QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.2K subscribers
19.5K photos
2.52K videos
5 files
8.34K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yeryongoq #yetishtirish #foydasi

YERYONG‘OQ: NAVLARI VA YETISHTIRISH, FOYDALI XUSUSIYATLARI

🥜 Respublikada 2022-yil hosili uchun asosiy va takroriy maydonlarda yeryong‘oq ekinini prognoz ko‘rsatkichlari jami 34189 gektar etib belgilangan. Shundan 7402 gektar asosiy, 26787 gektar takroriy ekin sifatida foydalaniladi. Ushbu maydonlardan jami 86434 tonna hosil olish rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 19 441 tonnasi asosiy, 66 994 tonnasi takroriy maydonlar hisobiga to‘g‘ri keladi.

👉 Ushbu ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan yeryong‘oq ekinini foydali xususiyatlari, uni ekish, parvarishlar va hosilini yig‘ishtirish bilan bog‘liq barcha maʼlumotlarni bizning maqolamizda o‘qing.

WWW /TELEGRAM /FACEBOOK/
YOUTUBE /INSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
TAKRORIY EKIN: YERGA KONI FOYDA, DEHQONGA DAROMAD

🌱Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanidagi «Abdumo‘min Jo‘rayev» fermer xo‘jaligi bugun yerdan unumli foydalanib, takroriy ekin ekayotgan mirishkorlar jamoasi sanaladi.

Fermer xo‘jaligi 2006-yilda tashkil etilgan. Bu yil fermer xo‘jaligi uchun omadli keldi. Fermer xo‘jaligiga qarashli 60 gektar yer maydonida paxta-g‘alla ekinlari ekilgan bo‘lsa, shundan 27 gektari donga ajratilgan. Hosil mo‘l bo‘ldi, yer maydonining har bir gektaridan 60-70 sentnerdan, umumiy hisobda 105 tonna g‘alla hosili yig‘ishtirib olindi. G‘alladan bo‘shagan yerlarning 20 gektariga takroriy ekin sifatida yeryong‘oq ekilmoqda. Ushbu ekin gektaridan 3,5 tonnadan hosil beradi. Gektaridan 10-15 million sof daromad olinadi.
*****
ПОВТОРНЫЕ КУЛЬТУРЫ: ПОЛЕЗНО ДЛЯ ЗЕМЛИ, ВЫГОДНО ФЕРМЕРУ

🌱Фермерское хозяйство «Абдумумин Джураев» Джаркурганского района Сурхандарьинской области благодаря эффективной организации работы регулярно высаживает повторные культуры.

Этот год для хозяйства, образованного в 2006 году, стал удачным. 60 га земельных площадей отведены под хлопчатник и зерновые. Из них 27 га выделены непосредственно под колосовые. Урожай был обильный, с каждого гектара собрано по 60-70 центнеров зерна, всего 105 тонн. На 20 га освободившихся от пшеницы, в качестве повторной культуры посажен арахис. Урожайность его составляет 3,5 тонны с гектара, а это ни много ни мало 10-15 миллионов чистой прибыли.

#takroriy_ekin #paxta_galla #yeryongoq #Surxondaryo #повторные_культуры #хлопчатник #зерновые #арахис #Сурхандарья

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YERDAN UNUMLI FOYDALANISH UCHUN POLIZ EKINLARI EKILMOQDA

🍈Navoiy viloyatining Nurota tumanida qishloq xo‘jaligining asosiy yetakchi tarmoqlaridan biri bo‘lgan bog‘dorchilik, sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarilishi hamda mahsulotni qayta ishlash va eksportga yo‘naltirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni jorish etish borasida zaruriy tavsiyalar berilmoqda.

Tumanda joriy mavsumda asosiy maydonlarga 192 gektar hamda bog‘-tok qator oralariga 93 gektar qovun, tarvuz va qovoq mahsulotlari ekish belgilangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirayotgan dehqonlarimiz 3 gektar maydonga kartoshkaning “Gala” navini ekib, gektaridan 35-40 tonna hosil olib, bozordagi narxlar barqarorligiga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jumladan, tumanda faoliyat olib borayotgan “Sayfiddin To‘xtayev” fermer xo‘jaligi rahbari Sayfiddin aka ham mana besh yildirki, dehqonchilikning hadisini olib, daromad topayotganlardan. Bir qarich yerni ham qarovsiz qoldirmasdan, undan oqilona foydalanish maqsadida fermer xo‘jaligida asosiy ekin maydonlaridan tashqari 1 gektarga yaqin yerda yeryong‘oq, 3 gektarda esa tarvuz, qovun, 4 gektarda makkajo‘xori, 2 gektargan ziyod yer maydonida esa kungaboqar ekildi.

#dehqonchilik #oziq_ovqat #yeryongoq #tarvuz #qovun #kungaboqar #Navoiy

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM