QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
13.9K subscribers
23.7K photos
2.69K videos
7 files
9.38K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
QISHLOQ XO‘JALIGIDA DRONLARDAN FOYDALANISH KENGAYTIRILADI

🤝Iqtisodiyotning ko‘plab sohalarida samaradorligi yuqori bo‘lgan uchuvchisiz parvoz apparatlari (dronlar) va dron materiallaridan foydalanishga qiziqish ortmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Qaxramon Yuldashev Koreya Respublikasining Yer, infratuzilma va transport vazirligi hamda Geospatial Information Co. Ltd. kompaniyasi rahbar va mutaxassislaridan iborat delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda o‘tgan hafta Koreya-O‘zbekiston “Drone Road Show 2023” ko‘rgazmasi muvaffaqiyatli o‘tgani, unda Koreyaning 6 ta yetakchi kompaniyasining turli yo‘nalishlardagi dronlari, ishlab chiqariladigan mahsulot va ko‘rsatiladigan xizmatlari namoyish etilgani aytildi. Shuningdek, agrar sohada qishloq xo‘jaligi yerlarini monitoring qilish, raqamli xaritalar hamda 3D-modellarni yaratish, dronlardan foydalangan holda aniq dehqonchilikni rivojlantirish, mazkur sohada mutaxassislarni tayyorlash masalalari, qolaversa, kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha ijobiy natijalarga erishilgani ta’kidlandi.

#xalqaro_hamkorlik #qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #dronlar #aniq_dehqonchilik #delegatsiya

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM