I ISHLAB CHIQARISH MAJMUASI

⚙️Jizzax viloyatining Do‘stlik tumanida joylashgan «Sangzor tekstil» masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish majmuasini ishga tushirish orqali xalqimizning sifatli oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, shuningdek tayyor mahsulotni xorijga eksport qilish kabi ezgu maqsadlar ko‘zlangan.

#osimlik_yogi #Sangzor_tekstil #oziq_ovqat #eksport #Jizzax
*****
НОВЫЕ ВОЗМОЖНОСТИ В СЕЛЬСКОМ ХОЗЯЙСТВЕ: КОМПЛЕКС ПО ПРОИЗВОДСТВУ РАСТИТЕЛЬНЫХ МАСЕЛ

⚙️Так начал свою работу и комплекс по производству растительного масла ООО «Sangzor tekstil», расположенный в Дустликском районе Джизакской области. Предприятие производит растительное масло для внутреннего рынка и на экспорт.

#растительное_масло #экспорт #Джизак

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
JIZZAXDA UZUMZORLAR BARPO ETILMOQDA

🍇Jizzax viloyatining Paxtakor tumanidagi “Silverlayf” paxta-g‘allachilik agroklasterida 30 gektarga yaqin yer maydoni mavjud bo‘lib, ayni kunlarda 25 gektardan ziyod maydonni begona o‘tdan tozalab, tekislab, shpaler o‘rnatish ishlariga kirishilgan.

Umuman olganda, tumanda 2023-2024-yillar davomida 1200 gektar, joriy yilning kuz mavsumigacha esa 279 gektarda uzumzor tashkil etish rejalashtirilgan.
*****
НОВЫЕ ВИНОГРАДНИКИ В ДЖИЗАКСКОЙ ОБЛАСТИ 

🍇В распоряжении хлопко-зернового агрокластера «Сильверлайф» в Пахтакорском районе Джизакской области  30 гектаров земли, более 25 гектаров площадей очищено от сорняков, выровнено, и начата установка шпалер.

В целом в течение 2023-2024 годов в районе планируется заложить виноградники на 1200 га, а к осеннему сезону этого года - на 279 га.

#uzumchilik #Jizzax #виноградарство #Джизак

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MOYLI EKINLAR – QISHLOQ XO'JALIGINING MUHIM TARMOG'I

Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari boʻlib oʻtdi.

Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.

🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta'kidladi.

🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi. Chunonchi, takroriy ekin sifatida ekiladigan kungaboqarning iqtisodiy samardorligi aniq-ravshan hisob-kitoblar orqali namoyish etildi: takroriy ekin sifatida ekilgan kungaboqardan gektariga 12 mln so‘m sof foyda olinadi. Bu esa, yaxshigina qo‘shimcha daromad manbasi deganidir.

Shuningdek, bugungi kunda kungaboqarning eng samarali navlari deb e'tirof etilayotgan “Pioner” va “Aley” navlarining xarakteristikalari seminar qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.  

Seminar qatnashchilari kungaboqar urug‘lari, uni parvarishlash agrotexnikasi, bu borada jizzaxlik mirishkorlar erishgan yutuqlar bilan atroflicha tanishdilar.

#seminar #Jizzax

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moyli ekinlar: sara urug‘ va zamonaviy yondashuv – mo‘l hosil garovi

Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida “Respublikada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy ko‘rgazmali seminari tashkil etildi.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari boshliqlari, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, elita urug‘chilik va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ilmiy muassasalar olimlaridan iborat 300 nafarga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🌱 Aytish kerakki, so‘nggi yillarda moyli ekinlar maydoni 2,2 barobarga kengaydi. Hosildorlik oshib, o‘simlik yog‘i importi 2020 yilga nisbatan 75 ming tonnaga kamaydi. Natijada 73 mln dollar tejab qolindi.

Seminarda ta'kidlanganidek, respublikada moyli ekinlarning 112 ta (shundan 44 ta xorijiy), jumladan, soyaning 32 ta, kungaboqarning 69 ta, zig‘irning 3 ta, maxsarning 5 ta va kunjutning 3 ta nav va duragaylari ekilmoqda.

Seminar doirasida ishtirokchilar Paxtakor va G‘allaorol tumanlaridagi klasterlar va elita urug‘chilik xo‘jaliklari dalalarida ham bo‘lishib bu yerda yetishtirilayotgan moyli ekinlar ularning hosildorlik darajasi bilan yaqindan tanishishdi.

Seminar yakunida har bir hududda Jizzax tajribasi asosida plantasiya usulida qishloq xo‘jaligi, xususan moyli ekinlar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali fermerlarga sara urug‘liklarni yetkazib berishni tashkil etish belgilab olindi.

#moyli_ekinlar #Jizzax

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.

Kuni kecha, Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.

🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta’kidladi.

🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi.

#moyli_ekinlar #Jizzax #Seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧅 GEKTARIDAN 150 TONNAGACHA PIYOZ YETISHTIRIB OLAYOTGAN JIZZAXLIK FERMER

O‘zbekistonda piyozning yangi, serhosil va turli muddatlarda yetishtirishga mos navlarini yaratish, urug‘idan, ko‘chatidan hamda no‘shidan yetishtirishda takomillashgan texnologiyalarni, xususan suv tejovchi texnologiyalar — tomchilatib, yomg’irlatib sug’orish tizimini qo‘llash orqali hozirgi kunda bir qator fermerlarimiz piyozdan yaxshi hosil olishmoqda.

🔸 Jizzax viloyati, Zomin tumani, Chorvador QFY hududidagi "Jilg'alisoy shabadasi" fermer xo`jaligi rahbari Baxtiyor Mirzayev joriy yilda piyoz hosilidan gektaridan 24-25 tonna emas, 150 tonnaga yaqin hosil olishga erishdi. Bunday yuqori natijaning zamirida esa, tomchilatib sug’orish texnologiyalarini fermer xo’jalikda joriy etilishi yotadi.

Bundan tashqari Baxtiyor Mirzayev fermer xo’jaligida piyoz urug’ini ham o’zi yetishtirmoqda. Bunda ekspertbop, eng sifatli piyozlar saralab olinib, yerga qadaladi. Bu esa, piyoz urug’idan yuqori hosil olishga zamin yaratadi.

Chorvador QFY hududidagi mahalliy aholi ham fermer xo’jaligidan mamnun. Boisi, mavsumiy ishchilar piyoz yig’ish jarayonida kunlik 150 mingdan 200 ming so’mgacha pul ishlashmoqda.

📈 So‘nggi yillarda piyoz navlarini ekish va parvarishlashda innovatsion resurs tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, yaʼni yuqori hosildor navlarni ekish, yomg‘irlatib, tomchilatib sug‘orish tizimini joriy qilish orqali mineral o‘g‘itlar sarfini kamaytirish, kasallik va zararkunandalarga o‘z vaqtida ishlov berish kabi agrotexnik tadbirlarni sifatli bajarish orqali yuqori hosildorlikka erishilmoqda.

#piyoz #Jizzax

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM