QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Biznes_forum #birifing #Agroforum

Tadbirkorlar tomonidan "B2B" va "G2B" formatidagi muzokaralardan so‘ng brifing bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Qahramon Yuldashev so‘zga chiqdi.

U TDTning o‘ziga xosligi uning hamkorlik uchun ko‘p qirrali yo‘nalishlari mavjudligida ifodalanishini ta’kidladi. Xususan, qishloq xo‘jaligi yo‘nalishi bo‘yicha aloqalarning jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgani alohida ahamiyat kasb etadi.

Joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida ilk bor Turkiy Davlatlar Tashkiloti qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi hamda uning doirasida Turkiy davlatlar Agroforumi o‘tkazildi. Qishloq xo‘jaligi vazirlarining yig‘ilishi doirasida sohani raqamlashtirish, urug‘chilik, organik qishloq xo‘jaligi, agrar ta’lim, chorvachilik, agrosanoatni moliyalashtirish va Sug‘urta fondini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

"Agroforum doirasida o‘tkazilgan “B2B” tarzidagi uchrashuvlar yakuni bilan 8 ta investitsiya bitimi va 49 ta savdo shartnomasi imzolandi", – deya ta’kidladi Qahramon Yuldashev.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TDT #Samarqand #Sammit #Memorandum #hamkorlik

OAV vakillari uchun o‘tkazilgan navbatdagi brifingda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti dasturidagi tadbirlar yuzasidan maʼlumot berildi.

“Samarqand Sammitining asosiy tadbiri - Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlari kengashi majlisi ertaga 11-noyabr kuni Kongress markazda boʻlib oʻtadi.

Bugun kechki vaqt Delegatsiya rahbarlari Samarqand turizm markazi hududidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyuradilar. Turkiy davlatlar tashkiloti aʼzo mamlakatlari milliy folklor sanʼatini oʻzida ifoda etgan konsert dasturi tashkil etiladi.

Sammit doirasida 10 dan ortiq hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Xususan, uning asosiy hujjati - Samarqand Deklaratsiyasini qabul qilish kutilmoqda. Unda mintaqaviy barqarorlik, xavfsizlik va barqaror iqtisodiy rivojlanishni taʼminlash, transport aloqalarini mustahkamlash, shuningdek, madaniy muloqotni chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma yondashuvlar belgilab berilgan.

Sammit yakunida Tashkilotga raislik bir yil muddatga Turkiyadan Oʻzbekistonga oʻtadi", - deyiladi brifingda.

Shuningdek, bugun Samarqand shahrida O‘zbekiston tomoni raisligida TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Vengriya va Turkmaniston TIV rahbarlari hamda TDT Bosh kotibi ishtirok etishdi.

Xabar berilganidek, so‘nggi uch yilda Turkiy davlatlar tashkiloti Bosh kotibi vazifasini bajarib kelgan Bog‘dod Kultayevich Amreyevning vakolat muddati tugadi. Ushbu lavozimga Omuraliyev Kubanichbek Qosimovich tayinlandi. Tashkilot Bosh kotibligi muddati — uch yilni tashkil etadi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Sammit #TDT #Samarqand

Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotiga aʼzo mamlakatlar sammiti boshlandi
. Ayni vaqtda Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raislik qilayotgan yig‘ilishda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, kuzatuvchi mamlakat Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban sammitning faxriy mehmoni - Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov, shuningdek, tashkilot bosh kotibi Bag‘dod Amreyev ishtirok etmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlamoqda.

*****
#Саммит #ОТГ #Самарканд

В Самарканде стартовал саммит стран-членов Организации тюркских государств
. В настоящее время проходит заседание Совета глав государств.

В заседании под председательством Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева принимают участие Президент Азербайджана Ильхам Алиев, Президент Казахстана Касым-Жомарт Токаев, Президент Кыргызстана Садыр Жапаров, Президент Турции Реджеп Тайип Эрдоган, Премьер-министр Венгрии (страна-наблюдатель) Виктор Орбан, в качестве почетного гостя саммита - Председатель Халк Маслахаты Милли Генгеша Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедов, а также генеральный секретарь организации Багдад Амреев. Выступает Президент Шавкат Мирзиёев.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Sammit #Prezident #TDT #Samarqand

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi yig‘ilishidagi nutqida bu yil Toshkentda o‘tkazilgan Birinchi Turkiy agroforum oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida nihoyatda katta salohiyatimiz borligini yaqqol ko‘rsatganini ta’kidladi.

“Tashkilotimizning nafaqat o‘z mamlakatlarimizni, balki tashqi bozorlarni ham qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash imkoniyati bor. Bu yo‘nalishda amaliy qadamlarimizni yanada kuchaytirishimiz va aniq loyihalar asosida hamkorligimizni chuqurlashtirishimiz lozim”, - dedi Prezident.

Mamlakatimiz rahbari tomonidan quyidagilar taklif etildi:

- Global va ichki bozorlarimiz ehtiyojlari, davlatlarimizning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish samarali tizimini yaratish bo‘yicha Tashkilot doirasida ko‘p tomonlama bitim qabul qilish.

- Sohaga innovatsiyalar, zamonaviy bilim va ilg‘or texnologiyalarni jadal olib kirish maqsadida Turkiy davlatlar tashkiloti va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti o‘rtasida keng qamrovli sheriklikni o‘rnatish.

- Ijobiy tajriba asosida, Turkiy agroforumni muntazam o‘tkazib borish va uning ikkinchi anjumanida “Smart” qishloq xo‘jaligi xalqaro ko‘rgazmasini tashkil etish.

President.uz

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Sammit #deklaratsiya #TDT #Samarqand

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI BIRINCHI SAMMITI DOIRASIDA 10 DAN ORTIQ MUHIM HUJJATLAR IMZOLANDI

Xususan, Turkiy davlatlar tashkilotining transport bog‘liqligi dasturi va Soddalashtirilgan bojxona yo‘laklarini shakllantirish to‘g‘risidagi bitim, Savdo strategiyasi bo‘yicha muhim kelishuvlar imzolandi.

Shuningdek, yana bir muhim hujjat — Turkiy davlatlar tashkilotining 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Strategiyasi imzolandi.

Sammitning asosiy hujjati — Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi.

*****
#Саммит #декларация #ОТГ #Самарканд

В РАМКАХ ПЕРВОГО САММИТА ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ ПОДПИСАНО БОЛЕЕ 10 ВАЖНЫХ ДОКУМЕНТОВ

В частности, подписаны важные соглашения по Программе транспортной взаимосвязи Организации тюркских государств, Соглашение о формировании упрощенных таможенных коридоров, Торговая стратегия.

Также подписан важный документ – Стратегия Организации тюркских государств на 2022-2026 годы.

Принят основной документ саммита – Самаркандская декларация.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sammit #Hamkorlik #TDT #Samarqand

TURKIY DAVLATLAR TASHKILOTI DAVLAT RAHBARLARI KENGASHI YIG‘ILISHI YAKUNIDA
MUKOFOTLARNI TOPSHIRISH MAROSIMI BO‘LDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish yakunlariga qisqacha to‘xtalib, unda juda muhim qaror va kelishuvlarga erishilganini ta’kidladi.
Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va sheriklikni mustahkamlashda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an hamda Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovning alohida hissasi borligi qayd etildi. Shu munosabat bilan ularni Turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot topshirildi.

Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammiti doirasida yana bir xayrli ishga qo‘l urildi – barcha ishtirokchi mamlakatlarda daraxt ekish marosimi bo‘ldi.

Ma’lumki, tashkilotda bugungi kunning eng dolzarb muammosi bo‘lgan ekologiya masalalariga alohida ahamiyat qaratilib, tabiatni asrash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda. Xususan, O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan “Yashil makon” dasturi amalga oshirilmoqda. Bunday loyihalar Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriyada ham bor.
O‘zbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya, Turkmaniston va Vengriya yetakchilari Registon majmuasi bog‘iga ko‘chatlar ekdi.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
#Саммит #Сотрудничество #ОТГ #Самарканд

ПО ЗАВЕРШЕНИИ ЗАСЕДАНИЯ СОВЕТА ГЛАВ ГОСУДАРСТВ ОРГАНИЗАЦИИ ТЮРКСКИХ ГОСУДАРСТВ СОСТОЯЛАСЬ ЦЕРЕМОНИЯ НАГРАЖДЕНИЯ

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев подвел краткие итоги состоявшегося заседания и отметил достижение важных решений и договоренностей.

Отмечен особый вклад Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана и Председателя Халк Маслахаты Милли Генгеша Туркменистана Гурбангулы Бердымухамедова в активное продвижение интересов и взглядов тюркских стран на международной арене, укрепление единства тюркской семьи. В связи с этим принято решение о награждении их Высшим орденом тюркского мира. Президент Кыргызской Республики Садыр Жапаров был удостоен премии имени Алишера Навои.

В рамках Самаркандского саммита Организации тюркских государств состоялась церемония посадки деревьев.
В Узбекистане по инициативе Президента реализуется программа «Яшил макон». Аналогичные проекты есть и в Азербайджане, Казахстане, Кыргызстане, Турции, Туркменистане и Венгрии.
Руководители Узбекистана, Азербайджана, Казахстана, Кыргызстана, Турции, Туркменистана и Венгрии высадили саженцы в саду комплекса Регистан.

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM