QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.7K photos
2.69K videos
7 files
9.38K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥“O‘zbekiston 24” telekanalining “Yangiliklar” dasturida “Limonchilikni rivojlantirish istiqbollari” mavzusida lavha efirga uzatildi.

Unda aholining tadbirkorlik tashabbuslarini moliyaviy qullab-quvvatlash va qo‘shimcha imkoniyatlar natijasida respublikamiz hududlarida tashkil etilayotgan tomorqa klasterlari xususida fikr-mulohazalar bildirilgan.

Lavhada Namangan viloyatida tashkil etilgan "Norin tomorqa klasteri" faoliyati hamda tumandagi Boyovul mahallasining 430 ta xonadonidagi issiqxonalarda limon va limon ko‘chatlari yetishtirilayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

#repost #Ozbekiston_24 #Limonchilik

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
QISHLOQ XO‘JALIGI SOHASIDAGI IMTIYOZLARDAN XABARDORMISIZ?

📝Davlatimiz tomonidan qishloq xo‘jaligida mehnat qilayotgan fermer-dehqonlar, agrofirmalar uchun qator imtiyozlar berilgan. Afsuski, hamma ham ulardan xabardor emas. Bugungi jamlanmamizni bilmaganga – yangilik, bilganga eslatma o‘laroq taqdim etamiz.

🍋Limonchilik. Yangi limonzorlar barpo etish va ko‘chatlar xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar har bir sotix uchun 300 ming so‘mgacha miqdorda subsidiya sifatida qoplab beriladi. Subsidiya limonzorlar barpo etish ishlari yakunlanib, tuman ishchi komissiyasining ularni foydalanishga qabul qilish yuzasidan tasdiqlangan dalolatnomalari Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga taqdim etilgandan so‘ng 1 oy muddatda ajratiladi.

🚜Paxtachilik. Qonunchilikka ko‘ra, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilinadigan jismoniy shaxslarning paxta terish orqali topgan daromadiga soliq solinmaydi. Shuningdek, paxta yig‘im-terimi bo‘yicha mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslarning bu ishlarni bajarganligi uchun mehnat haqi to‘lashga doir xarajatlar ijtimoiy soliq solish obyekti hisoblanmaydi.

🐄Chorvachilik. Yaqinda qabul qilingan Prezident qaroriga ko‘ra, chorvachilik klasterlariga:

🟢60 million AQSh dollari miqdorida kreditlar ajratiladi;
🟢paxta va g‘alla ekin maydonlarini qisqartirish hisobiga har bir tumanda kamida 100–150 gektar maydon ozuqabop ekinlar ekish uchun ajratiladi.

👉Batafsil

#qonunchilik #subsidiya #kreditlar #agrobiznes #limonchilik #paxtachilik #chorvachilik

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM