SOHA OLDIDAGI DOLZARB MASALALAR MUHOKAMA ETILDI, GALDAGI VAZIFALAR BELGILANDI
👥 O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov rahbarligida mamlakat agrar sohasi oldida turgan dolzarb masalalar va galdagi vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Videokonferens-aloqa asosida tashkil etilgan yig‘ilishda vazirlik markaziy apparati mutasaddilari, tizim tashkilotlari rahbarlari, hududlardagi qishloq xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari qatnashdilar.
Tadbirni kirish so‘zi bilan ochgan vazir Aziz Voitov kun tartibida turgan birinchi masala – bu yilgi g‘alla o‘rim-terimini yakunlash mavzusiga to‘xtaldi. Vazir ta'kidlaganidek, shu kunga qadar 8,1 mln tonnadan ziyod g‘alla yig‘ib olindi. 2 mln tonnadan ortiq mahsulot don zaxirasi uchun jamg‘arildi. Bu yo‘nalishda respublika bo‘ylab 37 000 dan ortiq fermer xo‘jaliklari jonbozlik ko‘rsatdilar.
G‘alladan bo‘shagan maydonlarga 2023-yil hosili uchun takroriy ekinlarni ekish masalasi bugungi kunda alohida dolzarblik kasb etayotganini tilga olgan vazir ushbu yo‘nalishdagi ishlarni jonlantirish uchun maxsus ishchi guruhlar tuzilib, ular bevosita joylarda hududiy boshqarmalar bilan bir yoqadan bosh chiqarib ishlayotganligini qayd etdi.
Bu yil 905 ming gektar g‘alladan bo‘shagan yerga takroriy ekin ekish mo‘ljallangan bo‘lsa, shu kunga qadar 803 ming gektar yerga ekin ekilganligi aytib o‘tildi.
#qishloq_xojaligi #vazir #yigilish #videokonferens_aloqa #galla_orim_terimi #takroriy_ekin
🌐 Vebsayt💬 Telegram💬 Facebook📺 YouTube📷 Instagram

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM