QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
16.5K subscribers
25.7K photos
2.76K videos
7 files
9.83K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ISHCHI GURUHINING YIG‘ILISHI: QISHLOQ XO‘JALIGI VA OZIQ-OVQAT SOHALARI STATISTIKASINI RAQAMLASHTIRISHNI QO‘LLAB-QUVVATLASH

💻O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohalari statistikasini raqamlashtirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha idoralararo ishchi guruhining uchinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil maqolamizda berilgan.

#qishloq_xojaligi #raqamlashtirish #statistika #oziq_ovqat #ishchi_guruh
*****
ЗАСЕДАНИЕ РАБОЧЕЙ ГРУППЫ: ПОДДЕРЖКА ЦИФРОВИЗАЦИИ СЕЛЬСКОХОЗЯЙСТВЕННОЙ И ПРОДОВОЛЬСТВЕННОЙ СТАТИСТИКИ

💻В Министерстве сельского хозяйства Республики Узбекистан состоялось третье заседание межведомственной рабочей группы по поддержке цифровизации сельскохозяйственной и продовольственной статистики.

👉Подробнее в материале.

#сельское_хозяйство #цифровизация #статистика #продовольствие #рабочая_группа

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌾Don ekinlari — odamlar va hayvonlar uchun mos o‘simliklarni o‘z ichiga olgan umumlashtirilgan tushuncha. Barcha don ekinlari boshoqli va dukkakli ekinlarga bo‘linadi. Boshoqdoshlar orasida bug‘doy, javdar, arpa, sholi makkajo‘xori va oq jo‘xori asosiy hisoblanadi.

🟢 Xitoy va AQSh don ishlab chiqarishda yetakchi hisoblanadi.

🟢Sholi, makkajo‘xori va bug‘doy dunyodagi barcha don ekinlarining 87 foizini tashkil qiladi. Ular orasida yetakchi — makkajo‘xori.

🟢Odamlar tomonidan yetishtirilgan birinchi donlardan biri bu arpadir.

🟢Suli boshqa donlarga nisbatan ko‘proq yog‘lar, oson hazm bo‘ladigan oqsillar va B vitaminlarini o‘z ichiga oladi.

🟢Eng sovuqqa chidamli boshoqli don ekini bu javdar bo‘lib, undan kraxmal, un, spirt olinadi.

Avvalroq, sizni O‘zbekistonda don ekinlari yetishtirish hajmi bilan tanishtirgan edik. Bugun biz mamlakatimizdagi don ekinlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga oid statistik ma‘lumotlarni taqdim etamiz.

#don_ekinlari #fermer_xojaliklari #statistika

WWWTELEGRAMFACEBOOKYOUTUBEINSTAGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"KUMUSH TOLA" MIRISHKORLARI PILLA XIRMONINI KO‘TARMOQDALAR

🐛Ayni paytda pillakorlarimiz hayotida ma‘suliyatli va shu bilan birga zafarli kunlar davom etmoqda. Ipak qurtlarini parvarishlayotgan kumush tola ijodkorlari “g‘alvir”ni suvdan ko‘tarmoqdalar.

Bahorning so‘nggi oyi va yozning ilk oyini g‘animat bilgan pillakorlar o‘zlariga bildirilgan ishonchni oqlash, pilla qurtlarini risoladagidek boqib, “kumush tola” olishga ahd qilishgan. Joriy yilning 14-iyun kuniga qadar respublikamizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Farg‘ona, Xorazm viloyatlaridagi pillakorlar shartnoma rejasini ortig‘i bilan bajarib, ko‘zlangan natijaga erishdilar.

Bu yil respublika bo‘yicha 443 560 quti pilla boqildi. Shundan 25 726 tonna pilla hosili olinishi kutilmoqda. Mavsum boshidan to shu kungacha respublika bo‘yicha 25 060 tonna hosil yetishtirildi. Mavsum davom etmoqda. Pillakorlarni esa hali yangi g‘alabalar kutmoqda.

#Pillachilik #statistika #kumush_tola #ipak_qurti

VebsaytTelegramFacebookYouTubeInstagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON 15 TA DAVLATGA QARIYB 40 MLN DOLLARLI GILOS EKSPORT QILDI

📈Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil yanvar-may oylarida, O‘zbekiston 15 ta davlatga jami 32,8 ming tonna gilos eksport qildi.

Gilos eksportining umumiy qiymati 38,9 mln AQSh dollariga teng bo‘ldi.
Ushbu meva eksport hajmi, o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda, 14,4 ming tonnaga oshgan.

2023-yilning dastlabki 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p gilos eksport qilgan davlatlar:
🇷🇺Rossiya — 19,8 ming tonna
🇰🇿Qozog‘iston — 6,4 ming tonna
🇰🇬Qirg‘iziston — 6,1 ming tonna
🇧🇾Belarus — 333 tonna
🇦🇪BAA — 36 tonna
🇨🇳Xitoy — 29 tonna
🇲🇾Malayziya — 17 tonna
🇸🇦Saudiya Arabistoni — 10,5 tonna

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 14 ta davlatga qiymati 33,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 25,4 ming tonna gilos eksport qilgan edi.

#gilos #eksport #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘tgan haftada qishloq, o‘rmon va baliqchilik sohasida xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni qanchani tashkil qilishi bilan qiziqqandik.

👥So‘rovda jami 295 nafar kishi qatnashdi. Shundan 59 kishi to‘g‘ri javobni topa oldi “O‘zstandart” agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2023-yil 1-iyun holatiga respublikamizda xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni 12 807 tani tashkil qiladi, jumladan qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida 500 ta shu turdagi korxona faoliyat yuritadi.

📝So‘rovlarimizda ishtirok eting. Bu yerda siz yangi bilimlarni o‘rganishingiz yoki qishloq xo‘jaligi sohasidagi faktlarni bilishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.

#sorov #qishloq_xojaligi #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON 14 TA DAVLATGA TARVUZ EKSPORT QILGAN

📈2023-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston 14 ta davlatga 6,5 ming tonna tarvuz eksport qilgan. Jumladan, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga qariyb 1000 tonna tarvuz yetkazib berilgan.

🍉Tarvuz eksportining umumiy qiymati 3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan. Bu haqda “O‘zstandart” agentligi ma'lum qiladi.

O‘tgan yilning shu davriga solishtirganda, tarvuz eksporti hajmi 1,8 ming tonnaga oshgan.

O‘zbek dehqonlari yetishtirgan poliz mahsulotiga asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyada talab yuqori – Qozog‘iston va Qirg‘izistonga 2 ming tonnadan tarvuz eksport qilingan bo‘lsa, Rossiya 1,5 ming tonna sotib olgan. Shuningdek, bu yil eng ko‘p tarvuz eksport qilingan mamlakatlar sirasiga Latviya (500 tonna), Litva (135 tonna), Germaniya (115 tonna) va Belarus (34 tonna) ham kiradi.

#statistika #tarvuz #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
QARIYB 3 MILLION DOLLARLI LIMON EKSPORT QILINDI

🍋Statistika agentligining dastlabki ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi korxonalari 2023-yilning yanvar-iyun oylarida 7 ta xorijiy davlatga jami qiymati 2,9 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,5 ming tonna limon eksport qilgan.

2022-yilning mos davri bilan solishtirilganda, xorijiy bozorga limon yetkazib berish hajmi 968 tonnaga oshgan.

Joriy yilning o‘tgan davri mobaynida O‘zbekistondan eng ko‘p limon sotib olgan davlatlar ro‘yxatida Rossiya yetakchilik qiladi – ushbu mamlakatga jami 2,7 ming tonna sitrus mevasi sotilgan.

Shuningdek, yetakchi importyorlar uchtaligidan Qirg‘iziston (388 tonna) va Qozog‘iston (357 tonna) ham joy olgan.

#limon #statistika

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
STATISTIKA: MEVA-SABZAVOT EKSPORTI OSHIB BORMOQDA

📈Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yil birinchi yarmida gilos eksporti o‘tgan yilning shu davridagiga nisbatan 2,1 marta, o‘rik eksporti – 6,4 marta, tariq eksporti esa, naq 152,9 martaga oshgan.

2023-yilning yanvar-iyun oylarida meva-sabzavot mahsulotlari eksporti hajmlari quyidagicha ko‘rinish oldi:

🫐Olxo‘ri – 20,3 ming tonna
🍇Uzum (quritilgan) – 32,9 ming tonna
🍑Shaftoli – 25,6 ming tonna
🍉Qovun va tarvuz – 90,6 ming tonna
🍒Gilos – 45 ming tonna
🥬Karam – 75,2 ming tonna
🍅Pomidor – 40,8 ming tonna
🫘Mosh – 57,9 ming tonna
🧅Piyoz – 237,7 ming tonna

#statistika #meva_sabzavot #eksport

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM