QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
20.2K photos
2.56K videos
7 files
8.58K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qovun #navlari
🍈 ENG SHIRIN VA EKSPORTBOP QOVUNLARNI TATIB KO‘RGANMISIZ?

🔸 Jahondagi eng yaxshi va shirin qovunlar O‘zbekistonda yetishtiriladi.
🔸 Markaziy Osiyoda qovun eng ko‘p yer maydoniga ekilishi jihatidan poliz mahsulotlari orasida 1-o‘rinda turadi.
🔸 Qovun urug‘ining unib chiqishi uni ekish muddatini to‘g‘ri belgilanishiga bog‘liq.
Shu kabi qovun to‘g‘risidagi eng muhim maʼlumotlar maqolamizda.
_________

#дыни #сорта
🍈 А ВЫ ПРОБОВАЛИ САМЫЕ СЛАДКИЕ ДЫНИ, КОТОРЫЕ ОТПРАВЛЯЮТ НА ЭКСПОРТ?

🔹 В Узбекистане выращивают самые лучшие и сладкие дыни в мире.
🔹 В Средней Азии бахчевые культуры занимают 1-е место среди сельскохозяйственных продуктов по высаживаемой площади.
🔹 Всхожесть семян дыни зависит от правильных сроков ее посадки.
Интересную информацию о дынях читайте в нашем материале.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
#qovun#navlari

🍈 O‘zbekistonda handalak, yozgi eti yumshoq, yozgi eti qattiq, kuzgi, qishga saqlanadigan qovun turlari ekiladi. Har bir turning ko‘plab navlari mavjud.

Ular bir-biridan qanday farq qiladi?
Sevimli qovuningizni o‘ziga xosligi haqida bilasizmi?
Barchasi haqida batafsil maqolamizda berilgan.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
KECHPISHAR QOVUN NAVLARINI SAQLASH

🛡 Saqlash usuli. Sentyabr oyida kechpishar navlar daladan terib olingach, qamishdan yasalgan maxsus qo‘g‘alarga bog‘lanadi. Qamish iyul oyida ko‘llar, kanallardan o‘rib olinadi va suvga ivitilib, bo‘laklarga bo‘lib chiqiladi. Keyin yerga to‘shab, eziladi. Ulardan bir necha yil davomida foydalanish mumkin.

Qovun qo‘g‘alarga bandi pastga qaratilgan holda bog‘lanadi va yog‘och to‘sinlarga terib chiqiladi. Shu tariqa mahsulot may oyigacha saqlanadi.

👉Batafsil

🌐To‘liq video

#qovun #saqlash #nav #kechpishar
*****
ХРАНЕНИЕ ПОЗДНЕСПЕЛЫХ ДЫНЬ

🛡 Способ хранения. В сентябре позднеспелые сорта собирают с поля и обвязывают специальным поясом (ремнем), сделанным из листьев камыша. Камыш – длинное и прямое многолетнее растение с пористой и мягкой внутренней частью. В июле на озерах и каналах его собирают, охлаждают в воде и режут на полоски. Затем высушивают на земле.
Такие полоски из камыша можно использовать несколько лет.

На дыне делается пояс (ремень) из полосок камыша и плод вывешивается вниз.
Дыни на таких ремнях привязываются к деревянным перекладинам. Таким образом продукт хранится до мая.

👉Подробнее

🌐Полное видео

#дыня #хранение #сорта #позднеспелый

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SHEROBODDA QOVUN PISHDI

🍈Sherobodlik dehqonlar yana ilg‘orlikni boy berishmadi. Mavsumning yangiligi bo‘lgan qovun pishiqchiligi aynan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida boshlandi. Qishning so‘nggi kunlarida yerga urug‘i qadalgan qovunlar hozirda pishib, ko‘zni quvnatmoqda.

Plyonka ostiga ekilgan qovun urug‘lari dehqonlarning sa'y-harakatlari bilan sovuqdan, jala va do‘ldan himoya qilindi. Buni qarangki, may oyining dastlabki o‘n kunligida qovunlar pishib, fermer xo‘jaligi tomonidan mahalliy bozorlarimizga yetkazilmoqda.

Bu maydonda ekilgan “Dakara” navli qovun erta pisharligi bilan ajralib turadi. Qovun, tarvuz kabi poliz ekinlari ekilgan maydonda doimiy ravishda 11 kishi, mavsumda esa 50-70 nafargacha ishchilar mehnat qilishmoqda. Ayni kunlarda maydonning har gektaridan 30 tonnagacha hosil olinmoqda.

#qovun #hosil #Dakara #Sherobod #Surxondaryo
*****
СОЗРЕЛИ ДЫНИ В ШЕРАБАДЕ

🍈Фермеры из Шерабада как всегда в авангарде. Созревание дыни, как обычно, началось в Шерабадском районе Сурхандарьинской области. Дыни, семена которых были высажены буквально в последние дни зимы, сейчас созревают и радуют глаз.

Семенной материал, посаженный под пленку, стараниями фермеров был под защитой от холода, дождя и града. Каждый раз это впечатляет, когда в первой декаде мая созревают дыни и начинают поставляться на наши рынки.

Высаженный на этой территории сорт дыни «Дакара» отличается скороспелостью. На площадях,где выращивают арбузы и дыни, постоянно работают 11 человек, а в сезон число работников доходит до 50-70 человек. В эти дни с каждого гектара собирают до 30 тонн продукции.

#дыня #урожай #Шерабад #Сурхандарья

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
POLIZ MAHSULOTLARI EKSPORTI DAVOM ETMOQDA

🍉Bugungi kunda O‘zbekistonning meva-sabzavot va poliz mahsulotlariga xorijda o‘ziga xos talab shakllanib ulgurdi. Yangi bozorlarda esa ayni mahsulotlarga bo‘lgan qiziqish tobora o‘sib bormoqda. Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov ishchi tashrif doirasida Surxon zaminining qishloq xo‘jaligi imkoniyatlari bilan tanishuvini davom ettirdi. Sohadagi rivoj va taraqqiyot omillariga diqqatini qaratdi.

Termiz tumani misolida fikrimiz davom etadi. Tadbirkor Azamat Musurmonov umumiy maydoni 7 gektarlik yerni ijaraga olib, tarvuz va qovun urug‘larini qadagan. 5 gektar yerga ekilgan “Dolbi” navli tarvuz 70 kunda pishib yetilgan. Gektaridan 50 tonnaga yaqin hosil olish mo‘ljali bor. Shunday chiqayapti ham. 1 ta ko‘chat o‘rtacha 18-20 kilogramm mahsulot bermoqda. Bozordagi narxdan hisob-kitob qilsak, gektaridan 500 million so‘mga yaqin daromad ko‘rish mumkin.

#vazir #tashrif #tarvuz #qovun #Surxondaryo #eksport
*****
ПРОДОЛЖАЕТСЯ ЭКСПОРТ БАХЧЕВОЙ ПРОДУКЦИИ

🍈В рамках рабочего визита министра сельского хозяйства Азиза Воитова продолжилось знакомство с сельскохозяйственным потенциалом Сурхандарьинской области. Руководитель профильного министерства обратил особое внимание на факторы развития и прогресса в сфере.

Предприниматель Азамат Мусурманов арендовал 7 гектаров земли и высадил семена арбузов и дынь. Арбуз сорта «Долби», размещенный на 5 гектарах земли, созрел за 70 дней. Планируется собрать по 50 тонн с гектара. Один саженец дает в среднем 18-20 килограммов продукции. Если просто посчитать по рыночной цене, то прибыль должна составить около 500 миллионов сумов с гектара.

#министр #визит #арбуз #дыня #Сурхандарья #экспорт

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
MEHNATI BILAN “TEMIR DAFTAR”DAN CHIQQAN AYOL

🫑Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumani “Poloson” qishlog‘i aholisi tomorqadan samarali va unumli foydalanib kelayotgan mirishkorlardan sanaladi. Ular qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekishga va mo‘maygina hosil olishga erishishmoqda. Jumladan, polosonlik Tursunoyxon Alimqulova ham yerga bo‘lgan mehri va mehnati ortidan issiqxona barpo etib, qovun, bulg‘or qalampiri ko‘chatlarini yetishtirdi.

Oila a’zolarining tinimsiz mehnatlari o‘z mevasini berdi. O‘tgan yilgi daromad yomon bo‘lmadi: xonadonda chorva mollari soni ortdi. Uch yil oldin “Temir daftar”ga kiritilgan Tursunoyxon opa ishning ko‘zini bilishi, mehnatdan bo‘yin tovlamasligi tufayli ushbu daftardan chiqib ketgan yurtdoshlarimizdan biridir.

#qishloq_xojaligi #tomorqa #qovun #bulgor_qalampiri #hosil #temir_daftar
*****
ЖЕНЩИНА, КОТОРАЯ БЛАГОДАРЯ СВОЕМУ ДЕЛУ ВЫШЛА ИЗ СПИСКА «ЖЕЛЕЗНОЙ ТЕТРАДИ»

🍈Жители села Полосон Алтыарыкского района Ферганской по праву считаются опытными земледельцами, эффективно и продуктивно использующими свои подсобные хозяйства. Они прекрасно возделывают свои угодья и получают хороший урожай. Например, Турсунойхон Алимкулова благодаря своей любви к земле и трудолюбию построила теплицу и вырастила рассаду дынь и болгарского перца.

Турсунойхон опа, три года назад включённая в реестр, нуждающихся в социальной поддержке, одна из тех, кто сумел благодаря своим стараниям и упорству покинуть список в «Железной тетради».

#сельское_хозяйство #теплицы #дыня #болгарский_перец #урожай

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
XORAZMDA QOVUN SAYLI O‘TKAZILADI

🍈Keyingi yillarda Xorazm viloyati hududida an’anaviy o‘tkazilib kelinayotgan Qovun sayli” festivali viloyatga tashrif buyurayotgan mahalliy hamda chet ellik sayyohlarga unutilmas taassurotlar ulashmoqda.

Bu galgi Qovun sayli” festivali ham joriy yilning 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahridagi Ichan-qal’a davlat muzeyi qo‘riqxonasi hududida bo‘lib o‘tadi.

Madaniyat va turizm vazirligi hamda Xorazm viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etilayotgan mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad viloyatning agroturizm salohiyatini namoyish etish, hududning qadimiy polizchilik tajribasi, shirin-shakar qovun-tarvuzlari va bog‘dorchilik mahsulotlarining noyob turlari va navlarini keng ommalashtirishdan iboratdir.

Festivalda qovunlarning «Gurvak», «Qilichboy beshak», «Qari qiz», «Tuya qovun», «To‘yona», «Ola zamcha», «Xorazm oq novvoti», «Ko‘k gulobi», «Bo‘rikalla» kabi bir-biridan totli yuzlab navlari namoyish qilinadi.

Bundan tashqari, bu yerda turli meva-sabzavotlar, qandolat va asalarichilik, hunarmandchilik, chorvachilik va baliqchilik mahsulotlari ko‘rgazmalari ham tashkil etiladi.

Sizni unitilmas qovun saylida kutamiz!

#qovun #festival

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALI OʻTKAZILMOQDA

🍈Xorazm viloyati Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bugun yurtimizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar bilan gavjum. Ayni paytda bu yerdaQovun sayli” festivali oʻtkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Mazkur festivalda ishtirok etayotgan yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar barcha viloyatlarning ko‘rgazma pavilyonlari bilan tanishib, viloyatlar milliy folklor guruhlarining chiqishlarini tomosha qilishlari hamda hududlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ta’tib ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, festival mehmonlari gastro-turizm pavilyonlari bilan tanishish, karving mahorat darslarida ishtirok etish, Make photo&Selfie” hududida suratlarga tushish, milliy liboslar ko‘rgazmalari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar, jumladan, kurash, dor o‘yini va boshqa musobaqalarni tomosha qilishlari ham mumkin.

Birozdan so‘ng “Polvon” darvoza oldi, “Alleya” maydoni markazidaQovun sayli” festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XIVADA TILIMI TILNI YORADIGAN QOVUNLAR NAMOYISH ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek qadimiy Xiva shahrida an’anaviy Qovun sayli” festivali o‘tkazilmoqda.

🍈Tadbirning rasmiy ochilish marosimi hozirgina tugadi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarniing nafaqat agrar soha balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Qovun sayli” festivalida mezbon Xorazm viloyati bobodehqonlari 1000 tonnaga yaqin  mahalliy Gurvak navli qovun turlari, 400 tonnadan ortiq tarvuz, 200 tonna oshqovoq va 100 tonnadan ortiq meva-sabzavotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Qovun sayli-2023” xalqaro festivali yakunida  ishtirokchilar orasidan  quyidagi nominatsiyalar boyicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟠Qovunchilikda yangi innnovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
🟠Qovunchilikda yangi navlarni mahalliylashtirish;
🟠Qovunchilikda eng yuqori hosildorlikka erishish;
🟠Qadimiy an’anaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklash;
🟠Eng yaxshi yosh qovunchi fermer.

Festival g‘oliblariga Gentra, Nexia-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar topshiriladi.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🍈 "Qovun sayli-2023" festivalining rasmiy ochilish marosimidan yorqin lahzalar
Xiva 12.08.2023

🍈 Яркие моменты с официальной церемонии открытия фестиваля «Ковун Сайли-2023»
Хива 12.08.2023

#qovun_sayli #Xiva #festival

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rangni quyoshdan olar, shirini tilni yorar

#kun_fotosi #qovun

Яркие как солнце, сладкие как мёд.

#фото_дня #дыня

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar 24” informatsion dasturida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani chekka ovuli Beltov qishlog‘ida pishib yetilgan pomidor va qovunlar hudud ehtyojini ta’minlashdan tashqari qo‘shni mamlakatlarga ham yetkazib berilayotgani haqida lavha efirga uzatildi.

Unda Taxtako‘pir tumani Beltov qishlog‘i hududida yillar davomida begona o‘t qoplagan 1000 gektarga yaqin yer bugungi kunda gullagan bog‘larga aylantirilgani va ayni kunlarda dalalarda ish jarayoni qizg‘in davom etib mahalliy aholi ommaviy ravishda yig‘im-terim mavsumida pishib yetilgan pomidorni qadoqlayotgani haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Yangiliklar_24 #pomidor #qovun

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM