NASLCHILIK XO‘JALIGI MAQOMINI BERISH TARTIBI BELGILANDI
“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi”ni 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish belgilab qo‘yilgandi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror (449-son, 05.09.2023 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, naslchilik xo‘jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko‘rsatilgan muayyan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayyan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga qarab beriladi.
Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXP my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘tadi.
📝 So‘rovnoma to‘ldirilib, unga quyidagilar ilova qilinadi:
🟢 naslchilik zavodi, naslchilik xo‘jaligi, genofond xo‘jaligi maqomini olishga talabgorlar uchun — so‘nggi 3 yilda o‘tkazilgan naslli mahsulotlar (materiallar) bonitirovkasi natijalari bo‘yicha ma'lumotnomalar nusxasi;
🟢 nasldor chorva hayvonlarining identifikatsiya qilinganligi to‘g‘risidagi ma'lumot;
🟢 tegishli chorva hayvonlari turlari bo‘yicha naslchilik xo‘jaligi maqomini olish uchun minimal talablarga muvofiqligi bo‘yicha talabgor tomonidan tasdiqlangan ma'lumotlar.
👉 Batafsil
#milliy_strategiya #naslchilik_xojaliklari #chorvachilik
🌐 Website💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram
“Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirishning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan milliy strategiyasi”ni 2022-2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da naslchilik xo‘jaliklari maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishni biznes jarayonlarini modernizatsiyalash usullarini (BPR) qo‘llash orqali maqbullashtirish belgilab qo‘yilgandi.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish yo‘lida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qaror (449-son, 05.09.2023 y.) qabul qilindi. Qaror bilan Naslchilik xo‘jaligi maqomini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, naslchilik xo‘jaligi maqomi talabgorning murojaatida ko‘rsatilgan muayyan toifaga mansub zotdagi chorva hayvonlari (yovvoyi va xonaki hayvonlar, shuningdek, parrandalar, baliqlar, muayyan hayvonlar hamda asalarilar) turiga yoki faoliyat yo‘nalishiga qarab beriladi.
Talabgor yoki uning vakili davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki YaIDXP my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘tadi.
#milliy_strategiya #naslchilik_xojaliklari #chorvachilik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM