QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
🌿Dorivor o‘simliklar — davolash yoki kasallikning oldini olish maqsadida xalqona usulda, tibbiyotda yoki veterinariya amaliyotida foydalaniladigan dori vositalarini tayyorlash uchun xomashyo bo‘ladigan o‘simliklarning keng turdagi guruhidan iborat.

Infografikamizda 2023-yilda O‘zbekiston hududida ekilishi rejalashtirilgan dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etamiz. Dorivor ekinlarni ekish uchun ajratilgan umumiy maydon — 17,7 ming gektarni tashkil etadi.

Ushbu maydonlardan jami 20 ming tonna dorivor o‘simliklar hosilini yig‘ib olish rejalashtirilgan. Qizilmiya o‘simligi dorivor o‘simliklar orasida yetishtirish va hosil olish bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

Qizilmiya — dukkaklilar oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik. U dorivorlik xususiyatiga ega, oziq-ovqatda ishlatiladigan o‘simlik sifatida ham keng qo‘llaniladi. Uni bargli sabzavot ekini va ko‘pikli vosita, texnik o‘simlik sifatida foydalanish uchun o‘stiriladi.

#Dorivor_osimliklar #qizilmiya #namatak #kavrak #kovul

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM