QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
12.3K subscribers
20.3K photos
2.56K videos
7 files
8.6K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
ILG‘OR TASHABBUSLARNI QO‘LLASHDA SIRDARYO TAJRIBASI O‘RGANILDI

🔰Sirdaryoda agrar sohadagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish va amaliyotga tatbiq etish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Bu tadbirning Sirdaryoda o‘tkazilishi bejiz emas. Zero ushbu viloyatda bugungi kunda qishloq xo‘jaligi sohasida yirik innovatsion loyihalar, yangicha g‘oya va tashabbuslar hayotga joriy etilmoqda.

Zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalaridan unumli foydalanish, tomchilatib sug‘orish va boshqa suv tejamkor texnologiyalarni qo‘llash, intensiv bog‘lar barpo qilish, “
Ijtimoiy issiqxonalar” joriy qilish orqali aholi farovonligini oshirish va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda Sirdaryo tajribasi o‘rnak bo‘larli darajada.

Seminar ishtirokchilariga ushbu loyihalar bilan bevosita tanishib, chuqur va atroflicha o‘rganish va viloyat tajribasini kelgusida respublika ko‘lamida keng yoyish imkoniyati taqdim etildi.

Seminarning nazariy qismida qishloq xo‘jaligiga jahon tajribasini, zamonaviy agrotexnika va texnologiyalarni mahalliy sharoitga moslashtirgan holda joriy qilish, bu boradagi e'tiborga molik jihatlar xususida fikr almashildi.

Tadbirning amaliy qismida viloyatdagi agrar obyektlarga tashrif buyurilib, ular faoliyati bilan atroflicha tanishildi. Ish tajribalari o‘rganildi, bu yerda qo‘llanilayotgan zamonaviy texnikalar unumdorligi, suvni tejovchi texnologiyalar samarasi, ekin ekish va parvarishlashga yangicha yondashuvlarning afzal jihatlari bevosita ish jarayonida o‘rganildi. Seminar ishtirokchilari tadbirda tanishib, o‘rganilgan yangicha yondashuv, ilg‘or tashabbus va innovatsion loyihalarni butun respublika miqyosida keng tatbiq etish lozimligini bir ovozdan ma'qulladilar.

#seminar #tomchilatib_sugorish #uzumzor #Ijtimoiy_issiqxonalar #tomchilatib_sugorish #intensiv_boglar #Sirdaryo

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM