QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti va sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishish, yangi loyihalarni ishga tushirish hamda viloyatni rivojlantirishning muhim masalalarini muhokama qilish maqsadida Buxoro viloyatiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida yurtboshimiz viloyatdagi klaster rahbarlari bilan ham muloqot o‘tkazdi.

#Prezident #tashrif #Buxoro #klaster

https://t.me/shmirziyoyev/15855
PAXTA XOMASHYOSI YETISHTIRUVCHILARNING IMKONIYATLARI YANADA KENGAYTIRILADI

🔰Qishloq xo‘jaligi sohasida uzoqni ko‘zlagan holda amalga oshirilayotgan islohotlar o‘z samarasini berib tizimda yetarlicha natijalarga erishishda muhim omil bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Buxoroga qilgan tashrifi chog‘ida viloyatdagi paxta-to‘qimachilik klasterlari, faol fermerlar va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari bilan o‘tkazgan ochiq suhbatida ham bu alohida e’tirof etildi.

#Prezident #tashrif #Buxoro #klasterlar
*****
ВОЗМОЖНОСТИ ПРОИЗВОДИТЕЛЕЙ ХЛОПКОВОГО СЫРЬЯ БУДУТ РАСШИРЕНЫ

🔰Проводимые в последние годы реформы в области сельского хозяйства уже дают положительные результаты.

Это было отмечено и в открытой беседе президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиеева с фермерами и руководителями дехканских хозяйств, хлопчатобумажных и текстильных кластеров Бухарской области, во время визита президента в Бухару.

#Президент #визит #Бухара #кластеры

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
MIRISHKORDA MIRISHKOR DEHQONLAR VA FERMERLAR UCHUN MANFAATLI SEMINAR O‘TKAZILDI

Joriy yil 24-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatiga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik.

Tashrif davomida davlat rahbari mahallalar hayoti, ta’lim muassasalari va sanoat korxonalari faoliyatini ko‘zdan kechirdi.

Ushbu tashrifdan soʻng Qishloq xoʻjaligi vaziri Aziz Voitov Qashqadaryo viloyati tumanlarida sohadagi islohotlar izchilligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishmoqda. Vazir boshchiligidagi guruh dastlab, Mirishkor tumanida boʻlib, bu yerdagi klasterlar va fermer xoʻjaliklari rahbarlari va mirishkor dehqonlar bilan uchrashdi.

#tashrif #vazir #Qashqadaryo #dehqon #fermer #klasterlar
*****
В МИРИШКОРСКОМ РАЙОНЕ КАШКАДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ ПРОШЕЛ СЕМИНАР ДЛЯ ФЕРМЕРОВ

Как мы сообщали ранее, Президент Шавкат Мирзиёев 24 февраля отбыл в Кашкадарьинскую область для ознакомления с ходом социально-экономических реформ.

После этого визита министр сельского хозяйства Азиз Воитов ознакомился с проводимой работой в районах Кашкадарьинской области по обеспечению системности реформ в сфере.

В первую очередь, группа во главе с министром посетила Миришкорский район и встретилась с руководителями местных кластеров и фермерских хозяйств.

#визит #министр #Кашкадарья #фермеры #кластеры

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish va shu orqali aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini taʼminlash masalalari bevosita agrar sohani boshqarishning zamonaviy yo‘nalishi – klasterlar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmoqda.

Bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasidagi klasterlarning faoliyati va ular yetishtirayotgan mahsulotlarning xilma xilligi, mahalliy bozorlarga hamda eksportga yo‘naltirilayotganidan xabaringiz bor.

Infografikamiz orqali respublikamizdagi ushbu xilma xil yo‘nalishdagi klasterlar va ular yetishtirgan mahsulotlar bo‘yicha maʼlumotlarga ega bo‘lasiz.

#infografika #klasterlar_faoliyati #klaster

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎥Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetining bir guruh talabalari Sirdaryoda bo‘lib, viloyatdagi zamonaviy issiqxonalar, agroklasterlar faoliyati bilan tanishgani haqida “O‘zbekiston 24” telekanalida maxsus reportaj namoyish etildi. Unda talabalarning bulg‘or qalampiri, baqlajon va boshqa sabzavot mahsulotlarini gidroponika usulida yetishtirish va ularni qadoqlash, agroklasterlarda olib borilayotgan ish jarayonlari bilan tanishgani haqida so‘z boradi.

#repost #Ozbekiston_24 #talabalar #IAU #klasterlar #Sirdaryo

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
SURXON DALALARIDA ISH QIZG‘IN

🧑‍🌾Surxondaryo bugun qaynab turgan doshqozonga o‘xshaydi. Bir tomonda g‘alla ko‘zni quvnatsa, bir tomonda paxta ekilmoqda. Issiqdan naf olgan poliz mahsulotlari esa allaqachon dalada bo‘y ko‘rsatgan. Bog‘-u rog‘lar esa ko‘kka burkangan. Dehqon va fermerlar daladan beri kelmaydi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi jamoasi agrar sohadagi qizg‘in ish jarayoni bilan tanishish maqsadida Surxon dalalarida bo‘lib, fermer xo‘jaliklari va klasterlardagi ish jarayonlari bilan tanishdi.

#qishloq_xojaligi #fermerlar #klasterlar #boglar #dehqon

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ILMIY-TADQIQOT INSTITUTIDA YANGI ISHLAB CHIQARISH QUVVATI TASHKIL ETILDI

🚜O‘rta Osiyoda dehqonchilik jarayonlarini mexanizatsiyalash tarixi Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati bilan chambarchas bog‘liqdir.

Institut mamlakatimiz qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash jarayonlarining dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan muhim nazariy, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni bajarish, olingan natijalarni konstruktorlik byurolari, mashinasozlik korxonalari, mashina-traktor parklari, texnik servis tashkilotlari, klasterlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari ishlab chiqarishiga joriy qilish bilan shug‘ullanadi.
*****
В НИИ СОЗДАН НОВЫЙ МИНИ-ЦЕХ

🚜История механизации сельскохозяйственных процессов в Средней Азии тесно связана с деятельностью НИИ механизации сельского хозяйства.

Институт проводит важные теоретические, практические и инновационные исследования, направленные на решение актуальных вопросов механизации сельского хозяйства в нашей стране, после чего занимается внедрением результатов своей научной деятельности в конструкторских бюро, машиностроительном производстве, машинно-тракторных парках, организациях технического обслуживания, кластерах, фермерских и дехканских хозяйствах.

#ilmiy_tadqiqot_instituti #mexanizatsiyalash #mashinasozlik #texnik_servis #klasterlar #fermer_xojaliklari

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM