QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев Янгиариқ туманидаги “Global Food Impeks” масъулияти чекланган жамият томонидан ташкил этилган замонавий иссиқхонани кўздан кечирди.
Бу ерда қисқа вақт ичида 480 минг долларлик экспорт қилинди.
Иссиқхона деталларини ишлаб чиқаришни маҳаллийлаштириш, маҳсулотларни бозор талабидан келиб чиқиб қайта ишлашни йўлга қўйиш бўйича топшириқлар берилди.

Президент Шавкат Мирзиёев осмотрел современную теплицу общества с ограниченной ответственностью “Global Food Impeks” Янгиарыкского района.
За короткое время экспорт компании составил 480 тысяч долларов.
Даны поручения по локализации производства тепличных конструкций, налаживанию переработки продукции с учетом рыночного спроса.


#Mirziyoyev #safar #Xorazm #qishloqxujaligi

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келиб, Хонқа туманидаги инновацион иссиқхонани бориб кўрди.
205 млрд сўмдан зиёд маблағ эвазига ташкил этилган мазкур иншоотда бешинчи авлод технологиялари қўлланган.
Давлатимиз раҳбари мажмуанинг афзалликлари ва иш жараёни билан танишди, бу ердаги тажрибани кенг жорий этиш, тадбиркорларга етказиш муҳимлигини таъкидлади.
Шу ерда қишлоқ хўжалигида амалга ошириладиган лойиҳалар ҳамда ёшлар бўйича тадқиқотлар тақдимотлари ўтказилди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Хорезмскую область и посетил инновационный тепличный комплекс в Ханкинском районе.
Объект стоимостью более 205 млрд сумов возведен по технологиям пятого поколения.
Глава государства ознакомился с преимуществами и рабочими процессами в комплексе, указал на важность широкого распространения данного опыта, обучения предпринимателей.
Здесь же состоялись презентации проектов для реализации в сельском хозяйстве и результатов исследований по молодежи.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #issiqxona
Урганч шаҳрида Хоразм вилояти фаоллари ва тармоқлар мутасаддилари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтмоқда.
Президент Шавкат Мирзиёев йиғилиш аввалида хоразмлик деҳқон ва фермерларни, бутун меҳнаткаш халқимизни Қишлоқ хўжалиги ходимлари куни билан яна бир бор табриклади.
Давлатимиз раҳбари «маҳалла раиси - ислоҳотчи» тамойили асосида ижтимоий муаммоларни ҳал қилиш бўйича янги тизим жорий этилишини таъкидлади.

В городе Ургенче проходит совещание с участием актива Хорезмской области и ответственных лиц отраслей.
В начале совещания Президент Шавкат Мирзиёев вновь поздравил хорезмских дехкан и фермеров, весь наш трудолюбивый народ с отмечаемым сегодня Днем работников сельского хозяйства.
Глава государства отметил, что будет внедрена новая система решения социальных проблем на основе принципа «председатель махалли - реформатор».

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #faollar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
XIVADA “QOVUN SAYLI” FESTIVALI OʻTKAZILMOQDA

🍈Xorazm viloyati Xiva shahrining “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi bugun yurtimizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar bilan gavjum. Ayni paytda bu yerda “Qovun sayli” festivali oʻtkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha hududlaridan kelgan mirishkor dehqonlar o‘zlari yetishtirgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

Mazkur festivalda ishtirok etayotgan yurtdoshlarimiz va xorijlik mehmonlar barcha viloyatlarning ko‘rgazma pavilyonlari bilan tanishib, viloyatlar milliy folklor guruhlarining chiqishlarini tomosha qilishlari hamda hududlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlaridan ta’tib ko‘rishlari mumkin.

Bundan tashqari, festival mehmonlari gastro-turizm pavilyonlari bilan tanishish, karving mahorat darslarida ishtirok etish, Make photo&Selfie” hududida suratlarga tushish, milliy liboslar ko‘rgazmalari, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy o‘yinlar, jumladan, kurash, dor o‘yini va boshqa musobaqalarni tomosha qilishlari ham mumkin.

Birozdan so‘ng “Polvon” darvoza oldi, “Alleya” maydoni markazida “Qovun sayli” festivalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
XIVADA TILIMI TILNI YORADIGAN QOVUNLAR NAMOYISH ETILMOQDA

Avval xabar berganimizdek qadimiy Xiva shahrida an’anaviy “Qovun sayli” festivali o‘tkazilmoqda.

🍈Tadbirning rasmiy ochilish marosimi hozirgina tugadi. Unda so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarniing nafaqat agrar soha balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

“Qovun sayli” festivalida mezbon Xorazm viloyati bobodehqonlari 1000 tonnaga yaqin  mahalliy Gurvak navli qovun turlari, 400 tonnadan ortiq tarvuz, 200 tonna oshqovoq va 100 tonnadan ortiq meva-sabzavotlari bilan ishtirok etishmoqda.

“Qovun sayli-2023” xalqaro festivali yakunida  ishtirokchilar orasidan  quyidagi nominatsiyalar boyicha g‘oliblar aniqlanadi:

🟠Qovunchilikda yangi innnovatsion texnologiyalarni joriy qilish;
🟠Qovunchilikda yangi navlarni mahalliylashtirish;
🟠Qovunchilikda eng yuqori hosildorlikka erishish;
🟠Qadimiy an’anaviy Xorazm qovunlari navlarini tiklash;
🟠Eng yaxshi yosh qovunchi fermer.

Festival g‘oliblariga Gentra, Nexia-3, Spark, Damas avtomobillari hamda qimmatbaho sovg‘alar va tashakkurnomalar topshiriladi.

#qovun_sayli #festival #Xorazm

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
XORAZMDA QOVUN SAYLI BAYRAMONA RUHDA O‘TDI

Avval xabar berganimizdek, 12-13-avgust kunlari Xorazm viloyati Xiva shahrining «Ichan qal’a» davlat muzey-qo‘riqxonasida «Qovun sayli» festivali o‘tkazildi.

Tadbirning rasmiy ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov sohada so‘nggi yillarda erishilayotgan yutuqlar, o‘tkazilayotgan bunday festivallarning nafaqat agrar soha, balki turizm sohasi rivojidagi ahamiyati, poliz ekinlari, xususan qovun navlarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida so‘z yuritdi.

Festivalda qovunlarning “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi”, “Bo‘rikalla” kabi bir-biridan shirin o‘nlab mahalliy navlari namoyish qilindi.

#festival #qovunsayli #Xorazm

В ХОРЕЗМЕ В ПРАЗДНИЧНОМ ДУХЕ ПРОШЕЛ ФЕСТИВАЛЬ ДЫНИ

Как сообщалось ранее, 12-13 августа в государственном музее-заповеднике «Ichan-qal’a» города Хивы Хорезмской области прошел фестиваль дыни «Qovun sayli».

Выступая на официальной церемонии открытия мероприятия, министр сельского хозяйства Республики Узбекистан Азиз Воитов рассказал о достижениях в отрасли за последние годы, о проводимой работе по увеличению урожая, значении проведения таких фестивалей не только в аграрной сфере, но и в сфере туризма.

На фестивале были представлены десятки различных местных сортов , такие как “Gurvak”, “Qilichboy beshak”, “Qari qiz”, “Tuya qovun”, “To‘yona”, “Ola zamcha”, “Xorazm oq novvoti”, “Ko‘k gulobi” и “Bo‘rikalla”.

#фестиваль #qovunsayli #Хорезм


🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ASALDAN TA’M OLGAN “GURVAK” QOVUNI
 
Ma’lumki, Xorazm viloyati qadimdan qovunchilik bilan dong taratgan. Bu zaminning mazasi tilni yoradigan har xil navdagi qovunlari e'zozlanadi.

Bu yerda qovunning 125 ga yaqin navlari yetishtiriladi. Xorazm viloyatida xizmat safarida bo‘lgan ijodiy guruhimiz Xiva tumanidagi “Xorazm organik melon” fermer xo‘jaligi qovun dalasida bo‘lishdi. Fermer xo‘jaligi rahbari Ollobergan Olloberganov bilan “Gurvak” qovunini yetishtirish sir-asrorlari haqida suhbatlashdik.

#Xorazm_qovunlari #gurvak

🌐Website💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига ташрифи доирасида “Хива кластер” масъулияти чекланган жамиятининг тўқимачилик корхонаси фаолияти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев в ходе поездки в Хорезмскую область ознакомился с деятельностью текстильного предприятия общества с ограниченной ответственностью "Хива кластер".

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #klaster

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилояти Хива туманидаги Истиқлол маҳалласида бўлиб, аҳолининг яшаш шароити билан яқиндан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев во время поездки в Хорезмскую область посетил махаллю Истиклол Хивинского района и ознакомился с условиями жизни населения.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #mahalla

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Хоразм вилоятига ташрифнинг биринчи куни якунида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятида йирик газ-кимё лойиҳасини амалга ошириш масалалари юзасидан йиғилиш ўтказди.

В завершение первого дня поездки в Хорезмскую область Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел рабочее совещание по вопросам реализации крупного газохимического проекта в Хорезмской области.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #loyiha

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X