QISHLOQ XO'JALIGI VAZIRLIGI
11.9K subscribers
21.8K photos
2.63K videos
7 files
9K links
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

🔗 Rasmiy sahifalarimizning manzillari: https://taplink.cc/uzagroministry

📍Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Universitet ko‘chasi, 2-uy

☎️ Ishonch telefoni: 1243
Download Telegram
HAMKORLIKDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR BELGILAB OLINDI
🇺🇿🤝🇭🇺
Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi bosh direktori Laslo Baran’i bilan uchrashdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda joriy yilning 26-iyul kuni Niredxaza universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi o‘rtasida “Master Good” kompaniyasining moliyaviy ko‘magi asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha imzolangan Memorandum doirasidagi o‘zaro kelishuvlar muhokama qilindi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki Vengriyaning “Master Good” kompaniyasi parrandalar uchun ozuqa xomashyosi, ozuqa ishlab chiqarish, inkubatsiya, broyler yetishtirish, go‘shtni qayta ishlash, bilan shug‘ullanadi. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Albaniya, Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Chexiya, Daniya, Buyuk Britaniya, Estoniya, Frantsiya, Gretsiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Irlandiya, Kosovo, Polsha, Latviya, Litva, Moldova, Chernogoriya, Germaniya kabi turli mamlakatlarga eksport qiladi.

Muloqot chog‘ida tomonlar loyiha doirasida amaliy ishlarni jadallashtirish maqsadida ishchi guruhini, shuningdek, investitsion kelishuvning ilk nusxasini shakllantirish yuzasidan ham fikr almashdilar.

#xalqaro_hamkorlik #vazir #videokonferensaloqa #memorandum #inkubatsiya #qayta_ishlash

🌐Vebsayt💬Telegram💬Facebook📺YouTube📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM