QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
15.7K subscribers
25.2K photos
2.75K videos
7 files
9.73K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Moyli ekinlar: sara urug‘ va zamonaviy yondashuv – mo‘l hosil garovi

Avval xabar berganimizdek, Jizzax viloyatida “Respublikada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish” mavzusida respublika ilmiy-amaliy ko‘rgazmali seminari tashkil etildi.

Seminarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari boshliqlari, Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi, Urug‘chilikni rivojlantirish markazi, elita urug‘chilik va fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda ilmiy muassasalar olimlaridan iborat 300 nafarga yaqin soha mutaxassislari ishtirok etdi.

🌱 Aytish kerakki, so‘nggi yillarda moyli ekinlar maydoni 2,2 barobarga kengaydi. Hosildorlik oshib, o‘simlik yog‘i importi 2020 yilga nisbatan 75 ming tonnaga kamaydi. Natijada 73 mln dollar tejab qolindi.

Seminarda ta'kidlanganidek, respublikada moyli ekinlarning 112 ta (shundan 44 ta xorijiy), jumladan, soyaning 32 ta, kungaboqarning 69 ta, zig‘irning 3 ta, maxsarning 5 ta va kunjutning 3 ta nav va duragaylari ekilmoqda.

Seminar doirasida ishtirokchilar Paxtakor va G‘allaorol tumanlaridagi klasterlar va elita urug‘chilik xo‘jaliklari dalalarida ham bo‘lishib bu yerda yetishtirilayotgan moyli ekinlar ularning hosildorlik darajasi bilan yaqindan tanishishdi.

Seminar yakunida har bir hududda Jizzax tajribasi asosida plantasiya usulida qishloq xo‘jaligi, xususan moyli ekinlar urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish orqali fermerlarga sara urug‘liklarni yetkazib berishni tashkil etish belgilab olindi.

#moyli_ekinlar #Jizzax

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌱 Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va mahsulot
ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha amalga
oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida

Hozirgi kunda respublikamizda haydaladigan lalmikor ekin maydonlari qariyb 800 ming gektarni tashkil etadi. Bunday maydonlarda moyli, dukkakli va ozuqabop ekinlar yetishtirish va ulardan hosil olish aholining turmush darajasini oshirish bilan birga hududdagi fermer xo‘jaliklarining iqtisodiy ahvolini yaxshilaydi.

Kuni kecha, Jizzax viloyatida moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish hamda ishlab chiqarishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan respublika ko‘rgazmali seminari bo‘lib o‘tdi.

Moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish va ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha respublika ko‘rgazmali seminari qishloq xo‘jaligi sohasi rahbariyati va mutasaddilarini, butun respublikadan moyli ekinlar ekishga ixtisoslashgan xo‘jaliklar vakillarini, shu sohada ilmiy izlanishlar olib borayotgan olimlar hamda mutaxassislarni jamladi.

🔰 Tadbirda qatnashgan Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashda moyli ekinlar ekish va ishlab chiqarishni kengaytirishning ahamiyati xususida to‘xtaldi. Bu borada moyli ekinlar urug‘chiligini rivojlantirish birlamchi ustuvorlikka ega ekanligini ta’kidladi.

🌻 Seminarda kungaboqar, soya, maxsar kabi moyli ekinlarning qishloq xo‘jaligi ekini sifatida ekilishi mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilibgina qolmay, fermerning o‘ziga yaxshigina foyda keltirishi ham isbotlab berildi.

#moyli_ekinlar #Jizzax #Seminar

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM