CHORVACHILIK – MASHAQQATLI, AMMO SERDAROMAD SOHA
Navoiylik tadbirkorlar, mamlakatimiz iqtisodiyotida qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat va chorvachilik sohalarining o‘rnini to‘g‘ri tushungan holda, fermer xo‘jaliklarida yirik va mayda shoxli qoramol parvarishlab, aholi dasturxoniga sut va go‘sht mahsulotlarini taqdim etish yo‘lida unumli mehnat qilib kelmoqdalar. Buni Navoiy viloyati Qiziltepa tumani “Yangi asr” fermer xo‘jaligi faoliyati misolida ham ko‘rishimiz mumkin.
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitovning Navoiy viloyatidagi navbatdagi manzili aynan mana shu “Yangi asr” fermer xo‘jaligi bo‘ldi.
Xo‘jalik qoshidagi fermada, asosan, sut yo‘nalishida yirik shoxli qoramollar parvarishlanadi. Ularning barchasi xorijdan keltirilgan sersut naslli chorva bo‘lib, fermer xo‘jaligida joriy etilgan zamonaviy texnologik ish usullari tufayli qisqa fursatda bir necha barobarga ko‘paygan.
O‘z o‘rnida vazir Aziz Voitov chorvachilik fermasidagi ish jarayoni va ishlab chiqarishga joriy etilgan ilg‘or texnologiyalar bilan tanishar ekan, ishlab chiqarishning uzviyligini ta’minlash, fermer xo‘jaligi faoliyatini yanada kengaytirish yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.
#chorvachilik #yangiasr
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM